Telegram Web Link
gapirish ko‘nikmasini baholashning yangi foqmati.rar
420.2 KB
#Chet tili   #Gapirish

2024-yil 19-sentabr kuni chet tillarining gapirish ko‘nikmasini baholashning yangi formati bo‘yicha o‘tkazilgan ovozli chatga oid ma'lumotlar.

Shuningdek, talabgorlar gapirish ko‘nikmasini baholashning yangi formati bilan ushbu havola orqali ham tanishishlari mumkin: https://uzbmb.uz/page/cefr_speaking

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Kimyo va biologiya fanlaridan o‘tkaziladigan aprobatsiya sinovlari uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi

📆
2024-yil 22-sentabr (yakshanba) kuni Nukus shahri, viloyatlar markazlari hamda Toshkent shahrida kimyo va biologiya fanlaridan o‘tkaziladigan aprobatsiya sinovlari uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi.

📱 Aprobatsiya sinovida ishtirok etadigan talabgorlar ruxsatnomani kimyo, biologiya havolalari orqali yuklab olishlari mumkin.

📌 Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi.

Talabgorlar aprobatsiya sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida kiritiladi.

❗️Aprobatsiya sinoviga kechikkan yoki kelmagan talabgorlar uchun qo‘shimcha aprobatsiya o‘tkazilmaydi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Chet tillarini bilish darajasini baholashning ko‘p darajali(multilevel) tizimida gapirish ko‘nikmasini baholashning yangi formati bo‘yicha videoyo‘riqnoma.

❗️Ushbu yangi format talabgorlarning ingliz, fransuz, nemis va arab tillaridan gapirish ko‘nikmasini baholashda joriy etiladi.

👉 Gapirish ko‘nikmasini baholashning yangi formati bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin: https://uzbmb.uz/page/cefr_speaking

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Umumta'lim fanlaridan 2024-yilning 2-yarmida bo‘lib o‘tadigan sertifikat imtihonlari

Umumta'lim fanlarini bilish darajasini aniqlash test sinovlari oktabr, noyabr va dekabr oylarida o‘tkaziladi.

👨🏻‍💻 Test sinovi uchun talabgorlar my.gov.uz sayti orqali onlayn tarzda ro‘yxatga olinadi.

📍 Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.

📆 Test sinovlari qaysi fanlardan o‘tkazilishi, ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar yuqoridagi rasmda keltirilgan.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Milliy sertifikat imtihonlariga ro‘yxatga olish boshlandi

🖥 Bugun 23-sentabrdan matematika, fizika, tarix va geografiya fanlaridan milliy sertifikat test sinovi uchun talabgorlarni my.gov.uz sayti orqali ro‘yxatga olish boshlandi. Ro‘yxatga olish 29-sentabr 23:59 ga qadar davom etadi.

❗️30-sentabr – to‘lov qilishning so‘nggi muddati.

📆 Test sinovlari 12–13-oktabr kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari bo‘lib o‘tdi

2024-yil 22-sentabr kuni chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlarining yozma (tinglab tushunish, o‘qish, yozma ish) qismi bo‘lib o‘tdi.

📍 Test sinovlari talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi.

📝 Unda jami 9,5 ming nafardan ziyod talabgor ishtirok etdi va 12 nafar talabgor tartib-qoidani buzgani uchun test sinovidan chetlatildi.

🎤 Test sinovlarida ishtirok etgan talabgorlar uchun gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari 23–27-sentabr, 2–4-oktabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

Izoh: Test sinovi natijalari Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq imtihonlar to‘liq yakunlangandan so‘ng bir haftada e’lon qilinadi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Kimyo va biologiya fanlaridan aprobatsiya sinovlari o‘tkazildi

📆
2024-yil 22-sentabr Nukus shahri, viloyatlar markazlari hamda Toshkent shahrida kimyo va biologiya fanlaridan milliy sertifikat imtihonlarining yangi formati aprobatsiyadan o‘tkazildi.

📌 Aprobatsiya sinovida jami 1 004 nafar talabgor ishtirok etdi.

Aprobatsiya sinovi natijalari mutaxassislar tomonidan ilmiy tahlil qilinadi va tahlil natijalaridan biologiya, kimyo fanlaridan milliy sertifikat imtihonlarining yangi formatini amaliyotga joriy etishda foydalaniladi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📢📢 So'rov yakunlanmoqda!

Fikringizni bildirishga ulguring! 📣
Kirish imtihonlari shaffof o'tkazilishiga o'z hissangizni qo'shing!

So’rov, doimgidek, U-Reportda – Hukumat bilan Siz yoshlarni muloqotingizni ta’minlovchi platformada o’tmoqda: 👉 @UReportUzbBot
Forwarded from NSFLA | Rasmiy kanal
🔔 TOEFL IBT hamda GRE imtihonlari endi Agentlikda

🇺🇿 Bilim va malakalarni baholash agentligi hamda 🇺🇸 Amerika Qo‘shma Shtatlarining “Educational Testing Service - ETS” tashkiloti o‘rtasida mustahkam hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilgan. Shu kungacha ikki tashkilot kelishuvi asosida Agentlikda TOEFL ITP hamda TOEIC testlari o‘tkazib kelinmoqda.

🗓 Joriy yilning sentabr oyidan boshlab Agentlikda “Educational Testing Service - ETS” tashkiloti tomonidan TOEFL IBT hamda “Graduate Record Examinations - GRE” imtihonlarini o‘tkazish yo‘lga qo‘yiladi.

💻 Imtihon topshirish istagini bildirgan talabgorlar www.ets.org sayti orqali test topshirish manzili sifatida Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markaz (Scientific and educational practical center under The Agency for assessment of knowledge and competences)ni tanlashlari hamda ro‘yxatdan o‘tishlari lozim.

➡️ Ro‘yxatdan o‘tish shartlari, imtihon to‘lovlari, shaxsiy kabinet ochish va imtihonga tayyorlov materiallari va yo‘riqnomalar bilan www.ets.org sayti orqali tanishish mumkin.

📱 @bba_ilmiy_markaz

📞 (95) 515-68-68

🏢 @IlmiyMarkazUz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ 2024-yilning 4-choragida chet tillaridan bo‘lib o‘tadigan diagnostik test sinovlari

2024-yil Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan chet tilini (ingliz, nemis, arab tillari) bilish darajasini aniqlashning ko‘p darajali tizimi (multilevel) bo‘yicha diagnostik test sinovi (mock exam) oktabr, noyabr va dekabr oylarida o‘tkaziladi.

🗺 Test sinovi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etiladi. Unda https://my.uzbmb.uz/ilmiy-service havolasi orqali ro‘yxatdan o‘tgan holda, tegishli to‘lov (119 000 so‘m)ni amalga oshirgan talabgorlar ishtirok etishlari mumkin bo‘ladi.

📆 Ro‘yxatdan o'tish va test sinovi sanalari yuqoridagi rasmda keltirilgan.

⚠️ Natijangizni 🤖 @bba_ilmiy_mock_exam_results_bot boti orqali bilib olishingiz mumkin.

☎️ Murojaat uchun:
🔹 (95) 515-68-68

llmiy markazning telegram kanali:
🏢 @IlmiyMarkazUz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚠️ Yozish va gapirish ko‘nikmasini baholash bo‘yicha malaka oshirish kurslari

Chet (nemis, fransuz, turk, arab, xitoy, yapon, urdu, pushtu, ispan va italyan) tillaridan yozish va gapirish ko‘nikmasini baholash bo‘yicha malaka oshirish kurslari uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlandi.

📆 Malaka oshirish kursi 36 soatga mo‘ljallangan bo‘lib, mashg‘ulotlar sanasi va ro‘yxatga olish muddatlari yuqoridagi rasmda keltirilgan.

Malaka oshirish kursi tinglovchilarga yozish va gapirish ko‘nikmasini baholash bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlar shaklida o‘zbek tilida o‘tkaziladi.

📋 Malaka oshirish kursini muvaffaqiyatli (portfolio hamda chet tilini bilishi haqida C1 darajadagi sertifikat talab qilinadi) tamomlagan talabgorlar shartnoma asosida Bilimni baholash agentligiga ekspert sifatida jalb etilishi mumkin.

💻 Talabgorlar belgilangan kunga qadar https://my.uzbmb.uz/ilmiy-service havolasi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tib, to‘lovni amalga oshirgan holda malaka oshirish kursida ishtirok etishlari mumkin.

☎️ Murojaat uchun:
🔹 (95) 515-68-68

llmiy markazning telegram kanali:
🏢 @IlmiyMarkazUz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇹🇷 Turk tilidan ko‘p darajali test sinovining yangi formati asosida diagnostik test sinovi tashkil etilmoqda

👍 Bilimni baholash agentligida Turk tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha yangi test formati loyihasi ishlab chiqildi.

🗺 Turk tilidan yangi formatdagi diagnostik test sinovi Bilimni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan 2024-yil 9-oktabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlarda o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

➡️ Diagnostik test sinovida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar https://my.uzbmb.uz/ilmiy/service havolasi orqali ro'yxatdan o‘tishlari mumkin.

✍️ Ro‘yxatdan o‘tish muddati: 2024-yil 3-oktabr soat 10:00 gacha.
💰 Test sinovi narxi: 119 000 so‘m.
🗓 To‘lovni amalga oshirish muddati: 2024-yil 3- oktabr soat 10:00 gacha.

⚠️ Natijangizni 10 ish kunida 🤖 @bba_ilmiy_mock_exam_results_bot boti orqali bilib olishingiz mumkin.

☎️ Murojaat uchun:
🔹 (95) 515-68-68

llmiy markazning telegram kanali:
🏢 @IlmiyMarkazUz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Jamshidbek Odilov (BBA)
⚡️ 2024-yil oktabr-dekabr oylarida bo‘lib o‘tadigan milliy sertifikat imtihonlari

2024-yil oktabr-dekabr oylarida ona (o‘zbek, rus, qoraqalpoq) tili va adabiyot, fizika, matematika, tarix va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari tashkil etiladi.

📱 Milliy sertifikat imtihonlari uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish my.gov.uz sayti orqali onlayn tarzda amalga oshiriladi.

🌎 Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: my.gov.uz/oz/service/891

📆 Test sinovlari qaysi fanlardan o‘tkazilishi, ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar bilan yuqoridagi rasmda tanishish mumkin.

Izoh: hukumat topshiriqlari va talabgorlar sonidan kelib chiqqan holda test sinovi o‘tkaziladigan sanalarga o‘zgarishlar kiritilishi mumkin.


@jtodilov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/09/30 11:41:19
Back to Top
HTML Embed Code: