Telegram Web Link
Forwarded from Mudofaa — LIVE
⚡️⚡️⚡️Ayni vaqtda Qarshi shahridagi harbiy qismlarda muddatli harbiy xizmatni o'tayotgan askarlar imtiyozli tavsiyanoma uchun test sinovlarida ishtirok etmoqda.

👉https://www.tg-me.com/+QWVLXc8vFbg3Y2I6
Forwarded from Mudofaa — LIVE
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️⚡️⚡️Qarshi shahridagi harbiy qismlarda muddatli harbiy xizmatni o'tayotgan askarlar imtiyozli tavsiyanoma uchun test sinovlarini topshirishmoqda.

👉https://www.tg-me.com/+QWVLXc8vFbg3Y2I6
Kimyo va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihoni bo‘lib o‘tdi

🌍 2024-yil 28-yanvar kuni barcha hududlarda kimyo va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihoni bo‘lib o‘tdi.

📍 Imtihonlar talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi.

Unda jami 3,9 ming nafarga yaqin talabgor ishtirok etdi va 4 nafar talabgor tartib-qoidani buzgani uchun test sinovidan chetlatildi.

📆 Test sinovi natijalari yigirma ish kuni ichida hisoblanib, e’lon qilinadi va eng yuqori ballning kamida 60 foizini to‘plagan talabgorlarga elektron sertifikat beriladi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from NURISTON AKADEMIK LITSEYI (Akmaljon Kudratov)
📚Bugun Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti akademik litseyida Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari formatidagi namunaviy test topshiriqlari asosida akademik litsey bitiruvchilaridan diagnostik test sinovlari o‘tkazildi.

Diagnostik test sinovlari orqali bitiruvchilar o‘z bilimlarini sinab ko‘rishlari va test materiallari (test topshiriqlari kitobi va javoblar varaqasi) bilan ishlash ko‘nikmasiga ega bo’ldilar.
Matematika hamda rus tili va adabiyot fanlaridan apellatsiya natijalari

📣 2023-yil 24-dekabr kuni matematika hamda rus tili va adabiyot fanlaridan milliy sertifikat imtihoni o‘tkazilib, 2024-yil 16-yanvar kuni imtihon natijalari e’lon qilingan edi.

📥 Natijalar e’lon qilingandan so‘ng, besh ish kuni davomida test natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlarning apellatsiya arizalari qabul qilindi.

📱 Arizalar Apellatsiya komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqilib, Apellatsiya komissiyasining qarori talabgorlarning shaxsiy kabinetiga joylashtirildi.

👨🏻‍💻 Apellatsiya arizasi bergan talabgorlar my.uzbmb.uz saytining “Milliy sertifikat” bo‘limidan Apellatsiya komissiyasining qarori bilan tanishishi mumkin.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Test sinovlarida nazoratchi sifatida ishtirok etish uchun ochiq tanlov

📣 Bilimni baholash agentligi 2024-yilda Agentlik tomonidan tashkil etiladigan test sinovlarida guruh nazoratchisi sifatida ishtirok etish istagida bo‘lgan nomzodlar uchun tanlov e’lon qiladi.

Tanlov 3 bosqichda amalga oshiriladi:

1️⃣-bosqich — nomzodlarning belgilangan talablarga muvofiqligi o‘rganiladi.

2️⃣-bosqich — nomzodlar malaka oshirish kursida o‘qitiladi va yakuniy nazorat sinovi o‘tkaziladi. Yakuniy nazorat sinovida eng yuqori natijaga erishgan talabgorlar hududlar kesimida guruh nazoratchilariga bo‘lgan ehtiyojdan kelib chiqqan holda keyingi bosqichga tavsiya etiladi.

3️⃣-bosqich — nomzodlar bilan suhbat o‘tkaziladi va suhbat natijasiga ko‘ra guruh nazoratchiligiga tavsiya etilgan nomzodlar bilan shartnoma tuziladi.

📌 Tanlovda 25 yoshdan 45 yoshgacha bo‘lgan oliy ma’lumotli, ijtimoiy faol O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ishtirok etishlari mumkin.

📆 Buning uchun talabgorlar 2024-yil 1-fevraldan 1-martga qadar my.uzbmb.uz saytining “Guruh nazoratchiligiga tanlov” bo‘limi orqali ro‘yxatdan o‘tishlari lozim.

❗️ Izoh: Talabalar, repetitorlar hamda o‘quv markazlarining direktorlari va o‘qituvchilari tanlovda ishtirok etishi mumkin emas.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ 2024-yil fevral-may oylarida bo‘lib o‘tadigan chet tili imtihonlari

2024-yil fevral-may oylarida o‘tkaziladigan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari jadvaliga o‘zgartirish kiritildi.

🇬🇧 Unga ko‘ra mart oyida ingliz tilini bilish darajasini aniqlash imtihonlari 2 marotaba tashkil etiladi.

▶️ Shuningdek, fevral va aprel oylarida nemis tilidan, mart va may oylarida arab tilidan imtihonlar o‘tkaziladi.

📆 Test sinovlari qaysi tillardan o‘tkazilishi, ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar bilan yuqoridagi rasmda tanishish mumkin.

Izoh: hukumat topshiriqlari va talabgorlar sonidan kelib chiqqan holda test sinovi o‘tkaziladigan sanalarga o‘zgarishlar kiritilishi mumkin.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/09/28 17:16:25
Back to Top
HTML Embed Code: