Telegram Web Link
Fizika va tarix fanlaridan milliy sertifikat imtihoni bo‘lib o‘tdi

🇺🇿 2023-yil 3-dekabr kuni barcha hududlarda fizika va tarix fanlaridan milliy sertifikat imtihoni bo‘lib o‘tdi.

📍 Imtihonlar talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi.

Unda jami 4,6 ming nafardan ziyod talabgor ishtirok etdi va 5 nafar talabgor tartib-qoidani buzgani uchun test sinovidan chetlatildi.

📆 Test sinovi natijalari yigirma ish kuni ichida hisoblanib, e’lon qilinadi va eng yuqori ballning kamida 60 foizini to‘plagan talabgorlarga elektron sertifikat beriladi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Diagnostik test sinovlari yo‘lga qo‘yildi

Bilimni baholash agentligi tomonidan oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari formatidagi namunaviy test topshiriqlari asosida diagnostik test sinovlari yo‘lga qo‘yildi.

📚 Diagnostik test sinovlari orqali abituriyentlar o‘z bilimlarini sinab ko‘rishlari va test materiallari (test topshiriqlari kitobi va javoblar varaqasi) bilan ishlash ko‘nikmasiga ega bo‘lishlari mumkin.

📍 Diagnostik test materiallari har hafta barcha hududlarga yetkaziladi va talabgorlar test materiallarini agentlikning hududiy bo‘limlaridan olib ketishlari mumkin bo‘ladi.

👨🏻‍💻 Mazkur xizmatdan foydalanish istagini bildirgan talabgorlar my.uzbmb.uz sayti orqali diagnostik test materiallariga buyurtma berishlari mumkin.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
⚡️ 2024-yilning 1-yarmida bo‘lib o‘tadigan milliy sertifikat imtihonlari

2024-yilning 1-yarmida ona (o‘zbek, rus, qoraqalpoq) tili va adabiyot, fizika, matematika, kimyo, biologiya, tarix va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari tashkil etiladi.

👨🏻‍💻 Test sinovida ishtirok etish uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish my.uzbmb.uz sayti (“Milliy sertifikat” bo‘limi) orqali onlayn tarzda amalga oshiriladi.

📍 Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.

📆 Test sinovlari qaysi fanlardan o‘tkazilishi, ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar yuqoridagi rasmda keltirilgan.

Izoh: hukumat topshiriqlari va talabgorlar sonidan kelib chiqqan holda test sinovi o‘tkaziladigan sanalarga o‘zgarishlar kiritilishi mumkin.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ TOEFL imtihonlari bo‘yicha vebinar

🖥 2023-yil 13-dekabr kuni Bilimni baholash agentligi tomonidan “Educational Testing Service – ETS Global” tashkiloti bilan hamkorlikda TOEFL imtihonlari bo‘yicha vebinar tashkil etilmoqda.

Unda Bilimni baholash agentligi va ETS Global tashkiloti mutaxassislari tomonidan TOEFL imtihonlari formati, imtihonga tayyorlanish uchun materiallar va natijalarning hisoblanishi bo‘yicha batafsil ma’lumotlar beriladi.

📱 Vebinarda ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tishlari lozim: https://etsglobal.clickmeeting.com/toefl-ibt-test-your-ultimate-guide/register

📆 Vebinar 2023-yil 13-dekabr kuni 16:00 dan 17:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.

Diqqat! Vebinar ishtirokchilariga TOEFL iBT imtihonini topshirish uchun chegirma beriladi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
TOEFL ITP imtihoni uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlandi

📱 Bilimni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan TOEFL ITP imtihoni uchun talabgorlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlandi.

📆 Talabgorlarni ro‘yxatga olish my.uzbmb.uz sayti (“Ilmiy markaz” bo‘limi) orqali amalga oshirilmoqda va 19-dekabr kuni soat 10:00 ga qadar davom etadi.

🖥 TOEFL ITP imtihoni 21-dekabr kuni Toshkent shahrida Bilimni baholash agentligi (oldingi Davlat test markazi) binosida kompyuterda o‘tkaziladi.

👩‍🏫 TOEFL ITP sertifikati xalqaro tan olingan sertifikat bo‘lib, mazkur sertifikatlarga ega bo‘lgan talabgorlar Prezidentning PQ-5117-son qarorida belgilangan imtiyozlardan foydalanishlari mumkin bo‘ladi.

Imtihon bo‘yicha to‘liq ma’lumot: https://www.ets.org/toefl/itp/about.html

📚 Qo‘llanma: https://www.ets.org/content/dam/ets-org/pdfs/toefl-itp-test-taker-handbook.pdf

☎️ Murojaat uchun telefon:
- (95) 515-68-68, (95) 507-70-72

Agentlikning rasmiy sahifalari
:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Biologiya hamda qoraqalpoq tili va adabiyot fanlaridan milliy sertifikat natijalari e’lon qilindi

📣 2023-yil 19-noyabr kuni o‘tkazilgan biologiya hamda qoraqalpoq tili va adabiyot fanlaridan bo‘yicha milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi.

👨🏻‍💻 Test natijalari my.uzbmb.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar “Milliy sertifikat” bo‘limi orqali o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.

📋 Test natijalariga ko‘ra eng yuqori ballning kamida 60 foizini to‘plagan talabgorlarga elektron shakldagi sertifikat taqdim etiladi.

Sertifikatga ega abituriyentlarga OTMlarga kirishda mutaxassislik fani bo‘yicha quyidagicha ball beriladi:

🔹  60 foizdan 86 foizgacha — maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) ball;

🔹 86 foiz va undan yuqori — maksimal ball.

❇️ Shuningdek, milliy sertifikatga ega abituriyentga tegishli majburiy fan bo‘yicha eng yuqori ball beriladi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Forwarded from Nostrifikatsiya BBA
Nostrifikatsiya - 15-dekabr 2023-yil - talabgorlar.pdf
415 KB
⚡️ Nostrifikatsiya bo‘yicha navbatdagi test sinovlari 15-dekabr kuni o‘tkaziladi

📆 2023-yil 15-dekabr kuni xorijiy davlatda oliy ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish (nostrifikatsiya qilish) bo‘yicha navbatdagi test sinovlari bo‘lib o‘tadi.

✍️ Test sinovida ishtirok etishi belgilangan talabgorlar ro‘yxati, test topshiriladigan fanlar va test topshirish hududi bilan yuqoridagi pdf faylda tanishish mumkin (my.gov.uz sayti yoki Davlat xizmatlari markazlari orqali ro‘yxatdan o‘tishda topshirgan ariza raqami orqali).

Test sinovlari talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun ularning doimiy yashash hududiga yaqin bo‘lgan respublikaning 4 ta hududida tashkil etiladi.

📍 Test sinovi o‘tkaziladigan joylar: https://telegra.ph/Nostrifikatsiya-12-12

❗️ Talabgorlar imtihon o‘tkaziladigan binoga belgilangan vaqtdan kechikmagan holda shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari lozim.

👉 @NostrifikatsiyaBBA 👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ TOEFL imtihonlari bo‘yicha vebinar

🖥 2023-yil 13-dekabr kuni Bilimni baholash agentligi tomonidan “Educational Testing Service – ETS Global” tashkiloti bilan hamkorlikda TOEFL imtihonlari bo‘yicha vebinar tashkil etilmoqda.

Unda Bilimni baholash agentligi va ETS Global tashkiloti mutaxassislari tomonidan TOEFL imtihonlari formati, imtihonga tayyorlanish uchun materiallar va natijalarning hisoblanishi bo‘yicha batafsil ma’lumotlar beriladi.

📱 Vebinarda ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tishlari lozim: https://etsglobal.clickmeeting.com/toefl-ibt-test-your-ultimate-guide/register

📆 Vebinar 2023-yil 13-dekabr kuni 16:00 dan 17:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.

Diqqat! Vebinar ishtirokchilariga TOEFL iBT imtihonini topshirish uchun chegirma beriladi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Chet tili imtihoni sanalari e’lon qilindi

Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha dekabr oyida bo‘lib o‘tadigan test sinovi sanalari e’lon qilindi.

📆 Unga ko‘ra test sinovining yozma qismi 16-17-dekabr kunlari, gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari esa 18-23-, 25-29-dekabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

👨🏻‍💻 Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.

🗓 Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida bir soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari so‘raladi.

📍 Test sinovi o‘tkaziladigan joylar va ularning joylashuvi (geolokatsiya): https://telegra.ph/Chet-tili-12-13

Izoh: Test sinovi natijalari Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq imtihonlar yakunlangandan so‘ng bir haftada e’lon qilinadi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Chet tili imtihoni natijalari e’lon qilindi

2023-yil 25-noyabrdan 7-dekabrga qadar bo‘lib o‘tgan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari e’lon qilindi.

👨🏻‍💻 Test natijalari my.gov.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar “Mening arizalarim” bo‘limidan o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.

📱 Test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz sayti orqali elektron tarzda yuklab oladilar.

Eslatma: o‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar test natijalari e’lon qilingan kundan boshlab 3 kun ichida (15-17-dekabr) my.gov.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ 2024-yilning 1-yarmida bo‘lib o‘tadigan chet tili imtihonlari

2024-yilning 1-yarmida chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari yanvar, fevral, mart, aprel va may oylarida tashkil etiladi.

📱 Test sinovida ishtirok etish uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish my.gov.uz sayti orqali onlayn tarzda amalga oshiriladi.

📍 Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.

📆 Test sinovlari qaysi tillardan o‘tkazilishi, ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar yuqoridagi rasmda keltirilgan.

Izoh: hukumat topshiriqlari va talabgorlar sonidan kelib chiqqan holda test sinovi o‘tkaziladigan sanalarga o‘zgarishlar kiritilishi mumkin.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yangi yil muborak, aziz yurtdoshlar!

Jannatmakon yurtimiz uzra orzularga boy va olam-olam quvonch bilan yangi — 2024-yil kirib kelmoqda!

Bilimni baholash agentligi jamoasi ushbu tantana bilan barchani qizg‘in muborakbod etadi!

2024-yilda baxt va omad barchaning sodiq hamrohi bo‘lsin! Qalblar hamisha quvonchlarga to‘lsin!

Keyingi yillarda ham yurtimiz ravnaqi bardavom va barqaror bo‘lsin!

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
⚡️ 2024-yilning 1-yarmida bo‘lib o‘tadigan chet tili imtihonlari

2024-yilning 1-yarmida chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari yanvar, fevral, mart, aprel va may oylarida tashkil etiladi.

📱 Test sinovida ishtirok etish uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish my.gov.uz sayti orqali onlayn tarzda amalga oshiriladi.

📍 Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.

📆 Test sinovlari qaysi tillardan o‘tkazilishi, ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar yuqoridagi rasmda keltirilgan.

Izoh: hukumat topshiriqlari va talabgorlar sonidan kelib chiqqan holda test sinovi o‘tkaziladigan sanalarga o‘zgarishlar kiritilishi mumkin.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ 2024-yilning 1-choragida bo‘lib o‘tadigan chet tili fanlaridan mock imtihonlari

📍 Test sinovi barcha viloyatlarda va Toshkent shahrida tashkil etiladi. Unda ro‘yxatdan o‘tgan holda tegishli to‘lov (119 000 so‘m) ni amalga oshirgan talabgorlar ishtirok etishlari mumkin bo‘ladi.

👨🏻‍💻 Talabgorlarning ro‘yxatdan o'tishlari my.uzbmb.uz saytining “Ilmiy markaz” bo‘limi orqali amalga oshiriladi.

‼️ Natijangiz siz ro'yxatdan o'tgan telefon raqamiga sms xabar orqali yuboriladi.

🟢 Bu test sinovi talabgorga quyidagi bilimlarni beradi:
1. Bilimini baholashda yordam beradi
2. Imtihon formati bilan tanishtiradi
3. Vaqtni boshqarishni o‘rgatadi
4. Test topshiruvchining chet tilini bilish darajasining kuchli va zaif tomonlarini aniqlashiga yordam beradi
5. His-hayajonni bartaraf etadi
6. Ishonchni oshiradi
7. Tajribani o‘rgatadi
8. Imtihonga samarali tayyorgarlik ko‘rishni ta’minlaydi

☎️ Murojaat uchun:
🔹 (95) 515-68-68
🔹 (95) 507-70-72

lmiy markazning telegram kanali:
👉 @IlmiyMarkazUz 👈
⚡️ Chet tili imtihoni natijalari e’lon qilindi

2023-yil 16-dekabrdan 29-dekabrga qadar bo‘lib o‘tgan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari e’lon qilindi.

👨🏻‍💻 Test natijalari my.gov.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar “Mening arizalarim” bo‘limidan o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.

📱 Test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz sayti orqali elektron tarzda yuklab oladilar.

Eslatma: o‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar test natijalari e’lon qilingan kundan boshlab 3 kun ichida (11-13-yanvar) my.gov.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#MatbuotAnjumani
⚡️ Umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari bo‘yicha matbuot anjumani

📆 Bugun (17-yanvar) soat 12:00 da Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Bilimni baholash agentligi rahbariyati ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi.

📣 Mavzu: Umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat imtihonlarining yangi tartibi.

Ishtirokchilar:

🎙 F.Mirzayev – Bilimni baholash agentligi direktori maslahatchisi;
🎙 Z.Olimbekov – Bilimni baholash agentligi boshqarma boshlig‘i;
🎙 J.Nurmatov – Bilimni baholash agentligi boshqarma boshlig‘i.
🎙 M.Ermamatov – Agentlik huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi bo‘lim boshlig‘i.

OAV xodimlari va blogerlarni matbuot anjumaniga taklif qilamiz.

Matbuot anjumaniga savollarni @Rasmiy_aloqabot ga jo‘natishingiz mumkin.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Milliy sertifikat imtihonlarida test natijalari xalqaro metodika – Rash modeli asosida hisoblanadi

🔰 Vazirlar Mahkamasining “Umumta’lim fanlarini bilish darajasini baholashning milliy test tizimini joriy etish to‘g‘risida“ 2020-yil 12-oktabrdagi 646-son qaroriga o‘zgartirish kiritildi.

📱 Unga ko‘ra, umumta’lim fanlaridan milliy sertiikat imtihonlariga talabgorlarni ro‘yxatga olish Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz sayti) orqali amalga oshiriladi.

🌐 Milliy sertifikat imtihonida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish my.gov.uz sayti orqali amalga oshirilgani sababli talabgordan belgilangan to‘lovning 90 foizi undiriladi.

👨🏻‍🦽 “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslarga, shuningdek, I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga 50 foiz chegirma qo‘llanadi.

Test natijalari xalqaro metodika – Rash modeli asosida hisoblanadi. Unga ko‘ra:

🔹 70 balldan yuqori ball olgan talabgorga — A+ daraja;
🔹 65 - 69,9 ball olgan talabgorga — A daraja;
🔹 60 - 64,9 ball olgan talabgorga — B+ daraja;
🔹 55 - 59,9 ball olgan talabgorga — B daraja;
🔹 50 - 54,9 ball olgan talabgorga — C+ daraja;
🔹 46 - 49,9 ball olgan talabgorga — C daraja.

A+, A darajali sertifikat olgan abituriyentga OTMlarning bakalavriatiga kirish test sinovlarida ushbu fandan maksimal ball beriladi.

▶️ B+, B, C+, C darajali sertifikat olgan abituriyentga mos ravishda maksimal ballga nisbatan proporsional ball beriladi.

Milliy sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentga tegishli majburiy fan bo‘yicha belgilangan eng yuqori ball beriladi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ 2024-yilning 1-choragida bo‘lib o‘tadigan chet tili fanlaridan mock imtihonlari

📍 Test sinovi barcha viloyatlarda va Toshkent shahrida tashkil etiladi. Unda ro‘yxatdan o‘tgan holda tegishli to‘lov (119 000 so‘m) ni amalga oshirgan talabgorlar ishtirok etishlari mumkin bo‘ladi.

👨🏻‍💻 Talabgorlarning ro‘yxatdan o'tishlari my.uzbmb.uz saytining “Ilmiy markaz” bo‘limi orqali amalga oshiriladi.

‼️ Natijangiz siz ro'yxatdan o'tgan telefon raqamiga sms xabar orqali yuboriladi.

🟢 Bu test sinovi talabgorga quyidagi bilimlarni beradi:
1. Bilimini baholashda yordam beradi
2. Imtihon formati bilan tanishtiradi
3. Vaqtni boshqarishni o‘rgatadi
4. Test topshiruvchining chet tilini bilish darajasining kuchli va zaif tomonlarini aniqlashiga yordam beradi
5. His-hayajonni bartaraf etadi
6. Ishonchni oshiradi
7. Tajribani o‘rgatadi
8. Imtihonga samarali tayyorgarlik ko‘rishni ta’minlaydi

☎️ Murojaat uchun:
🔹 (95) 515-68-68
🔹 (95) 507-70-72

lmiy markazning telegram kanali:
👉 @IlmiyMarkazUz 👈
2024/09/28 19:26:10
Back to Top
HTML Embed Code: