Telegram Web Link
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ахborot 24 | «Yangi O`zbekiston yoshlari, birlashaylik!» festivali

#28june #uzbekiston24
BEDORLIK ABDIEV ALLANAZAR 1 QISM
“O‘zbekiston” radiokanalining “Bedorlik” dasturida Qoraqalpog‘iston xalq yozuvchisi Allanazar Abdiyev tavalludining 60 yilligiga bag‘ishlangan ijodiy kecha hamda "Burgut cho‘qqi" kitobi taqdimoti efirga uzatildi.

Muharrirlar: Zulayho Ahmadjonova, Bahriddin Maxmadaliyev
BEDORLIK NOSIR FOZIL
“BEDORLIK”

Atoqli adib Nosir Fozilov hayoti va ijodi haqida eshittirish.

Muallif: Abdulla Ayizov
Muharrir: Bahriddin Mahmadaliyev
Prezident maktablari agentligi qoshida “Olimpiadalarga tayyorlash markazi” ochiladi

Nogironligi bo‘lgan yoshlarga chet tilidan imtihon topshirish yengillashadi.

Batafsil 👉 https://yuz.uz/a/uz/102887
Yangi kitob

ADABIYOTIMIZNING IZZATLI OTAXONI

Akademik Izzat Sulton o‘zbek adabiyotshunosligining atoqli namoyаndasi, milliy dramaturgiya rivojiga katta hissa qo‘shgan ijodkor, o‘zbek filologiya fanining tashkilotchilaridan biri edi.
Zuhriddin Isomiddinovning olim haqidagi ayrim xotiralar jamlangan ushbu kitobida domlaning kundalik hayotdagi lutf-hangomalari, u kishi haqidagi hamkasblarining fikrlari keltirilgan.

Nashriyot: "Muharrir" nashriyoti


O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Matbuot va OAV xodimlari kuni munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirlar xususida.

@yangidavr_rasmiy
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bugun Yozuvchilar uyushmasida yozuvchi, munaqqid Ahmad Aʼzam tavalludining 75 yilligi hamda shoira Farog‘at Kamolova tavalludining 65 yilligiga bag‘ishlangan xotira kechasi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni to‘liq tomosha qiling.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
TAKLIFNOMA

   Shu yilning 1-iyul kuni soat 11:00da Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida Yoshlar kuni munosabati bilan “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi boʻlib oʻtadi.  Anjuman doirasida Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, yosh shoir Hasan Asrayevning “Ezgu niyat” nomli kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tadi hamda bir qator yosh ijodkorlarga Yozuvchilar uyushmasi aʼzolik guvohnomalari topshirilishi rejalashtirilgan. Tadbirga barcha yoshlarni va qiziquvchilarni taklif etamiz.

Manzil: O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi katta tadbirlar zali. Mo‘ljal: metroning "Milliy bog‘" bekati.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
30-iyun — Yoshlar kuni

Shavkat Mirziyoyev bundan yetti yil avval — 2017-yil 30-iyunda respublika “Kamolot” qurultoyida ishtirok etgan va shu kuni Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi tashkil etilgan kun – 30-iyunni mamlakatimizda “Yoshlar kuni” deb eʼlon qilish taklifi bilan chiqqan edi.

Shundan buyon 30-iyun kuni yurtimizda “Yoshlar kuni” sifatida nishonlab kelinyapti.
"ISHONCH TELEFONI" TAQDIMOTI

   Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligida xalqimizning atoqli adibi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi Xayriddin Sultonning "Ishonch telefoni" kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
   Unda vazirlik jamoasi, Yozuvchilar uyushmasi a'zolari, nashriyot vakillari ishtirok etdi.
   — Xayriddin Sultonning ushbu asari butunlay hayotiy voqea-hodisalar asosiga qurilgan va ular noodatiy bir shaklda o‘quvchiga yetkaziladi, — dedi O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi o‘rinbosari G‘ayrat Majid. — Asarning asosiy qahramoni – “Ishonch telefoni” operatori Mohidil Ismatova. Unga turli toifadagi kishilar qo‘ng‘iroq qilib boshlaridan o‘tgan voqealarni hikoya qilib berishadi. Shu muloqotlar orqali hayot atalmish murakkab jarayon va murakkab, chigal, qiziqarli taqdirlar ko‘z oldingda namoyon bo‘ladi. Har bir qo‘ng‘iroq egasining sarguzashti, gap-so‘zlari mustaqil bir novella taassurotini beradi. Va bu novellalar Mohidil vositasida o‘zaro bog‘lanadi. Ularni bir ipga tizilgan tasbeh donalariga ham o‘xshatish mumkin. Tasbeh o‘girib, zikrga berildingmi, to‘xtamaganing singari o‘qishni boshladingmi, asarning sirli va sehrli olamiga kirib ketasan. Yo‘q, endi asar o‘qimaysan, o‘zingni shu hayot ichida ko‘rasan.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi Obiddin Mahmudov kitob haqida shunday dedi:
"Ushbu kitob qahramonlarini har qadamda uchratish mumkin. Hayotning va inson ruhiyatining badiiy ifodasi har bir kitobxonni maftun etadi".
   Taqdimot qizg‘in bahs-munozaralar bilan o‘tdi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
2024/07/01 03:35:40
Back to Top
HTML Embed Code: