Telegram Web Link
Taklifnoma

19-sentabr kuni soat 11:00da Yozuvchilar uyushmasida “Mehnat shuhrati” ordeni sohibi, uyushma aʼzosi Barot Isroilning “Asriynoma yoxud Barotiynoma” nomli kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tadi.
Barchangizni ushbu tadbirga taklif etamiz.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov xotirasiga bag‘ishlangan adabiy-maʼrifiy tadbir hamda “Buyuk soddalik” va “Ummon bo‘yidagi o‘ylar” kitoblari taqdimotidan fotolar.

Muallif – Ahmad To'ra.
O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov xotirasiga bag‘ishlangan adabiy-maʼrifiy tadbir hamda “Buyuk soddalik” va “Ummon bo‘yidagi o‘ylar” kitoblari taqdimotidan fotolar.

Muallif – Ahmad To'ra.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Maxsus reportaj | Abdulla Qahhor tavalludining 117 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlar
#18sep #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining ijodiy ishlar bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Minhojiddin Mirzo O‘zbekiston xalq yozuvchisi Abdulla Qahhor haqida.
“Buyuk soddalik” va “Ummon bo‘yidagi o‘ylar” nomli kitoblar taqdimoti

Yozuvchilar uyushmasida O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov xotirasiga bag‘ishlangan tadbir hamda “Buyuk soddalik” va “Ummon bo‘yidagi o‘ylar” kitoblari taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni uyushma raisi Sirojiddin Sayyid ochib berdi. Unda O‘zbekiston Qahramoni Ibrohim G‘afurov, Oliy Majlis Senati aʼzosi Abdurahim Erkayev, uyushma aʼzosi Olmos Ahmedova, adabiyotshunos olim Doniyor Begimqulov, filologiya fanlari doktori Nurboy Jabborov, shoirning umr yo‘ldoshi Hanifa Mustafoyeva va boshqalar so‘zga chiqdi.
Taqdimotda Abdulla Oripovning ijodi, yangi kitoblarning mazmun-mohiyati haqida so‘z bordi. Kechada shoirlar, yozuvchilar, adabiyotshunos olimlar, yosh ijodkorlar, talabalar hamda sheʼriyat ixlosmandlari jam bo‘ldi.
Abdulla Oripov shaxsi yangi o‘zbek sheʼriyatida alohida maqomga ega. Shoir ilk sheʼrlari bilan poeziyaning chinakam vazifasini belgilashda, o‘quvchining badiiy tilini rivojlantirishda, adabiyotning haqiqiy maqsadini tayin etishda o‘ziga xosligini namoyon etdi.
– Abdulla akaning birinchi kitobi – "Mitti yulduz" bundan 59 yil avval nashrdan chiqqan edi, – dedi Sirojiddin Sayyid. – Ustozimiz sheʼriyatining salobati adabiyotda yaratgan dorilfunundir.
Ijodkor badiiy adabiyotga kirib kelgan vaqtdagi vaziyatga qaramasdan qalbi buyurgan mavzuni yozishga jasorat topa oldi. Yangi o‘zbek sheʼriyatidagi soflik, badiiylik shoir ijodi taʼsirida yangilandi. Ayniqsa, shoir to‘rtliklarida falsafa, mantiq, o‘zbekning o‘zligi, oddiydek tuyulgan fikr quyuqligi, mazmunning favqulodda go‘zal shakldagi ifodasi o‘ziga xoslik kasb etadi. "Buyuk soddalik" kitobida ana shunday eng sara to‘rtliklar jam bo‘lgan. Unda shoirning badiiy niyati, o‘y-orzularini his etasiz.
– Ustozning "Buyuk soddalik" kitobidan o‘rin olgan to‘rtliklarda katta hayotiy falsafa aks etadi, – dedi Nurboy Jabborov. – Sheʼriyatidagi milliylik, Vatanni sevish, hayotiylik hissining uyg‘unligi katta ahamiyatga ega.
"Ummon bo‘yidagi o‘ylar" kitobi atoqli shoir Abdulla Oripovning Amerika Qo‘shma Shtatlarida bitgan falsafiy mushohadalari, yurt sog‘inchi va hayratdan iborat bo‘lgan benazir satrlari majumasidir. Unda shoirning musofirlikda, Vatandan yiroqda his etgan hissiyotlari olamiga olib kirsa ajabmas.
Ushbu kitoblar Xanifa Mustafoyeva va Mavluda Oripova tomonidan to‘plangan, "Invest book" nashriyotida chop etilgan.
Taqdimotda shoirning sheʼrlari, g‘azallaridan parchalar o‘qildi. Yig‘ilganlarga yangi kitoblari ulashildi.

Zulayho Ahmadjonova
2024/09/23 07:24:40
Back to Top
HTML Embed Code: