Telegram Web Link
BIZNIKI!

Pahlavonim Muzaffar To‘raboyevga!

Bu tog‘lar bizniki, dashtlar bizniki!
Alpomishim surgan gashtlar bizniki!
G‘olib Muzaffarning ko‘ksin to‘ldirgan,
Bilagiga quvvat – shashtlar bizniki!

Bir xil to‘ylaydilar kambag‘al, boyi,
Ko‘kibiyda bir xil oftobi, oyi,
Eshoni Sudurning otilgan joyi,
Yonog‘im yondirgan yoshlar bizniki!

Hech cho‘pon to‘lini olmagan tugal,
Ay, dunyo ishlaring goho ko‘p chigal,
Boysun bayram qilib turibdi bu gal,
Quvongan har ko‘z-u qoshlar bizniki!

Muzaffar, otangga, onangga rahmat,
Seni Parvardigor aylasin izzat!
Tomiringda oqqan kuch emas, hikmat,
Pirlar nazar qilgan toshlar bizniki!

Katoni* ko‘rgandim Termiz tomonda,
Buddaday jimgina qilardi xanda,
Menga havas bilan boqqan har onda,
Tarix bunyod qilgan choshlar bizniki!

“Yo, otamning piri!” deya ayqirgan,
Tortgan naʼrasiga sherlar in qurgan,
Shamolin o‘nglagan, yo‘lini bergan,
Mag‘rur ko‘tarilgan boshlar bizniki!

Ey, siz yarim nonin baham ko‘rganlar,
Yaxshi-yomon kunda birga turganlar,
Boysunni olisdan yaxshi ko‘rganlar,
Oybarchinim suzgan oshlar bizniki!

Men vatan haqida aytmoqchi edim,
Aslida bir doston bitmoqchi edim,
Quvonib, jimgina ketmoqchi edim,
Qanday jim ketaman – xeshlar bizniki!

Bu qurda har kimning nasibasi bor,
Muzaffar, Bahodir, Diyora – shunqor!
Hali aytilajak gurunglar bisyor,
Davramda keksayu yoshlar bizniki!

Muzaffar, otangga, onangga rahmat!
Yaratganning o‘zi aylasin izzat,
Bronza davridan kelyotgan odat –
Vatan, deb tikilgan boshlar bizniki!
Vatan, deb tikilgan boshlar bizniki!

Shodmonqul Salom

* Kato Kyudzo – Termizda uzoq yillar ishlagan mashhur yapon arxeologi.
Tavsiya!

ISHONCH TELEFONI

Taniqli yozuvchi Xayriddin Sultonning ushbu kitobi ikki bo‘limdan iborat. Birinchi bo‘limdan joy olgan "Ishonch telefoni" qissasida hayotda chindan ham yuz bergan, muallif bevosita guvohi bo‘lgan voqea-hodisalar, yon-atrofimizda yashayotgan, tarixi va taqdiri bir-biriga o‘xshamaydigan turli insonlarning xarakterlari, ruhiy kechinmalari, dardu armonlari oʻziga xos shartli shaklda ifoda topgan.
"Ishonch yorliqlari" deb nomlangan ikkinchi bo‘limda esa ijodkor do‘stlarining yangi izlanishlari sabab adib qalbida tugʻilgan taassurotlar hamda ustozlar yodi bilan bogʻliq xotiralar jamlangan.
Nashriyot: “Mashhur-press”

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Ташриф дастури доирасида Остона шаҳрида Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевни Қозоғистон Республикасининг "Олтин Қирон" ордени билан тақдирлаш маросими бўлиб ўтди.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев Қозоғистоннинг олий давлат мукофоти - "Олтин Қирон" ордени билан тақдирланди.
Музокаралар якунида Президентлар Шавкат Мирзиёев ва Қасим-Жомарт Тоқаев олий таълим муассасалари филиалларининг очилиши ва "Сиань - Хорғос - Олмаота - Сариёғоч - Тошкент" йўналиши бўйича биринчи юк поездининг етиб келишига бағишланган маросимда иштирок этдилар.
2024/09/24 23:24:40
Back to Top
HTML Embed Code: