Telegram Web Link
O‘zbekiston Prezidenti Qozog‘istonga jo‘nab ketdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning taklifiga binoan 7-avgust kuni davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi.
Ostona shahrida O‘zbekiston va Qozog‘iston yetakchilari Oliy davlatlararo kengashning birinchi yig‘ilishini o‘tkazadilar.
Prezidentimiz Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi Maslahat uchrashuvi va "Markaziy Osiyo + Yaponiya" formatidagi birinchi muloqotda ishtirok etishi ham ko‘zda tutilgan.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Maxsus reportaj | Adabiyotga e'tibor - ma'naviyatga, kelajakka e'tibor

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Adiblar xiyoboni, ijodkorlarga berilgan uylar haqidagi ko‘rsatuv "O‘zbekiston 24" telekanalida efirga berildi. Marhamat, tomosha qiling!

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Davlatimiz Rahbari tashabbusi bilan 2020-yil 20-may kuni Adiblar xiyobonining ochilish marosimida Prezidentimiz "Adabiyot – xalqning yuragi" deya adabiyotning millat hayotidagi o‘rnini yuksak eʼtirof etgan edi. Mana, to‘rt yildirki, xalqimizning ushbu maʼnaviyat maskani ijodkorlar, adabiyot muxlislari, yoshlar bilan gavjum. Taniqli shoir G‘ayrat Majidning "Adabiyot bog‘i" nomli dostoni Adiblar xiyoboniga bag‘ishlagan. Ushbu asar asosida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati tomonidan videorolik tayyorlandi. Sheʼrni muallifning o‘zi o‘qigan. Marhamat, tomosha qiling!

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
O‘zbekiston Prezidenti Ostonaga keldi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Qozog‘istonga keldi.
Ostona xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarini Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev kutib oldi.
Ertaga ikki mamlakat yetakchilari raisligida Oliy davlatlararo kengashning birinchi majlisi bo‘lib o‘tadi.
Muzokaralar chog‘ida O‘zbekiston-Qozog‘iston strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini chuqurlashtirish, siyosat, savdo-iqtisodiyot, investitsiya, transport-kommunikatsiya, energetika, qishloq xo‘jaligi va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni kengaytirish masalalari atroflicha muhokama qilinadi.
Dasturga muvofiq, Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvi va "Markaziy Osiyo + Yaponiya" formatidagi muloqotda ishtirok etish ham rejalashtirilgan.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev Ostonada tantanali kutib olindi.
Olimpiada kundaligi

Bahodir Jalolov ketma-ket ikkinchi bor Olimpiada finalida!

Boks boʻyicha Tokio-2020 yozgi Olimpiya oʻyinlari chempioni Bahodir Jalolov ikkinchi bor Olimpiada finalchilari qatoridan joy olmoqda. Eng ogʻir vazn toifasida ishtirok etayotgan yurtdoshimiz hozirgina yakunlangan jangda germaniyalik Nelvi Tiafakni magʻlub etib, final yoʻllanmasiga sazovor boʻldi.

Endi hamyurtimiz ikki karra Olimpiada chempionligi uchun 10-avgust kuni Jamili-Dini Moindze (Fransiya) hamda Ayub Gʻadfa (Ispaniya) oʻrtasidagi bahs gʻolibiga qarshi ringga koʻtariladi. Olgʻa, Bahodir!
Olimpiada kundaligi

Bugundan taekvondo WT, badiiy gimnastika, erkin kurash va zamonaviy beshkurash bo’yicha terma jamoamiz a’zolari Parij-2024 medallari uchun ishtiroklarini boshlashadi. Kun davomida O’zbekiston delegatsiyasi a’zolari 6 sport turida qatnashishadi.
O'mon OAV: O'zbekistonda 2020-2025-yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo'llab-quvvatlash bo'yicha milliy dastur tasdiqlangan

O'monning "Oman Daily Observer" gazetasi O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi, shoir Sirojiddin Sayyid qalamiga mansub "Ma'rifat deb savob oling. O'zbekistonda kitob mutolaasi va kitobxonlikni rivojlantirish haqida" maqola chop etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Batafsil
Батафсил

Telegram Русский | English | Facebook | Twitter | YouTube
Газета «Oman Daily Observer» о чтении книг и развитии книгочтения в Узбекистане

Подробнее

Telegram на English | O'zbek | Facebook | Twitter | YouTube
2024/09/25 03:10:27
Back to Top
HTML Embed Code: