Telegram Web Link
Taklifnoma

Yozuvchilar uyushmasida 26-iyul kuni soat 11:00 da O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist, taniqli bolalar yozuvchisi Aziz Yoqubovning “Bolajon bobo hikoyatlari” nomli kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tadi.
Barchangizni ushbu tadbirga taklif etamiz.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
“XXI asr” gazetasining 2024-yil 18-iyul sonida shoir G‘ayrat Majidning “Vatandoshlar” sheʼri e'lon qilindi. Mutolaa qiling.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Yangi kitob

DAFTAR ChETIDAGI BITIKLAR

O‘zbekiston va Qirg‘iziston Yozuvchilar uyushmalarining aʼzosi, yozuvchi Begijon Ahmedovning ushbu kitobida uning qiziqishlari doirasida to‘plangan maʼlumotlar, falsafiy fikrlar, hikoyatlar va voqeiy hikoyalar, latifalar o‘rin olgan.
Mutolaa qiling va bahra oling.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Forwarded from JADID media | rasmiy
🟦🟦🟦🟦

📆 24-IYUL – ALEKSANDR DYUMA TAVALLUD TOPGAN KUN

⚫️Butun insonning aql-idroki quyidagi ikki og‘iz so‘zda mujassamlashgan: “Kutmoq va umid qilmoq kerak”.

Batafsil: jadid-media.uz

@Jadid_media
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Nosirjon Jo‘rayev she'ri
Mahliyo Asqaraliyeva o‘qidi

"Qaqnus"
DIQQAT, EʼLON!

O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Kinematografiya agentligi, Respublika “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi, Badiiy akademiya, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi hamda O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi mamlakatimiz mustaqilligining o‘ttiz uch yilligiga bag‘ishlangan “ENG ULUG‘, ENG AZIZ” anʼanaviy respublika ko‘rik-tanlovini eʼlon qildi.
Tanlovga “Bir bo‘lsak — yagona xalqmiz, birlashsak — Vatanmiz!” degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam etgan asarlar-materiallar qabul qilinadi.

“ENG ULUG‘, ENG AZIZ” tanlovi quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha o‘tkaziladi:

– bosma OAV xodimlarining eng yaxshi jurnalistik ishlari;
– televideniye va radio ijodkorlarining eng yaxshi materiallari;
– internet jurnalistikasi;
– publitsistik janrdagi eng yaxshi kitob uchun;
– yozuvchi va shoirlarning eng yaxshi badiiy asarlari;
– tasviriy sanʼat, foto va dizayn ishlari;
– kino sanʼati asarlari.

Tanlovga taqdim etilgan ijodiy ishlarga quyidagi hujjatlar ilova qilinishi lozim:

– muallif haqida maʼlumotnoma (obyektivka);
– muallifning pasporti yoki ID-karta nusxasi;
– muallifning manzili va bog‘lanish telefonlari.

Tanlovga 2023-yilning 1-avgustidan 2024-yilning 1- avgustigacha bo‘lgan davrda eʼlon qilingan materiallar — asarlar joriy yilning 15-avgustigacha qabul qilinadi.
Tanlov g‘oliblari O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz uch yillik bayrami arafasida mukofotlanadi va ularning ro‘yxati matbuotda eʼlon qilinadi.
Bosma OAV xodimlarining jurnalistik ishlari, televideniye va radio ijodkorlarining materiallari hamda internet jurnalistikasi bo‘yicha ijodiy ishlar “Eng ulug‘, eng aziz” tanloviga deb ko‘rsatilgan holda O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasining (99 466-10-25) raqamiga ochilgan (O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi) telegramiga yuboriladi.

Murojaat uchun telefonlar: 71 244-37-87, 71 244-64-62.

Tasviriy sanʼat, foto va dizayn ishlari O‘zbekiston “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasining (97 761-11-71) telegram raqamiga yuboriladi.

Murojaat uchun telefonlar: 71 244-27-79, 71 244-57-24.

Kino sanʼati asarlari O‘zbekiston Respublikasi Kinematografiya agentligining (90 673-39-40) telegram raqamiga yuboriladi.

Murojaat uchun telefon: 71-277-81-49.

Eslatma: yuqoridagi yo‘nalishlarda hujjatlar elektron tartibda qabul qilinadi.

Yozuvchi va shoirlarning badiiy asarlari O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasiga yuboriladi.

Manzil: 100066, Toshkent shahri, Bunyodkor ko‘chasi, Adiblar xiyoboni.

Murojaat uchun telefonlar: 71-231-83-49, 71-231-83-67.

Jurnalistlar tomonidan nashr etilgan publitsistik janrdagi kitoblar bo‘yicha tanlovda qatnashish istagida bo‘lganlar O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasiga bir dona kitob taqdim etadi.

Manzil: 100011, Toshkent shahri, Navoiy ko‘chasi, 30-uy.

Murojaat uchun telefon: 71 244-37-87.
Forwarded from “Yoshlik” jurnali
#Adib_ijodxonasi

Do‘mbira mening ilk ustozim

Onam bechoraning aytishicha ilon yilida tug‘ilgan ekanman. Urush, qahatchilik. Ikki akam frontga ketishgan. Non aziz pallalar edi. Chorvadorning qora o‘tovida qo‘zilar bilan ko‘kanlashib ulg‘aya bordik. Sinfdan-sinfga yuqorilagan sari kitobxonlik kasaliga yo‘liqib qoldim.

👉davomi...

@yoshlikjurnali
#Zomin_taassurotlari

Seminarning birinchi kunidanoq quvonch va bir talay taassurotlarga ega bo’ldim. Zominning ob-havosi, u yerdagi ijodiy muhit va maftunkor tabiat menga juda ham yoqdi. Ustoz Sirojiddin Sayyid, Usmon Azim, Eshqobil Shukur, Rustam Musurmon, Zebo Mirzo va yana ko'plab qalami oʻtkir ijodkorlardan dars olish men uchun katta baxt edi. Sho'balarga bo'lingan holda ustoz Eshqobil Shukur boshchiligida dars jarayonlarini boshladik va shu ondayoq oʻzimdagi kamchiliklarni koʻrdim, tengdoshlarim qay darajada ijod qilishmoqda, bilimlarini qay tarzda charxlab kelishmoqda, bularni bildim, muhimi, yangi doʻstlar, tanishlar orttirdim, mazmunli lahzalarni o’tkazdim. Tunlari Zominning tog'li hududiga mos bo’lgan sovuq ammo yoqimli shabbodalar bamisoli biz ijodkorlarni tomosha qilar va qo’llayotgandek edi. Azim daraxtlar hamrohligida oʻtqazilgan mushoiralar qalbimizga iliqlik kiritdi va ijodkorlarni bir joyga birlashtirdi!

Shamsiqamar Suyunova,
Zomin seminari ishtirokchisi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ibn Sino bolaligida Arastu asarlarini bir necha yuz marta o‘qib chiqqan.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi Abdulla Ulug‘ov

"Olamning qalbi"
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"O‘zbegim" qasidasiga radif nima uchun aynan mana shunday tanlangan?

https://www.tg-me.com/Erkin_Vohidov
Forwarded from JADID media | rasmiy
YANGI O‘ZBEKISTON:
YETTI YILDA YETISHGANLARIMIZ

Sultonmurod OLIM

“Islohot” – “o‘zgarish” de­­ga­­ni. Shuning uchun u – to‘xtovsiz davom etadigan muttasil jara­yon. Daryo suvi bir yerda to‘x­tab tura olmagani singari, odam ham, kishilik jamiyati ham bir yerda turg‘un qolishga haqli emas. Hayot davom etar ekan, u har kuni, har hafta, har oy, har yil... oldi­mizga yangi-yangi vazifalarni ko‘ndalang qilib qo‘yaveradi. Ularni ado etish uchun hammamiz yangi­la­nishga majburmiz.

Batafsil: jadid-media.uz

@Jadid_media
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Axborot 24 | Prezidentimizning «Hozirgi zamon va Yangi O‘zbekiston» kitobi nashrdan chiqdi

#24july #uzbekiston24
Mustaqillikka 33 yil

Jam bo‘lib agar musht tugilgay,
Yurakda jasorat tug‘ilgay,
Bedorlik oliy baxt tuyulgay,
Bir bo‘lsak, yagona xalqdirmiz,
Birlashsak, Vatanmiz, yurtdoshim!

Baxt,omad osmondan tushmagay,
G‘ofilni hech toleʼ quchmagay,
Gar jammiz, baraka uchmagay,
Bir bo‘lsak, yagona xalqdirmiz,
Birlashsak, Vatanmiz, yurtdoshim!

Qadim bu zaminning bag‘ri qon,
Qonga-qon talashdi, jonga-jon,
Ona yurt-yurakda mangu shon,
Bir bo‘lsak, yagona xalqdirmiz,
Birlashsak, Vatanmiz, yurtdoshim!

Kubroning dodidir bu Vatan,
Boburning oridir bu Vatan,
Har kimning zoridir bu Vatan,
Bir bo‘lsak, yagona xalqdirmiz,
Birlashsak, Vatanmiz, yurtdoshim!

Vatansiz yurt bo‘lmas, el bo‘lmas,
Ayo do‘st, sharafsiz er bo‘lmas,
Egasiz bir qarich yer bo‘lmas,
Bir bo‘lsak, yagona xalqdirmiz,
Birlashsak, Vatanmiz, yurtdoshim!

Osonmas elni el qilmoq ham, 
Jonni ming bo‘lakka bo‘lmoq ham,
Har kimning dilini bilmoq ham,
Bir bo‘lsak, yagona xalqdirmiz,
Birlashsak, Vatanmiz, yurtdoshim!

Yuksalgay insonning gar qadri,
Yurakdan arigay gar dardi.
Demakki, millatning bor mardi,
Bir bo‘lsak, yagona xalqdirmiz,
Birlashsak, Vatanmiz, yurtdoshim!

O‘zbeksiz jahonmas bu jahon,
To‘liqmas hayhotday qahkashon,
Sen-u men, barchamiz biz, ishon,
Bir bo‘lsak, yagona xalqdirmiz,
Birlashsak, Vatanmiz, yurtdoshim!

Birlashgan o‘zgani o‘zdirmas,
O‘zini pardayin to‘zdirmas,
Yozganim shunchaki so‘zdirmas:-
Bir bo‘lsak, yagona xalqdirmiz!
Birlashsak, Vatanmiz, yurtdoshim!

Sayyora Samandar,
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Audiomaqola

“Yangi O‘zbekiston” gazetasida chop etilgan “Dunyo nizomida Yangi O‘zbekiston ruhi!” nomli maqolaning audio variantini tinglashingiz mumkin.

https://www.tg-me.com/yuz_official
“ZUKKO KITOBXON” G‘OLIBI ANIQLANDI

Viloyat Bolalar kutubxonasida respublika Adliya vazirligi tomonidan o‘tkazilayotgan “Zukko kitobxon” tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi. “Ziyo ulash” aksiyasining mantiqiy davomi hisoblangan ushbu tanlovda kitobxon yigit-qizlar o‘z bilim va salohiyatlarini namoyon etdi. Tanlov shartlariga ko‘ra kitobxonlar intellektual o‘yinda tavsiya etilgan ilmiy, badiiy, huquqiy adabiyotlar asosida tuzilgan savollarga yozma javob berdi. Shuningdek, yana bir shartga ko‘ra ishtirokchi bitta adabiyotni tasodifiy, yaʼni avtomatik generatsiya orqali tanlab oldi.
Yakuniy baholarga ko‘ra, tanlovda o‘zining zukkoligi, hozirjavobligi, ilmiy salohiyati bilan boyovutlik Shoira Zikrillayeva faxrli 1-o‘rinni egallab, respublika bosqichiga yo‘llanma oldi. Shuningdek, mirzaobodlik Javohir Rahmonov ikkinchi, gulistonlik Shaxzoda Tolipova uchinchi o‘ringa munosib deb topildi.
G‘oliblarga homiy tashkilotning sovg‘alari, sertifikat hamda diplomlari topshirildi.

Noriniso Qosimova,
Yozuvchilar uyushmasi Sirdaryo viloyati bo‘limi
bosh mutaxaassisi
2024/09/23 21:24:40
Back to Top
HTML Embed Code: