Telegram Web Link
Bir juft sheʼr

Eshqobil Shukur

ORZU


Daholar ko‘ngliga cho‘g‘ tashlagan sir,
Osmon maktublarin mangu mavzusi.
Azal zulmatlarin kesib o‘tgan nur –
Insonni insonday ko‘rmak orzusi.

Ming yillar beri-yu, ming yillar nari,
Yulduzlar ostida, zamin ustida
O‘tdi qancha jahon payg‘ambarlari
Shu niyat dastida, shu o‘y qasdida.

Qancha tarixlarni qum bosganida,
Sellarda qolganda ellar qayg‘usi,
Nishlayverdi pirlar qabristonida –
Insonni insonday ko‘rmak orzusi.

O‘zing asra bizni, ey qodir xudo,
Pastkash zavolidan, ablax holidan.
Razil kimsalarday qilmagil judo
Insonni insonlik istiqbolidan.

Yassaviyni buyuk chillaga solgan,
Navoiy qalbining oliy tuyg‘usi.
Buxoriy boshida oyday yuksalgan –
Insonni insonday ko‘rmak orzusi.

Daholar ko‘ngliga cho‘g‘ tashlagan sir,
Osmon maktublarin mangu mavzusi.
Azal zulmatlarin kesib o‘tgan nur –
Insonni insonday ko‘rmak orzusi.

TILAK

Mening muhabbatim nimaga arzir,
Nimaga arzirdi yonib-kuyganim.
Mehr bu sunnatdir, mehr bu farzdir,
Seni Xudo suysin, mening suyganim.

Men bir kuyinchaging, tilovching, xolos,
Senga yo‘lamasin mendagi qayg‘u.
Mendan bu dunyoga bir niyat meros,
Seni Xudo suysin, obod bo‘l mangu.
BOLALAR UCHUN 20. 07 .24 SHANBA UCHRASHUV 1-QISM
2024-yil 20 va 21-iyul kunlari “O‘zbekiston” radiokanalining Bolalar redaksiyasi O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoira Zamira Ro‘ziyeva ijodi haqida alohida eshittirish efirga uzatdi. Unda shoira bilan ijodiy hamkor bo‘lgan bastakorlar, “Elnur” bolalar ansambli va o‘quvchilar ishtirok etdi.

Eshittirish muharriri — Yulduz Karimova.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Forwarded from Adolat gazetasi
Махтумқули Менглихон деган қизни қизғин муҳаббат билан севган ва улар бирга бўлишга ўзаро аҳду паймон қилишган, лекин кутилмаган бир ҳодиса уларни бир-биридан ажратган. Натижада Менглихон ўзига номуносиб бир кишига турмушга чиқиб кетган бўлса, Махтумқули унинг доғу ҳасратида куйиб қолган. Армонга айланган ишқини ёниқ сатрларга муҳрлаб, севгилисига боқий назмий ҳайкал қўйган.


https://telegra.ph/Millatini-olamga-tanitgan-shoir-07-20
Бизни кузатиб боринг:👇👇👇
@Gazeta_Adolat
Forwarded from Islom ALI ijodi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Audio_hikoya

✍️Sobir Oʻnar

📖 “Otamzamon hangomalari” turkumidan. ”Oʻtirikni eplay bilmadi”.

🎙 Hikoyani Shaxobiddin Ravshanov oʻqidi


Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarga ulanish:
TELEGRAM|FACEBOOK|INSTAGRAM|YOUTUBE
"Saodat" jurnalining 2024-yil 5-sonida Oʻzbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf hamda shoira Nazira as-Salom sheʼrlari eʼlon qilindi.
Yangi kitob

NURLI QISSALAR

Taniqli yozuvchi Yusuf Akobirovning "Mening yoshlik qissalarim" kitobiga yozuvchining “Balog‘at”, "Musaffo osmon" va “Munira” qissalari kiritilgan. Ularda hayot mavzusi, zamondosh tasviri, yoshlarning intilishi, ilk muhabbati, jo‘shqin talabalik yillari hikoya qilinadi.
Mashhur xalq yozuvchisi Sorbonning ko‘plab hikoyalari, qissalari va romanlari nashr etilgan. Uning har bir asari o‘quvchilar dillarida unutilmas o‘rin qoldirgan. Adibning ushbu “Lo‘li” qissasi ham oldingi asarlari kabi siz azizlarda qiziqish uyg‘otishiga umid qilamiz. Tojik tilidan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi Abdujabbor Mo‘minov tarjima qilgan.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi аxborot xizmati
Tanlov eʼlon qilinadi

“VATAN UCHUN YASHAYLIK!”

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Vatanimiz mustaqilligining 33 yilligiga bag‘ishlab eng yaxshi nasriy, sheʼriy va badiiy publitsistik asarlarning anʼanaviy “Vatan uchun yashaylik!” Respublika tanlovini eʼlon qiladi.
Tanlovga 2023 yilning 1 avgustidan 2024 yilning 10 avgustiga qadar respublikamizdagi vaqtli matbuot va adabiy nashrlarda eʼlon qilingan yoki kitob holida chop etilgan badiiy-publitsistik maqolalar, ocherklar, nasriy va sheʼriy yo‘nalishdagi asarlar taqdim etilishi mumkin. Ularda “Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam etgan, xalqimizning milliy manfaatlarini taʼminlashga qaratilgan ichki va tashqi siyosat borasidagi tub o‘zgarishlar, inson qadri oliy mezon bo‘lgan yangi hayot, yangi jamiyat qurish yo‘lida qo‘lga kiritilgan zafarlar, mard va matonatli xalqimizning fidokorona mehnati, aql-zakovati va bunyodkorlik salohiyati, buyuk ajdodlarimizning boy ilmiy va maʼnaviy merosini o‘rganish va keng targ‘ib qilish, Vatanimizning milliy istiqloli, xalqimiz ozodligi uchun kurashib, shu yo‘lda jon fido etgan, mustabid tuzum davrida siyosiy qatag‘on qurboni bo‘lgan ota-bobolarimizning ibratli hayoti, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyati targ‘iboti kabi ezgu g‘oyalar hayotiy misollar, teran fikr-mulohazalar bilan tarannum etilishi lozim.
Tanlov ishtirokchilari (muallif haqida maʼlumot, pasport nusxasi, manzil va bog‘lanish telefon raqamlarini ilova qilgan holda) o‘z ijodiy ishlarini “Vatan uchun yashaylik” ko‘rik-tanloviga deb ko‘rsatgan holda Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Bunyodkor ko‘chasi, Adiblar xiyoboni, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi binosi manziliga yuborishlari kerak.
Yuborilgan ijodiy ishlar 2024 yilning 15 avgustiga qadar qabul qilinadi hamda tanlov hayʼati tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Tanlov g‘oliblari O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 33 yilligi bayrami arafasida diplom hamda pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.
Qo‘shimcha maʼlumot olish uchun telefon: (71) 231-83-67.

TANLOVGA MARHAMAT, AZIZ IJODKORLAR!

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi axborot xizmati
Kitobxonlik uchun 140 million so‘m!

Toshkent viloyati “Novel-writer” ijodiy markazi rahbari — O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, taniqli yozuvchi G‘afur Po‘latov boshchiligidagi jamoaning «Kitobxonlik volontyorligi — yoshlar orasida kitobxonlikni rivojlantirishning innovatsion yondashuvidir» loyihasi davlat granti 1-tanlovi natijalariga ko‘ra, Parlament komissiyasi tomonidan g‘olib deb topildi.
Bu xushxabar shu yil 13 iyunda rasman eʼlon qilindi.
Mazkur loyihani amalga oshirish uchun Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi tomonidan Markaz hisob raqamiga 140 000 000 so‘m miqdoridagi grant mablag‘i tashlab berildi.
Ushbu grant-yutuq bilan “Novel-writer” ijodiy markazi jamoasini qutlaymiz.
Millatimiz taraqqiysi uchun xayrli saʼy-harakatlari davomli bo‘lishini tilaymiz.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Toshkent viloyati bo‘limi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Studiya 24 | Mahmud Toir - Oliy Majlis Senati a`zosi, O`zbekiston xalq shoiri bilan suhbat

#21july #uzbekiston24
Yangi kitob

KECHIKKAN VASL

Shoir Yusuf Muzaffarning ushbu sheʼriy to‘plamiga "Eng so‘nggi istak", “Tavallo”, “Shukrona”, "Chakanga taq", "Mehr zori" kabi qator sheʼrlari hamda g‘azallar, muxammaslar, musaddaslar, ruboiylar, qitʼalar va tuyuqlari o‘rin olgan.
Ushbu kitob sheʼriyat ixlosmandlariga yoqishiga ishonamiz.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi axborot xizmati
JIZZAX OQSHOMLARI 

  Sharof Rashidov nomidagi viloyat axborot-kutubxonasida "Jizzax oqshomlari" she‘riyat kechasi bo‘lib o'tdi.Tadbirni Yozuvchilar uyushmasi Jizzax viloyati bo‘limi mutaxassisi Nilufar Allamuratova ochib berdi. Ijodkorlar - Abdulla Ahmad, Abdurayim Lapasov, Mirhamid Mirsaidov adabiyot va she‘riyat haqida o‘z mulohazalarini bildirdi. Shundan so‘ng, ustoz ijodkorlar va harbiylar  tomonidan  she‘rlar  o‘qildi. Yig‘ilganlarga Yozuvchilar uyushmasi tomonidan chop qilingan kitoblar sovg‘a qilindi. Sheʼriyat kechasi ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Jizzax viloyati bo‘limi
2024/09/24 23:15:53
Back to Top
HTML Embed Code: