Telegram Web Link
O‘zbekistonda bo‘lib o‘tayotgan Qirg‘iziston madaniyat kunlaridan fotolar.

Muallif – Ahmad To'ra.
O‘zbekistonda bo‘lib o‘tayotgan Qirg‘iziston madaniyat kunlaridan fotolar.

Muallif – Ahmad To'ra.
“Hurriyat” gazetasining 2024-yil 3-iyul kungi sonidan olindi.
BEDORLIK TARJIMA
“O‘zbekiston” radiokanalida Yozuvchilar uyushmasi tomonidan o‘tkazilgan Respublika tarjimonlar forumi efirga uzatildi.

Muharrirlar - Bahriddin Maxmadaliyev, Zulayho Ahmadjonova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎥 «Jadidlar. Turkistonga maktublar» multimedia ko‘rgazmasi
Bir juft sheʼr

Eshqobil Shukur

ORZU


Daholar ko‘ngliga cho‘g‘ tashlagan sir,
Osmon maktublarin mangu mavzusi.
Azal zulmatlarin kesib o‘tgan nur –
Insonni insonday ko‘rmak orzusi.

Ming yillar beri-yu, ming yillar nari,
Yulduzlar ostida, zamin ustida
O‘tdi qancha jahon payg‘ambarlari
Shu niyat dastida, shu o‘y qasdida.

Qancha tarixlarni qum bosganida,
Sellarda qolganda ellar qayg‘usi,
Nishlayverdi pirlar qabristonida –
Insonni insonday ko‘rmak orzusi.

O‘zing asra bizni, ey qodir xudo,
Pastkash zavolidan, ablax holidan.
Razil kimsalarday qilmagil judo
Insonni insonlik istiqbolidan.

Yassaviyni buyuk chillaga solgan,
Navoiy qalbining oliy tuyg‘usi.
Buxoriy boshida oyday yuksalgan –
Insonni insonday ko‘rmak orzusi.

Daholar ko‘ngliga cho‘g‘ tashlagan sir,
Osmon maktublarin mangu mavzusi.
Azal zulmatlarin kesib o‘tgan nur –
Insonni insonday ko‘rmak orzusi.

TILAK

Mening muhabbatim nimaga arzir,
Nimaga arzirdi yonib-kuyganim.
Mehr bu sunnatdir, mehr bu farzdir,
Seni Xudo suysin, mening suyganim.

Men bir kuyinchaging, tilovching, xolos,
Senga yo‘lamasin mendagi qayg‘u.
Mendan bu dunyoga bir niyat meros,
Seni Xudo suysin, obod bo‘l mangu.
2024/09/24 13:27:38
Back to Top
HTML Embed Code: