Telegram Web Link
Қува туманида Президент Шавкат Мирзиёев раислигида Фарғона вилоятини ижтимоий-иқтисодий ривожлантиришга қаратилган устувор вазифалар муҳокамаси юзасидан йиғилиш бўлиб ўтди.

В Кувинском районе под председательством Президента Шавката Мирзиёева состоялось совещание по приоритетным задачам социально-экономического развития Ферганской области.

#Mirziyoyev #safar #Fargona #yigilish

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Президент Фарғонани иқтисодий ва ижтимоий ривожлантириш бўйича устувор вазифаларни белгилаб берди

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Президент Шавкат Мирзиёев Қувасой шаҳрида "Uz-Segang" қўшма корхонасининг интенсив боғлари билан танишди. Шу билан давлатимиз раҳбари Фарғона вилоятига ташрифини якунлаб, Тошкентга қайтиб келди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с интенсивными садами совместного предприятия "Uz-Segang" в городе Кувасае. На этом глава государства завершил поездку в Ферганскую область и вернулся в Ташкент.

#Mirziyoyev #safar #Fargona #bogdorchilik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Президент Фарғонага ташрифи якунида Қувасойда ташкил этилган боғдорчилик мажмуаси билан танишди

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Президентнинг Фарғонага ташрифи: янгича фикрлаш ва ишлаш, имкониятлардан унумли фойдаланиш – халқимизни рози қилиш, иқтисодиётимиз рақобатбардошлигини ошириш гарови

Поездка Президента в Фергану: мыслить и работать по новому, эффективно использовать возможности – залог благополучия народа, повышения конкурентоспособности нашей экономики

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
YANA BIR DETEKTIV ASAR KITOBXONLAR NIGOHIDA

Book.uz kitoblar do‘konida yuridik fanlari doktori, professor, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Komil Sindarovning “Tergovchi” turkumidagi navbatdagi detektiv asari — "Hidoyat ortidagi zalolat" nomli kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
   Tadbirda olimlar, yozuvchi va shoirlar, professor-o‘qituvchilar, talabalar va adabiyot ixlosmandlari ishtirok etdi.
   Taqdimotda
bu janrda ijod qilish anchagina mehnat va mashaqqat talab qilsa-da yozuvchi ularni yengib, detektiv asar ixlosmandlariga yangi kitob tortiq qilgani haqida aytib o‘tildi.
   Tadbir so‘nggida muallif so‘zga chiqar ekan, asarni nima sababdan bunday nomlaganiga alohida urg‘u berib, insonlarni to‘g‘ri yo‘lga boshlash, ayniqsa, yoshlarni muqaddas dinimiz belgilab bergan haqiqiy hidoyat yo‘lini so‘nggi tuzoq bo‘lgan zalolatning qing‘ir yo‘llari bilan adashtirib qo‘ymasliklari uchun mayoq bo‘lsa neajab deya ta’kidladi.
   Tadbir davomida adibning asarlari haqida e’lon qilingan esselar tanlovida g‘olib bo‘lgan yoshlar qimmatbaho sovg‘a va kitoblar jamlanmasi bilan taqdirlandi.
   Bir so‘z bilan aytganda, tahlikali davrda bunday asarlar yoshlar uchun ayni muddao desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Yahyoxon Fayoz,
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi
​Bir juft sheʼr

VATANNI OʻRGANISH

B. S. ga

Men Vatanni na kitob, na
Jaridadan oʻrganganman.
Momolarning yuzidagi
Xaritadan oʻrganganman.

Bobolarning tayogʻiyu
Chorigʻini koʻrgandayman,
Men Vatanni soʻrilardan,
Soʻqmoqlardan oʻrganganman.

Kinolarmas, bul Vatanni
Minorlardan oʻrgandim men.
Oq lattalar hilpiragan
Chinorlardan oʻrgandim men.

Honaqohlar. Oftobalar.
Ketaverdim. Ketaverdim.
Har togʻida bir avliyo,
Shul hikmatga yetaverdim.

Vatan. Vatan. Vatan. Vatan.
Nadir manga durri Adan?
Seling meni sel etgusi,
Eling meni el etgusi.

Bu tepalar, qumtepalar
Ostidagi tarix qadar,
Sukunating koʻrganda men,
Sukunatni oʻrgandim men.

Oqshom yarimoying koʻrib,
Kaftlarim yuzga surtaman.
Bir jismu yuz ming ruhdaman,
Vatan. Vatan. Vatan. Vatan.

Bogʻing koʻrib men bogʻ boʻldim,
Dogʻing koʻrib oʻrtandim men
Seni Afgʻon eldan kelgan
Tobutlardan oʻrgandim men.

Pushtalarda qolib ketgan
Koʻnglim ekandirsan, Vatan.
Yolgʻiz onam, parishonhol
Singlim ekandirsan, Vatan.

Men koʻksimda qumday yongan
Yodlarga vido aytaman.
Yomgʻirlaringda ketaman,
Vatan. Vatan. Vatan. Vatan.

Qancha dardga maqbar dilim,
Maqbar koʻrsam qaqrar dilim.
Yongʻin boʻlur jon ila tan,
Vatan. Vatan. Vatan. Vatan.

Ketaverdim, Yon-verimdan
Quyoshli har tomonlari,
Nurlar sochib oʻtaverdi
Bu uylarning ayvonlari.

Har kun koʻrib, bilib, senga
Qayta-qayta yetavergʻum,
Vatan, mangu darmon Vatan,
Ayta-ayta ketavergum.



OQ ROʻMOL QIZLAR

Zavol balqib ummonimda, nahrimda,
Sharmu hayo tanqis boʻlgan davrimda,
Oq roʻmollar paydo boʻldi shahrimda,
Hayron etib koʻnikmagan koʻzlarni.

Buncha ochiq, buncha behayo dunyo,
Alar uch… toʻrt… alar hozircha tanho,
Farishtalar tashlab ketdimikan yo
Tun chogʻida tanlab toza qizlarni?

Shuncha yillar faqat ofat keldimi?
Oq roʻmollar birlan iffat keldimi?
Yurtdan ketgan ul latofat keldimi?
Ne qaltiroq, bosdi nogoh tizlarni?

Xayollarim mening gʻamdan qorardi,
Koʻksimdagi dogʻlar ildiz yorardi,
Bir muslima hayotimga qarardi,
Hijob ichra aytolmay bir soʻzlarni.

Kelgusidir, ketgusidir shamollar,
Pok boʻlsinlar bundan keyin aʼmollar,
Qanday goʻzal koʻringay oq roʻmollar
Berkitganda, ayniqsa, oq yuzlarni.

Sirojiddin Sayyid,
O‘zbekiston xalq shoiri
2024/09/23 13:22:59
Back to Top
HTML Embed Code: