Telegram Web Link
Forwarded from “Yoshlik” jurnali
#Olis_yaqin_ovozlar

***

Agar nurman, agar oftob,
Va yo yog‘du va yo mohtob,
Na bo‘lsam ham manim yakto
Madorim bo’l…

Agar gulgun, agar durkun,
Va yo so‘lg‘in va yo hurkir,
Na bo‘lsam ham, sen ey ko‘rkim,
Harorim bo‘l…

Agar qushman, agar xushman,
Va yo o’ngman va yo tushman,
Na bo‘lsam ham dilim xushlar
Qarorim bo‘l…

Agar tergar, agar sergap,
Va yo ko’ksing tilar mergan…
Na bo‘lsam ham faqat senga
Bororim bo’l…

Iroda RAHMONALIYEVA

Yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Londonda qoraqalpoq she'riyatiga bag'ishlangan ingliz tilidagi birinchi kitobning taqdimoti bo'lib o'tdi

Berdaq, Ajiniyoz va Ibroyim Yusupov kabi atoqli qoraqalpoq shoirlari qalamiga mansub tanlangan she'rlar taniqli britan shoiri Endryu Stanilend tomonidan ingliz tiliga o'girildi

Batafsil
Батафсил

Telegram Русский | English | Facebook | Twitter | YouTube
“Maqar” - yangi asar taqdimoti

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida yozuvchi Shuhrat Matkarimning “Maqar” nomli kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni yushma raisi o‘rinbosari G‘ayrat Majid olib bordi. Unda O‘zbekiston qahramoni Ibrohim G‘afurov, “Jahon adabiyoti” jurnali bosh muharriri Ahmadjon Meliboyev, filologiya fanlari doktori, professorlar - Bahodir Karim, Marhabo Qo‘chqarova, “Yoshlik” jurnali bosh muharriri Nurilla Choriyev so‘zga chiqdi.
Adib “Kun shunday boshlanadi”, “Yilon”, “Salav”, “Qum etagida Oq uy” kabi ajoyib qissalar yaratgan. “Maqar" uning galdagi tuhfasidir.
- Muallif asar g‘oyasini ochib berishda retro voqealardan foydalangan, - dedi Bahodir Karim. - Bunda yozuvchi bolalik xotiralarini eslaydi. Bir so‘z bilan bu qissani beg‘uborlik qissasi, deyish mumkin. Eng ahamiyatlisi asarda kitob mutolaasi yuqori cho‘qqida tasvirlanadi.
Asar bir qariyaing iztiroblaridangina tashkil topmagan. Aksincha, Xorazmning ekologik va maʼnaviy-axloqiy muammolarini ham ochib bergan go‘zal qissadir. Mazkur qissa “Yoshlik” jurnalining 2023-yil sonlarida chop etilgan.
- Shuhrat Matkarimning o‘ziga xos ijod uslubi bor, - dedi Marhabo Qo‘chqorova. - Asarning syujet qurilmasi va unda mehr-oqibat mavzusini ko‘tarilishi meni alohida eʼtiborimni tortdi.
Tadbirda kitobning mazmun-mohiyati va yozuvchining ijodiy mahorati xususida so‘z bordi. Muallif yig‘ilganlarga yangi asarini ulashdi.

Zulayho Ahmadjonova
Yozuvchi Shuhrat Matkarimning “Maqar” nomli kitobi taqdimotidan fotolar.

Muallif – Ahmad To'ra.
1-4 (11).pdf
11.1 MB
“Ishonch” gazetasining 2024-yil 13-iyuldagi 90-soni mutolaa uchun havola qilinadi. Unda O‘zbekiston Prezidentining Farg‘ona viloyatiga tashrifi tafsilotlari va O‘zbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyidning "Gulira'no bug‘doylari" dostonini o‘qishingiz mumkin.

Ushbu pdf fayl gazeta tahririyati tomonidan taqdim etildi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
13-07-24.pdf
1.1 MB
"Xalq so‘zi" gazetasining 2024-yil 13-iyul kungi soni mutolaa uchun havola qilinadi. Unda O‘zbekiston Prezidentining Farg‘ona viloyatiga tashrifi tafsilotlari va O‘zbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyidning "Gulira'no bug‘doylari" dostonini o‘qishingiz mumkin.

Ushbu pdf fayl gazeta tahririyati tomonidan taqdim etildi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
№-140.pdf
4.5 MB
"Yangi O‘zbekiston" gazetasining 2024-yil 13-iyul kungi soni mutolaa uchun havola qilinadi. Unda O‘zbekiston Prezidentining Farg‘ona viloyatiga tashrifi tafsilotlari va O‘zbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyidning "Gulira'no bug‘doylari" dostonini o‘qishingiz mumkin.

Ushbu pdf fayl gazeta tahririyati tomonidan taqdim etildi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Axborot 24 | Prezident Shavkat Mirziyoyevning Farg‘ona viloyatiga tashrifi tafsilotlari
#12july #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев йўловчиларга хизмат кўрсатиш учун янгидан очилган Қўқон аэропорти билан танишди

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
2024/09/23 21:26:41
Back to Top
HTML Embed Code: