Telegram Web Link
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Kun tarixi: 27-iyun kuni mashhurlardan kimlar tugʻilgan?

"Taqvim"
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Axborot 24 | 27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlar kuni

#27june #uzbekiston24
Forwarded from JADID media | rasmiy
#Matbuot_va_ommaviy_axborot_vositalari_xodimlari_kuni

“TARAQQIY”DAN “JADID”GACHA

Bahodir KARIM

⚫️Matbuot insonlarni ma’naviyat ufqlari sari parvozga chor­­la­gan jadidlik harakatining keng qulo­ch­li qanoti edi.

Batafsil: jadid-media.uz/taraqqiydan-jadidgacha/

➡️@Jadid_media⬅️
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Kun tarixi: 28-iyun kuni mashhurlardan kimlar tugʻilgan?

"Taqvim"
Zomin – xalqaro maqom anjumani mezboni

Jizzax viloyatining Zomin tumanida 27-iyun kuni II Xalqaro maqom sanʼati anjumani tantanali ravishda ochildi.

Batafsil 👉 https://yuz.uz/a/uz/102831
«Mard o‘g‘lon» davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

Batafsil 👉 https://yuz.uz/a/uz/102829
BEDORLIK SH.ISAXONOVA 1 QISM
“O‘zbekiston” radiokanalining “Bedorlik” dasturida yozuvchi Shahodat Isaxonova tavalludining 75 yilligiga bag‘ishlangan ijodiy kecha hamda tarixiy asarlari taqdimoti efirga uzatildi.

Muharrirlar: Zulayho Ahmadjonova, Bahriddin Maxmadaliyev
Ўзбек адибига Қирғизистоннинг фахрий унвони берилди

Таниқли ёзувчи, жамоат арбоби Бегижон Аҳмедов Қирғиз Республикаси Президенти Садир Жапаров фармони билан “Қирғиз Республикасида хизмат кўрсатган маданият арбоби” унвонига сазовор бўлди.


Батафсил: https://uza.uz/posts/611435

Тelegram  | Facebook | Instagram | You Tubе
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Axborot 24 | Kitobxonlar uchun maxsus «Mutolaa» mobil ilovasi

#27june #uzbekiston24
Yoshlar kuni munosabati bilan yurtimizning faol va tashabbuskor yosh avlod vakillaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni

Batafsil 👉 https://yuz.uz/a/uz/102828
TAKLIFNOMA

Bugun soat 11:00 da Yozuvchilar uyushmasida yozuvchi, munaqqid Ahmad Aʼzam tavalludining 75 yilligi hamda shoira Farog‘at Kamolova tavalludining 65 yilligiga bag‘ishlangan xotira kechasi bo‘lib o‘tadi.
Barchangizni ushbu tadbirga taklif qilamiz.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Yangi kitob

ERTAKCHI SICHQON

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi Muhabbat Yo‘ldoshevaning ushbu kitobidagi ertaklar insonlar va tabiatdagi turli jonzotlarning doimo ahil-inoq va o‘zaro uyg‘unlikda yashashlari lozimligini uqtiradi. Bilimlarni charxlovchi ertaklar bolajonlar uchun ajoyib sovg‘a bo‘ladi, deb umid qilamiz.

Muharrir: Muhabbat Yo‘ldosheva
Dizayner: Gulnoza Tojiboyeva
Nashriyot: "Best-book"

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
MA’RIFAT MUHIBLARIGA AJOYIB SOVG‘A

“Ilhom – hech qanday sabab va harakatsiz holda qalbda bo‘lgan ma’rifatdir. Ilhom ma’naviy kirlardan poklangan qalbga Alloh taolo tomonidan beriladi. Bu dunyo va oxirat go‘zalliklari bilan bog‘liq bo‘lgan bir ilmdir.
Farosat – Allohdan kelgan bir alomat bilan, ya’ni Allohning ishorasi bilan ishning aslini, mohiyatini bilmoqdir. Bu alomat Alloh bilan qul orasida bo‘lur, sirlarni yechur. Farosat Allohga yaqinlik qo‘lga kiritilgandan so‘ng bo‘lur, ilhomdan alohida bir narsadir. Ilhom bir alomatga muhtoj emas, farosat esa muhtojdir. Farosat ikki xil bo‘ladi: umumiy va xususiy”.
Yuqoridagi iqtibos Imom G‘azzoliyning ustoz Yo‘ldosh Eshbek tomonidan tarjima qilingan va “Factor Press” nashriyotida chop etilgan “Haqiqat yo‘lining asoslari” kitobidan olindi.
Kitobdagi ma’lumotlar har bir ilm-ma’rifat shaydosi, ayniqsa, ko‘ngil kuychilari sanalmish ijod ahli uchun ma’naviy malham deyish mumkin. Chunonchi, Imom G‘azzoliy ilm-ma’rifat borasida o‘ziga xos ta’rif-tavsif beradi: “Ma’rifat – Allohga yaqinlikdir. Ma’rifat qalbni chulg‘ab, shunday ta’sir etadiki, vujudning barcha a’zolariga ta’siri ko‘zga tashlanadi.
Ilm bilan ma’rifat orasidagi farqni bir misol bilan ifoda etadigan bo‘lsak: ilm – olovni ko‘rmoq. Ma’rifat – olovda isinmoqdir”.
Imom G‘azzoliy kabi yuksak tafakkur sohiblarining fikrlarini oddiy o‘quvchi hamisha ham to‘la idrok etishi, anglashi oson kechmaydi. Buning uchun zarur izoh, qo‘shimcha ma’lumotlarga ehtiyoj seziladi. Bu esa tarjimondan chuqur bilim, nozik fahm, tahlil malakasini talab etadi. Mazkur tarjimaning o‘ziga xos jihati ham shu o‘rinda namoyon bo‘lgan.
Masalan, Imom G‘azzoliy nafs, ruh, qalb, aqlga ta’rif bergan o‘rinda nuktadon tarjimon tarjima ilmidagi “sharhlab tarjima qilish” usulini qo‘llab, Hazrat Alisher Navoiyning “Hayratul abror” dostonidagi aynan shu mavzuga mos parchani keltiradi. Binobarin, ushbu tarjimani tarjima-tadqiqot deyish mumkin.
“Haqiqat yo‘lining asoslari” kitobida “Ilohiy muhabbat ma’nosi”, “Hayo, muroqaba, ehson”, “Ixlos va riyo”, “Til ofatlari”, “Tafakkur mevalari”, “G‘iybatdan ehtiyot bo‘lmoq”, “Qanoat” kabi mavzular ham o‘rin olganki, ular kamolot kasb etmoq niyatidagi har kishi uchun dasturulamaldir.
Muhtaram tarjimonimiz bundan avval Imom G‘azzoliyning “Ey farzand”, “Uylanish odobi”, “Qalb sirlari”, “Bidoyatul hidoya”, “Muborak siyrat yoxud Payg‘ambarimizning yuksak axloqlari”, “Qiyomat”, “Oxirat”, “O‘limdan so‘ng” kabi asarlarini ham tarjima qilganlar.
Mustaqilligimiz bayrami arafasida tabarruk yoshini qarshilayotgan, ma’rifatimiz xazinasini boyitishda salmoqli hissa qo‘shayotgan “Turkiston chinori” (ozarbayjonlik olim Ramiz Askar ta’rifi) Yo‘ldosh Eshbek ustozimizga mustahkam sog‘lik, yana-da barakali ijod tilab qolamiz.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
JONLI EFIR

Ayni paytda Yozuvchilar uyushmasida yozuvchi, munaqqid Ahmad Aʼzam tavalludining 75 yilligi hamda shoira Farog‘at Kamolova tavalludining 65 yilligiga bag‘ishlangan xotira kechasi bo‘lib o‘tyapti.
Quyidagi havolaga kirib tadbirni jonli efir orqali tomosha qiling.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati

👇
https://fb.watch/s_4G2BzAkp/
2024/09/24 07:17:11
Back to Top
HTML Embed Code: