Telegram Web Link
Ikki xalq do‘stligini kuylagan shoir yodi

Yozuvchilar uyushmasida “Do‘stlik” ordeni sohibi, zullisonayn shoir va tarjimon, Tojikistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist O‘lmas Jamol tavalludining 90 yilligi munosabati bilan chop etilgan "O‘zim dunyo aro dunyo" nomli saylanma kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda uyushma raisi Sirojiddin Sayyid, o‘rinbosarlar – Minhojiddin Mirzo, G‘ayrat Majid, “Vatandosh” jamoat fondi rahbari Odiljon Sattorov, Respublika Tojik milliy madaniy markazi raisi Gulandon Subhonova, “Jadid” gazetasi muharriri Shoyim Bo‘tayev va boshqalar so‘zga chiqdi.
– Shoir o‘zining butun faoliyati davomida o‘zbek va tojik xalqlarining azaliy do‘stligini baralla kuyladi, – dedi Gulandon Subhonova. – Ijodini o‘zbek va tojik xalqlari o‘rtasidagi ulkan bir maʼnaviy ko‘prik, deyish mumkin. U ikki tilda baravar ijod qildi, asarlarida qardoshlarni birdamlik, do‘stlik, ahillikka chorladi.
O‘lmas Jamol sheʼrlar yozish bilan birga jurnalistika sohasida ham barakali ijod qildi. Uzoq yillar Dushanbeda o‘zbek tilida chop etiladigan “Xalq ovozi” gazetasida faoliyat ko‘rsatdi. U Tojikistondagi o‘zbek adabiyotining ko‘zga ko‘ringan, sermahsul vakili edi. “Surur”, “Masrur”, “Manzur” va “Maʼmur”dan iborat to‘rt devon uning eng sara g‘azallarini o‘z ichiga olgan. 
Shoir vafotidan keyin uning nomini abadiylashtirish uchun Xatlon viloyatining maʼmuriy markazi – Boxtar shahri ko‘chalaridan biri O‘lmas Jamol nomiga qo‘yildi. Tadbirda adibning ijodiy faoliyatiga nazar tashlandi. O‘zbek va tojik millatining do‘stligini tarannum qiluvchi sheʼrlar o‘qildi.

Zulayho Ahmadjonova
“Do‘stlik” ordeni sohibi, zullisonayn shoir va tarjimon, Tojikistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist O‘lmas Jamol tavalludining 90 yilligi munosabati bilan chop etilgan "O‘zim dunyo aro dunyo" nomli saylanma kitobi taqdimotidan fotolar.
Muallif–Ahmad To'ra.
“Do‘stlik” ordeni sohibi, zullisonayn shoir va tarjimon, Tojikistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist O‘lmas Jamol tavalludining 90 yilligi munosabati bilan chop etilgan "O‘zim dunyo aro dunyo" nomli saylanma kitobi taqdimotidan fotolar.
Muallif–Ahmad To'ra.
TAKLIFNOMA

2024-yil 26-iyun kuni (chorshanba) soat 10:30da jurnalist, publitsist va tarjimon Anvar Jo‘raboyevning "XX asrim mening" kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tadi. Tadbirga barchani taklif etamiz.
Manzil: O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi katta tadbirlar zali. Mo‘ljal: metroning "Milliy bog‘" bekati.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Kecha O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida “Do‘stlik” ordeni sohibi, zullisonayn shoir va tarjimon, Tojikistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist O‘lmas Jamol tavalludining 90 yilligi munosabati bilan chop etilgan "O‘zim dunyo aro dunyo" nomli saylanma kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni to‘liq tomosha qiling.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati

👇
https://fb.watch/sW8J_DtRaB/
OAV VAKILLARI MUKOFOTLANDI

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni  munosabati bilan soha xodimlaridan bir guruhini mukofotlash   to‘g‘risida"gi farmoniga ko‘ra, qator kasbdoshlarimiz taqdirlandi.
   Ular mamlakatimizda so‘z va matbuot erkinligini rivojlantirish, xalqimizning axborot sohasidagi konstitutsiyaviy huquqlarini taʼminlash, davlat va jamiyat boshqaruvida ochiqlik va oshkoralik tamoyillarini mustahkamlash, demokratik islohotlarni amalga oshirish yo‘lida faollik ko‘rsatib kelayotgani, global axborot maydonida milliy manfaatlarimizni himoya qilish, yurtimizdagi yangilanish jarayonlarini yoritish, erishilayotgan yutuqlarni keng targ‘ib etishdagi katta xizmatlari, zamonaviy media tarmoqlari uchun yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash borasidagi samarali faoliyati hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtirok etishgan.
Mukofotlanganlar orasida Yozuvchilar uyushmasi aʼzolarining ham borligi quvonarlidir. Uyushma jamoasi barcha ijodkorlarni muborakbod etadi.

«Mehnat shuhrati» ordeni bilan:

Taypatov Abdijalol Gapparovich - O‘zbekiston Milliy axborot agentligining hududiy axborot tahririyati bosh muharriri.

“Do‘stlik” ordeni bilan:

Abdusamatova Mukaddas Salixovna - O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi va Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, publitsist.

II darajali «Sog‘lom avlod uchun» ordeni bilan:

Xasanova Zaxro Tulkunovna - “Gulxan” jurnali bosh muharriri.

“Shuhrat” medali bilan:

Pirnafasova Muhayyo Rustamovna - “Jadid” gazetasi adabiy muharriri;

Sulaymonov Shodmon Sultonovich - “Buxoronoma” va «Buxarskiy vestnik» gazetalari tahririyati bosh muharriri, Buxoro viloyati.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
TARJIMA XABAR
“O‘zbekiston” radiokanalining "Yaxshi kayfiyat" dasturida Respublika tarjimonlar forumi efirga uzatildi.

Muharrir: Bahriddin Maxmadaliyev
2024/09/21 20:05:32
Back to Top
HTML Embed Code: