Telegram Web Link
Jarayondan suratlar. Muallif — Ahmad To‘ra.
Taʼziya

   O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi jamoasi O‘zbekiston xalq yozuvchisi Erkin Aʼzamga onasi Ruxsatoy Aʼzamovaning vafoti munosabati bilan chuqur hamdardlik bildiradi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Pekinda “Nur borki, soya bor” kitobi taqdimoti o‘tkazildi

Yaqinda O‘zbekiston xalq yozuvchisi O‘tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” kitobi nyu-yorkliklar tomonidan sevib o‘qilayotganidan xabar topib, behad quvongan edik.
Pekinda bo‘lib o‘tgan 30-Xalqaro kitob ko‘rgazmasi doirasida sevimli adibimizning kunchiqar elda faoliyat yuritayotgan yurtdoshimiz Dildora Ismoilova tomonidan xitoy tiliga tarjima qilingan “Nur borki, soya bor” kitobi taqdimoti o‘tkazildi.
Tadbirda elchixona, Xitoy davlat matbuot muassasalari, nashriyot va bosmaxona vakillari, adabiyotshunos olimlar ishtirok etdi.
So‘zga chiqqan “Duzhe” noshirlik uyi prezidenti Van Syanmen, nashr muharriri Ma Lina va boshqalar ikki xalq o‘rtasidagi madaniy aloqalarni mustahkamlashda badiiy adabiyotlar tarjimasi muhim ahamiyat kasb etishini aytib o‘tishdi.
Tarjimon boshqa durdona asarlarimizni ham xitoy tiliga o‘girish va elchixona yordamida nashr ettirishni rejalashtirgan.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Bugunning gapi

Kitob sizni eng quyi darajadan eng yuqori darajaga olib chiqish uchun mo‘ljallangan.

Robert Grinning “Mahorat” kitobidan.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Kun tarixi: 24-iyun kuni mashhurlardan kimlar tugʻilgan?

"Taqvim"
TAKLIFNOMA

2024-yil 25-iyun kuni soat 11:00da O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida “Do‘stlik” ordeni sohibi, zullisonayn shoir va tarjimon, Tojikistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist O‘lmas Jamol tavalludining 90 yilligi munosabati bilan chop etilgan "O‘zim dunyo aro dunyo" nomli saylanma kitobi taqdimoti o‘tkaziladi.
Tadbirga barchani taklif etamiz.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
30-iyun – Yoshlar kuni

"Hurmatli Sh. Xolmirzayev!
"Sharq yulduzi"da bosilgan "To‘lqinlar" povestingizni o‘qidim. Povest yaxshi taassurot qoldirdi. Maʼmurjonni boshda tabassum bilan tasvir etasiz. Butun asar davomida qisqalikka intilasiz. Yozuvchilikda ko‘zingiz ochilib kelayotgani ko‘rinib turibdi. Nazarimda, povestning nomi to‘g‘ri emas.
Keyingi ishlaringiz baroridan kelsin!

Salom bilan: Abdulla Qahhor".

Abdulla Qahhorning "Yoshlar bilan suhbat" kitobidan.
2024/09/22 07:30:05
Back to Top
HTML Embed Code: