Telegram Web Link
JURNALNING YANGI SONI CHOP ETILDI

   “Vatan” jurnalining 2-soni nashrdan chiqdi. Unda xilma-xil mavzudagi suhbat va maqolalar eʼlon qilindi. Uni Cho‘lponning “Go‘zal Turkiston”i ochib beradi. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning kechmishlari eslanadi. “Oriyentalizm”: Sharq va G‘arb masalasiga yangicha qarash, “Millat: biz uni qanday tushunamiz yoki tushunmog‘imiz kerak?”, “Joys poetikalari”, “O‘zbek etnonimi: millatimiz nomi qanday paydo bo‘lgan?”, “Abdullaxon – Turonning so‘nggi buyuk hukmdori” va boshqa materiallar sizlarga muntazir.
   – Jurnalning o‘z nomiga munosib bo‘lishi birinchi shart, – deydi bosh muharrir Husan Ermatov. – Ijodiy jamoa buni yurakdan his qilishga intilmoqda. Shu aziz yurtni o‘z Vatanim, deya ulug‘laydigan ziyolilar, o‘qirmanlar, o‘ylaymanki, tahririyatning samimiy intilishlarini baholay biladi.
   Tahririyat faoliyatiga rivoj tilaymiz. Jurnalxonlarga yangi nashr muborak bo‘lsin, deymiz. Haqiqiy bahoni esa albatta o‘quvchi beradi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Yangi kitob

OCHIQ OSMON OSTIDA


(Shoir Muhammad Ismoil ijodi: tasnif va tavsif)

Ushbu risola tafakkuringizni zamonaviy o‘zbek sheʼriyati, nasri, jurnalistikasining hikmatsevar adibi Muhammad Ismoil ijod olamining sayriga taklif etadi. Siz o‘ziga xos poetik uslub jilolari va jozibasini kamolot yo‘lidagi kechinmalar, zahmat, quvonch, tazarru va iztiroblarni bunda o‘z hayotiy asoslari, tartiboti bilan sifatlab, baholab kuzatasiz. U g‘oyaviy-badiiy niyat, adabiy orzularning ham eng sobiti, sadoqatlisi, saodatga eltguvchisidir. Uslubida rango-rang janriy xususiyatlar tajassumi uyg‘un Muhammad Ismoil ijodi, ayni choqda, istiqlol davrida o‘zining qadim haq o‘zani – hidoyat yo‘liga tushgan va unda sobitqadam bugungi adabiyotimizning yorqin bir ko‘rinishi hamdir.

Muallif: Tohir Shеrmurod
Muharrir: Ulug‘bek Xalilov
Adadi: 1000
Nashriyot: “Ijod nashr”


O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
QOZOQBOY YO‘LDOSH 75 YOSHDA

15-iyun kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida pedagogika fanlari doktori, professor va adabiyotshunos olim Qozoqboy Yo‘ldosh tavalludining 75 yilligiga bag‘ishlangan adabiy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda universitet rektori, akademik Shuhrat Sirojiddinov, O‘zbekiston milliy axborot agentligi bosh direktori, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi Abdusaid Ko‘chimov, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari Minhojiddin Mirzo, O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Sher va boshqalar olimning badiiy adabiyotga bo‘lgan qarashlari, munosabat va xulosalari tamoman yangiligi, shakllangan ilmiy ijodiy yondashuvlar tizimiga o‘zgacha ruh olib kirgani, samimiyati, sodda ifoda yo‘sini, ayni paytda qadim anʼana va qadriyatlarimizga bo‘lgan ulkan muhabbat ila yo‘g‘rilgani bilan adabiy jamoatchilik eʼtiborini tortganligini eʼtirof etishdi.
Anjuman doirasida Qozoqboy Yo‘ldosh hayoti va ijodiga bag‘ishlangan “Kitob ko‘targan odam” hujjatli filmi namoyish etildi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Jarayondan suratlar.

Muallif – Ahmad To‘ra.
Jarayondan suratlar.

Muallif – Ahmad To‘ra.
2024/09/22 19:23:22
Back to Top
HTML Embed Code: