Telegram Web Link
SIROJIDDIN SAYYID AYTMATOV AKADEMIYASI FAXRIY AKADEMIGI BO‘LDI

   Bugun O‘zbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyidga Xalqaro Chingiz Aytmatov akademiyasining faxriy akademigi unvoni berildi. Faxriy akademiklik guvohnomasini O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida Chingiz Aytmatov nomidagi xalqaro Issiqko‘l forumi prezidentining maslahatchisi, Qirg‘iziston-O‘zbekiston do‘stlik jamiyati ijrochi direktori, adib Begijon Ahmedov topshirdi.
   Xalqaro Chingiz Aytmatov akademiyasi 1995-yilda tuzilgan. Uning maqsadi ulug‘ qirg‘iz yozuvchisi Chingiz Aytmatov ijodini tadqiq etish, shu yo‘lda mehnat qilayotgan olimlarni birlashtirishdan iborat. Bugungi kunda Qirg‘iziston Milliy fanlar akademiyasi akademigi Abdullajon Akmataliyev ushbu Akademiyaning prezidenti hisoblanadi.
   O‘z navbatida Begijon Ahmedovga O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi Sirojiddin Sayyid uyushma homiyligida chop etilgan kitoblardan sovg‘a qildi. Shoir ushbu eʼtirof uchun minnatdorligini bildirdi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Assalomu alaykum, hurmatli ijodkorlar, adabiyot shaydolari! Bachangizga Qurbon hayiti muborak bo‘lsin!

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati

* * *

Ulug‘ bayram tog‘ qilsin ko‘ksingizni,
G‘amni qo‘ying, avaylang o‘zingizni.
Tugamaydi bu ro‘zg‘or yumushlari,
Yo‘qlang, qarindoshu aziz do‘stingizni.

Ehson qiling, kattami yoki kichikmidi,
Hech kim demas, sahroga keltir ummon.
Ichingizdan boshlang bugun qurbonlikni,
Yomon odat, kin-arazni aylang qurbon.

Otabek Bakirov
Yangi O'zbekiston №-116 Lotin_240613_085126 (1).pdf
1.5 MB
"Yangi O‘zbekiston" gazetasining ushbu sonida G‘ayrat Majidning Janubiy Koreyaga qilgan safari taasurotlari bilan tanishasiz.

Maqola sarlavhasi: Oy osmonda sochaverar nur
OYINA.UZ’DAN “HAYITLIK” – 66 MILLION SOʻM VA QIMMATBAHO SOVGʻALAR!

🗓Календарь Taqvimni oching!
15-iyundan 2-sentabrgacha bo‘lgan muddatni belgilang – 80 kun!

Mana shu 80 kunni qanday o‘tkazish bo‘yicha bizda daromadli taklif bor:
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi 15-iyun sanasidan sovrin miqdori 66 mln soʻm boʻlgan (qimmatbaho sovgʻalar ham bor) “Kitoblararo 80 kun” marafoniga start bermoqda!

Marafon 4 bosqichdan iborat va har bir bosqich 20 kun davom etadi. Ishtirokchilar har bir bosqichda 2 tadan kitob o‘qishadi va yakunida onlayn sinovdan o‘tadi.

Xullas, bor-yo‘g‘i 8 ta kitobni o‘qib, katta pul mukofotlari va qimmatbaho sovg‘alar yutib olishingiz mumkin!

Ha, aytgancha, yaqinlaringiz va do‘stlaringizni ham marafonga taklif qiling!

Toʻliq ma'lumot va marafonda ishtirok etish uchun bot:
@oyinatanlovbot

Rasmiy sahifalarimiz👇
Farhod Isomiddin 80 yoshda

Farg‘ona davlat universitetida Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, mohir pedagog, ikki qardosh xalq – o‘zbek va tojik millati o‘rtasidagi adabiy aloqalarni rivojlantirishga xizmat qilayotgan fidoyi ijodkor Farhod Isomiddin tavalludiga 80 yil to‘lishi munosabati bilan yubiley tadbiri o‘tkazildi.
Kechaga viloyat hokimi o‘rinbosari Sherzod Rahimov boshchilik qildi. Tadbirni universitet rektori Bahodir Shermuhammedov ochib, ijodkorning taʼlim sohasida, xususan mazkur oliygohdagi samarali faoliyati, insoniylik fazilatlari haqida so‘zladi.
Shundan so‘ng Tojikiston Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Abdujabbor Rahmonzoda, Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi rahbari Dilshoda Ergasheva, Tojik milliy markazi rahbari Gulandom Subxonova so‘zga chiqib, Farhod Isomiddinning adabiy aloqalarni mustahkamlashdagi, yoshlarga taʼlim-tarbiya berishdagi xizmatlarini eʼtirof etdi.
Unda Hindiston, Tojikiston hamda qo‘shni viloyatlardan kelgan olim, shoir, adabiyot muhiblari va adibning qadrdonlari ishtirok etdi. Tabarruk yoshdagi olim ijodkorning g‘ayrati va fidokorligi qalblarda havas va ehtirom tuyg‘ularini uyg‘otdi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Farg‘ona viloyati bo‘limi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Zuhra Begimning ijodiy faoliyatiga bag‘ishlangan "Maxsus reportaj".
GULBAXOR JUMAEVA SHAXODAT ISAXONOVA XABAR
“O‘zbekiston” radiokanalining "Yaxshi kayfiyat" dasturida yozuvchi Shaxodat Isoxonova tavalludining 75 yilligiga bag‘ishlangan ijodiy kecha efirga uzatildi.

Muharrir: Bahriddin Maxmadaliyev
2024/09/22 23:21:56
Back to Top
HTML Embed Code: