Telegram Web Link
Zomin — 2024

MUNOSIBLAR SARALANMOQDA

Navoiy shahrida respublika yosh ijodkorlari an’anaviy Zomin seminarining Buxoro hamda Navoiy viloyatlari yosh ijodkorlari ishtirokida hududiy saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Dastlab ikki viloyat ijodkorlari poytaxtlik taniqli adiblar hamrohligida Alisher Navoiy nomi bilan yuritiladigan istirohat bog‘ida o‘rnatilgan buyuk shoir haykali poyiga gulchambar qo‘yishdi.
Shundan so‘ng “Ilm-ma'rifat” bog‘ida adabiyotning she’riyat, nasr, badiiy publitsistika, badiiy tarjima, bolalar adabiyoti, dramaturgiya hamda adabiy tanqid yo‘nalishlari bo‘yicha ijod qilib kelayotgan har ikki viloyat yosh ijodkorlari sho‘balarda o‘z imkoniyatlarini namoyon etishdi.  
Zebo Mirzo, Ma’mura Zohidova, Ma’ruf Yo‘ldoshev kabi ustoz ijodkorlar yoshlarga mahorat saboqlari berib, ularning ijodiy ishlarini saralashdi.
Yakunda barcha ishtirokchilarga uyushmaning sertifikat hamda sovg‘alari topshirildi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi
Navoiy viloyati bo‘limi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Tahlilnoma | O‘zbekiston – Turkiya: tarixiy yangiliklarga boy oliy darajadagi muloqotlar. Prezidentlar nimalardan mamnun bo‘ldi?

Bu haqda O‘zbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyidning munosabati efirga uzatildi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Kun tarixi: 10-iyun kuni mashhurlardan kimlar tugʻilgan?

"Taqvim"
Quvkallada adabiyot bayrami

Qo‘shrabot tumanining o‘ziga xos tabiati, shunga mos tanti odamlari bilan maʼlumu mashhur bo‘lgan Quvkalla qishlog‘idan chiqqan jaydari, samimiyligi bilan barchani birdek o‘ziga jalb qila olgan va eng muhimi, to‘g‘riso‘zligi, qatʼiyati bilan yaqinlar, do‘stlari qalbida mangu muhrlangan Sobir O‘nar xotirasiga bag‘ishlangan adabiy kecha o‘tkazildi.

👉Davomi...
Forwarded from JADID media | rasmiy
❤️‍🔥 “Jadid” gazetasining 2024-yil 7-iyundagi 24-soni bilan tanishing:

📱 Onlayn oʻqish
📥 Yuklab olish

⚫️Oqil SALIMOV:
“Sizga berilgan imkonni asrang!”;
⚫️Shodmon SULAYMON:
“Ma'naviyat tantanasi, adolat g‘alabasi”;
⚫️Gavhar ZOKIROVA:
“Avloniyning evarasi”
🔹 Gulchehra UMAROVA suhbatlashdi;
⚫️Ibodullo HOTAMOV:
“Inson qadrini yuksaltirish yo‘lidagi izlanishlar”;
⚫️Bahodir KARIM:
“Tarjima – dillar payvandi”;
⚫️Erkin VOHIDOV:
“Ko‘ngilchanlik”;
⚫️Miraziz A'ZAM:
“Mirtemirni tushunish”;
⚫️Qozoqboy YO‘LDOSH:
“Chechan shoir”;
⚫️Hulkar TURDIYEVA:
“Kiprigi bilan ilm qazigan olim”;
⚫️Muhayyo PIRNAFASOVA:
“So‘nggi qo‘ng‘irog‘i chalinmagan maktab”
⚫️Sultonmurod OLIM:
“Soniyalar so‘rog‘i”;
⚫️Mulla XUNOB:
“O‘ksuk ko‘ngil”
⚫️Muhammad IKROM sahifasidan:
“Bozorlar nega huvullab qoldi?”;
⚫️Abduvohid HAYIT:
“Tog‘a”.

Кирилл алифбосида:
👉 @Jadidmedia_rasmiy

➡️@Jadid_media⬅️
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
TAʼZIYA

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi jamoasi uyushma aʼzosi Munojot Nurmatovaga ukasi Abdunabi Ergashevning vafoti munosabati bilan chuqur hamdardlik bildiradi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Axborot 24 | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Badiiy tarjima sohasida Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofotni ta`sis etish to`g`risida»gi qaroriga sharh
TAKLIFNOMA

11-iyun kuni soat 10:30da Yozuvchilar uyushmasida O‘zbekistonda Ozarboyjon madaniyat kunlari doirasida, Muhammad Fuzuliy tavalludining 530 yilligi munosabati bilan "Fuzuliy va Navoiy ijodining mushtarak jihatlari" mavzusida adabiy-maʼrifiy tadbir o‘tkaziladi. Kechaga barchani taklif etamiz.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
2024/09/22 21:26:24
Back to Top
HTML Embed Code: