Telegram Web Link
Ta'ziya

O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi jamoasi uyushma a'zosi, filologiya fanlari nomzodi To'lqin Eshbekka umr yo‘ldoshi Dilbar Haydar qizi vafoti munosabati bilan chuqur hamdardlik bildiradi.

   Janoza 2024-yil 9-iyun kuni bomdodda yangi Toshkent tibbiyot akademiyasi ortidagi Chimir ota masjidida o'qiladi. Marhuma coat 3.20 da Olmazor tumani Xislat mahallasi, ToshDU-ToshPI ko'chasi, 11-uy 21-xonadondan chiqariladi.

O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Forwarded from Usmonov55
Zomin — 2024

MUNOSIBLAR SARALANMOQDA

Navoiy shahrida respublika yosh ijodkorlari an’anaviy Zomin seminarining Buxoro hamda Navoiy viloyatlari yosh ijodkorlari ishtirokida hududiy saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Dastlab ikki viloyat ijodkorlari poytaxtlik taniqli adiblar hamrohligida Alisher Navoiy nomi bilan yuritiladigan istirohat bog‘ida o‘rnatilgan buyuk shoir haykali poyiga gulchambar qo‘yishdi.
Shundan so‘ng “Ilm-ma'rifat” bog‘ida adabiyotning she’riyat, nasr, badiiy publitsistika, badiiy tarjima, bolalar adabiyoti, dramaturgiya hamda adabiy tanqid yo‘nalishlari bo‘yicha ijod qilib kelayotgan har ikki viloyat yosh ijodkorlari sho‘balarda o‘z imkoniyatlarini namoyon etishdi.  
Zebo Mirzo, Ma’mura Zohidova, Ma’ruf Yo‘ldoshev kabi ustoz ijodkorlar yoshlarga mahorat saboqlari berib, ularning ijodiy ishlarini saralashdi.
Yakunda barcha ishtirokchilarga uyushmaning sertifikat hamda sovg‘alari topshirildi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi
Navoiy viloyati bo‘limi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Tahlilnoma | O‘zbekiston – Turkiya: tarixiy yangiliklarga boy oliy darajadagi muloqotlar. Prezidentlar nimalardan mamnun bo‘ldi?

Bu haqda O‘zbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyidning munosabati efirga uzatildi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Kun tarixi: 10-iyun kuni mashhurlardan kimlar tugʻilgan?

"Taqvim"
Quvkallada adabiyot bayrami

Qo‘shrabot tumanining o‘ziga xos tabiati, shunga mos tanti odamlari bilan maʼlumu mashhur bo‘lgan Quvkalla qishlog‘idan chiqqan jaydari, samimiyligi bilan barchani birdek o‘ziga jalb qila olgan va eng muhimi, to‘g‘riso‘zligi, qatʼiyati bilan yaqinlar, do‘stlari qalbida mangu muhrlangan Sobir O‘nar xotirasiga bag‘ishlangan adabiy kecha o‘tkazildi.

👉Davomi...
2024/09/21 09:40:17
Back to Top
HTML Embed Code: