Telegram Web Link
Oliy martabali mehmonlar Turkiya xalq amaliy sanʼati va taomlari ko‘rgazmasi bilan tanishdilar

Anqaraga tashrif doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va rafiqasi Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an va rafiqasi hamrohligida Turkiya xalq amaliy sanʼati va taomlari ko‘rgazmasiga tashrif buyurdilar.

Batafsil 👉 https://yuz.uz/a/uz/101686
Turkiyaga rasmiy tashrif yakunlandi

Anqara shahridagi samarali O‘zbekiston-Turkiya sammiti yakunlandi.

Batafsil 👉 https://yuz.uz/a/uz/101687
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Kun tarixi: 7-iyun kuni mashhurlardan kimlar tugʻilgan?

"Taqvim"
Jizzax yoshlari Adiblar xiyobonida

Bugun Adiblar xiyobonida Jizzax politexnika  instituti tomonidan  adabiy-ma‘rifiy tadbir o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a‘zolari, pedagoglar, iqtidorli talabalar ishtirok etdi.
Kechada Yozuvchilar uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari Minhojiddin Mirzo, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Asror Mo‘min, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsаtgan madaniyat xodimi Bobur Bobomurod, Qoraqalpog‘iston xalq shoiri Rustam Musurmon, shoir Shodi Otamurod so‘zga chiqdi.
- Adiblar xiyoboni - maʼnaviyat, maʼrifat o‘chog‘idir. Unda minglab yoshlar adabiyot maydonida birlashadilar, - dedi Bobur Bobomurod. - Bugungi tadbirda Jizzax yoshlari o‘zlarining iqtidorini, sheʼriyatni, sanʼatni sevishlarini badiiy chiqishlarida namoyish etdilar. Ulug‘ ijodkorlarimizni maʼnaviy meroslarini chuqur o‘rganishlari albatta tahsinga loyiqdir.
-Yoshlarimizni o‘zbek adiblari bilan keng tanishtirishni maqsad qilganmiz, - dedi institut kafedra mudiri Xanifa Hamdamova. - Oliygohimizda Hamid Olimjon va Zulfiyaxonim ijodiga bag‘ishlangan adabiy kechalar, kitobxonlikka chorlovchi uchrashuvlar keng o‘tkazib kelinmoqda. Bu esa o‘qib-izlanayotgan talabalarimizni maʼnaviy bilimlarini boyitishda ahamiyatlidir.
Tadbirda talabar Hamid Olimjon, Zulfiya Isroilova, Sharof Rashidov, Sirojiddin Sayyidning Vatan, yoshlik, do‘stlikni madh etuvchi she‘rlaridan o‘qidi. Kuy-qo‘shiqlar tinglandi.

Muslima Qurbonova,
talaba
Yangi kitob

BOLAJON BOBO HIKOYATLARI

Bolajon, tug‘ma murabbiy Aziz Yoqubov butun borlig‘i bilan ijodkor inson. U kishida kimdandir nusxa olish, kimgadir taqlid qilish alomatlari yo‘q. Hammasi o‘zining shaxsiy yondashuvi, qalb tug‘yonlarining ifodasi. Ushbu to‘plamdan joy olgan nasriy bitiklar ham soddaligi, ravonligi, hayotiyligi, jajji o‘quvchilarga mosligi bilan ajralib turadi. Ularda bolajonlar dunyosi, ularning nozik ko‘ngil kechinmalari, yorug‘ orzulari, intilishlari rangin bo‘yoqlarda aks ettiriladi. To‘plam muhtaram kitobxonlarda xush taassurot uyg‘otishiga ishonib qolamiz.

Homiy - O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi
Nashriyot - “Adabiyot”


O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Adib tavalludining 60 yilligi

"Sobir O‘narni tanimoq — o‘zingizni tanimoq"

   Kecha Qo‘shrabot tumani markazidan o‘ttiz chaqirim olisda joylashgan, so‘lim tabiati bilan tanilgan Quvkalla qishlog‘ida odamlar doimgidan ko‘p bo‘ldi. Yig‘ilganlar O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, “Do‘stlik” ordeni sohibi, yozuvchi Sobir O‘nar tavalludining 60 yilligiga bag‘ishlangan xotira kechasini o‘tkazishdi.
   Unda Qo‘shrabot tumani hokimi Dilshod Shakarboyev, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi o‘rinbosari G‘ayrat Majid, pedagogika fanlari doktori, professor Qozoqboy Yo‘ldosh, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Abduqayum Yo‘ldosh, Yozuvchilar uyushmasi a'zolari Ochil Tohir, Nabi Jaloliddin, Abdulla Ayizov, Muhiddin Abdusamad, "Yoshlik" jurnali bosh muharriri Nurilla Chori, yozuvchi Anvar Suyun, tarjimon Murodxon Ergashev, noshir Akbarali Mamaaoliyev hamda adibning sinfdoshlari, kursdoshlari, yaqinlari, Quvkalla qishlog‘i ahli qatnashdi.
   Tadbirni Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoir Farmon Toshev olib bordi. Kechada Dilshod Shakarboyev, Gʻayrat Majid, Qozoqboy Yoʻldoshev, Abduqayum Yo‘ldosh, Nabi Jaloliddin, Nurilla Chori va boshqa taniqli yozuvchi va shoirlar so‘zladi.
   — Xudoyim yaratgan tabiatning behad go‘zalligidan lolman, — dedi Qozoqboy Yo‘ldosh Quvkalla qishlog‘i manzaralaridan hayratlanib. — Sobirday devkor yigitning bu qadar nazokatli bo‘lishining sababini anglagandayman. Suvlar bo‘yida, mana shunday yashillik qo‘ynida katta bo‘lgan odamning qo‘pol bo‘lishi qiyin. U sizning, bizning, o‘zbekning ko‘ngliga go‘zal ezgulikni olib kelgan odam edi. Sobirni tanimoq o‘zingizni tanimoq, o‘zingizni tanimoq Xudoni tanimoq bo‘ladi.
   So‘zga chiqqanlar adib asarlar mazmuni, ulardagi qahramonlarning hayotiyligi, Sobir O‘narning insoniy fazilatlari haqida gapirdi.
   Xotira kechasi doirasida Sobir O‘narning "Tanlangan asarlar"i va  "Sobir O‘nar zamondoshlari xotirasida" kitoblari taqdimoti ham o‘tkazildi.
   Mehmonlarga Qo‘shrabot tumani hokimligi va O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining esdalik sovg‘alari, kitoblari topshirildi.
   Tadbir doirasida oʻquvchi yoshlar oʻrtasida "Sobir Oʻnar asarlari bilimdoni" intellektual oʻyini, milliy qadriyatlar va hunarmandchilik koʻrgazmalari namoyish etildi. G‘oliblarga diplom va sovg‘alar berildi.
   Shundan so‘ng mehmonlar Sobir O‘nar o‘qigan 70-maktabda bo‘lib, u yerda adib xotirasiga o‘rnatildan lavha va o‘quv maskanida o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.
   Kechada Sobir O‘nar hayoti va ijodiga bag‘ishlangan bu kabi tadbirlar, tanlovlar o‘tkazish taklifi bildirildi. Bu xayrli taklif Quvkalla ahli va Qo‘shrabot tumani hokimligi tomonidan maqullandi.

Fozil Farhod
2024/09/21 14:49:19
Back to Top
HTML Embed Code: