Telegram Web Link
Pushkin tavalludiga 225 yil to‘ldi

Bugun poytaxtimizdagi Aleksandr Sergeyevich Pushkin xaykali joylashgan maydonda shoir tavalludining 225 yilligiga bag‘ishlangan adabiy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Unda Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Rossiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi jamoalari hamda taniqli ijodkorlar, adabiyotshunoslar, keng jamoatchilik vakillari qatnashdi.
Uni Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi raisi Rustambek Qurbonov olib bordi. Tadbirda qutlash uchun O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi Sirojiddin Sayyid, O‘zbekistondagi Rus madaniyat markazi raisi Sergey Mironov, O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Sher va boshqalar so‘zga chiqdi. Shoir va tarjimonlar — Nikolay Ilin, Mirzo Kenjabek Pushkin sheʼrlari va ularning tarjimalarini o‘qib berdi. Shudan so‘ng yig‘ilganlar shoir haykali poyiga gullar qo‘ydi.
– Pushkin daholardan biri. Shoir sheʼriyatida katta yurak bor, — dedi O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Sher. – Daho sifatida uning misralari o‘ziga xos taʼsir kuchiga ega. Ijodida erkinlik, halollik, mehr-shavqat, matonat, sadoqat mavzulari asosiy o‘rinni egallaydi. U bizga, qalam ahliga ustozdir.
   Boshqa qardosh adabiyotlar qatori XX asr o‘zbek adabiyotining taraqqiyotida Pushkin ijodining taʼsiri sezilarlidir. Uning ko‘plab asarlari o‘zbek tiliga tarjima qilingan. Xususan, Cho‘lpon “Boris Godunov”, “Dubrovskiy”, “Kavkaz asiri”, Usmon Nosir “Yevgeniy Onegin”, Oybek “Bog‘chasaroy fontani”, Abdulla Qahhor “Kapitan qizi” kabi asarlarini, shoirlar — Miraziz Aʼzam, Matnazar Abdulhakim, Abdulla Oripov, Muhammad Ali,  Saʼdulla Hakim, Sirojiddin Sayyid, Minhojiddin Mirzo, Humoyun Akbarov sheʼrlarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan.
Tadbir Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasida davom etdi. Unda O‘zbekistondagi Rus madaniyat markazi tomonidan tayyorlangan adabiy-musiqali dastur namoyish etildi.

Zulayho Ahmadjonova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"YANGILIKLAR" Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Qashqadaryo viloyat boʻlimida “Zomin” seminarining hududiy saralash bosqichi oʻtkazildi

#6june #qashqadaryo_trk
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#anons #zamondosh

"Zamondosh" mehmoni sizni befarq qoldirmasligi aniq. O'zbeksitonda xizmat ko'rsatgan madaniyat xodimi, yozuvchi Abduqayum Yo'ldoshev bilan dildan suhbat.
"Madaniyat va ma’rifat" telekanalida tomosha qiling.

📺 "Zamondosh"
🗓 9-iyun
  18:00
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
A.S.Pushkinning 225 yilligiga bag’ishlangan tadbir тafsilotlari “Bugun” informatsion dasturida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Turkiya Respublikasining oliy davlat mukofoti bilan taqdirlandi

Anqara shahriga tashrif doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni «Turkiya Respublikasi nishoni» bilan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil 👉 https://yuz.uz/a/uz/101684
Oliy martabali mehmonlar Turkiya xalq amaliy sanʼati va taomlari ko‘rgazmasi bilan tanishdilar

Anqaraga tashrif doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va rafiqasi Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an va rafiqasi hamrohligida Turkiya xalq amaliy sanʼati va taomlari ko‘rgazmasiga tashrif buyurdilar.

Batafsil 👉 https://yuz.uz/a/uz/101686
Turkiyaga rasmiy tashrif yakunlandi

Anqara shahridagi samarali O‘zbekiston-Turkiya sammiti yakunlandi.

Batafsil 👉 https://yuz.uz/a/uz/101687
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Kun tarixi: 7-iyun kuni mashhurlardan kimlar tugʻilgan?

"Taqvim"
Jizzax yoshlari Adiblar xiyobonida

Bugun Adiblar xiyobonida Jizzax politexnika  instituti tomonidan  adabiy-ma‘rifiy tadbir o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a‘zolari, pedagoglar, iqtidorli talabalar ishtirok etdi.
Kechada Yozuvchilar uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari Minhojiddin Mirzo, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Asror Mo‘min, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsаtgan madaniyat xodimi Bobur Bobomurod, Qoraqalpog‘iston xalq shoiri Rustam Musurmon, shoir Shodi Otamurod so‘zga chiqdi.
- Adiblar xiyoboni - maʼnaviyat, maʼrifat o‘chog‘idir. Unda minglab yoshlar adabiyot maydonida birlashadilar, - dedi Bobur Bobomurod. - Bugungi tadbirda Jizzax yoshlari o‘zlarining iqtidorini, sheʼriyatni, sanʼatni sevishlarini badiiy chiqishlarida namoyish etdilar. Ulug‘ ijodkorlarimizni maʼnaviy meroslarini chuqur o‘rganishlari albatta tahsinga loyiqdir.
-Yoshlarimizni o‘zbek adiblari bilan keng tanishtirishni maqsad qilganmiz, - dedi institut kafedra mudiri Xanifa Hamdamova. - Oliygohimizda Hamid Olimjon va Zulfiyaxonim ijodiga bag‘ishlangan adabiy kechalar, kitobxonlikka chorlovchi uchrashuvlar keng o‘tkazib kelinmoqda. Bu esa o‘qib-izlanayotgan talabalarimizni maʼnaviy bilimlarini boyitishda ahamiyatlidir.
Tadbirda talabar Hamid Olimjon, Zulfiya Isroilova, Sharof Rashidov, Sirojiddin Sayyidning Vatan, yoshlik, do‘stlikni madh etuvchi she‘rlaridan o‘qidi. Kuy-qo‘shiqlar tinglandi.

Muslima Qurbonova,
talaba
2024/09/22 07:49:23
Back to Top
HTML Embed Code: