Telegram Web Link
MUZEYGA SAYOHAT

29-may kuni Yozuvchilar uyushmasi qoshidagi "Onajonim — sheʼriyat" toʻgaragi aʼzolari Yozuvchilar uyushmasi tarixi muzeyiga sayohat qildi. Bu yerda yosh ijodkorlarga muzey mutaxassisi Munira Ramazonova oʻzbek adabiyotining yirik namoyandalari hayoti va ijodidan oʻrin olgan suratlar hamda mualliflarning sara asarlari haqida soʻzladi.
Ularning Ilk sayohati maroqli oʻtdi, degan umiddamiz. Toʻgarak aʼzolari bilan birga adiblarning uy muzeylariga ham sayohatlarni rejalashtirdik.

Niyatullo Elbek o‘g‘li,
to‘garak rahbari
“1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” munosabati bilan “Bor mehrimiz senga, bolajon!” shiori ostida oʻtkazilayotgan begʻaraz donorlik aksiyasiga barcha koʻngillilarni taklif etamiz!

Aziz yurtdoshlar, bemor bolajonlar hayotini asrab qolishga oʻz hissangizni qoʻshing!

Donorlik har qanday inson qilishi mumkin boʻlgan oddiy, lekin oliy qahramonlikdir. Sizning bir necha daqiqa vaqtingiz va bir necha tomchi qon bemor bolajonlarni tezroq sogʻayishida koʻmak boʻlishi mumkin.

7-yildan buyon Adolat partiyasi tashabbusi bilan oʻtkazilib kelinayotgan “Bor mehrimiz senga, bolajon!” begʻaraz donorlik xayriya aksiyalarida bugungi kungacha 24 753 nafar fuqarolarimiz koʻngilli donor sifatida ishtirok etdi, natijada 8 663 litr hayot tomchilari yigʻilib, 42 612 nafar bolajonlarning salomatligini tiklash va hayotini saqlab qolish uchun ishlatildi.

Qon donorligi aksiyasiga qoʻshilish orqali hayotingizdagi eng ulugʻvor ishni amalga oshiring!

🔴 Qon donorligi sizning sogʻligʻingiz uchun ham foydali — bu qonni yangilashga va doimo tetik boʻlishingizga yordam beradi.

Kimlar qon donor boʻlishi mumkin?

18 yoshdan 60 yoshgacha boʻlgan sogʻlom odamlar.

Ogʻirligi 50 kg dan oshiq boʻlganlar.

Kamida oxirgi 6 oy davomida jiddiy kasallik va jarrohlik amaliyotlarini boshdan kechirmaganlar.

Donorlik uchun qanday tayyorgarlik koʻrish kerak?

💧 Aksiya oldidan yetarlicha suv iching va yengil ovqatlaning.

💤 Aksiya kuni yaxshi dam oling.

Qolaversa aksiyada ishtirok etish siz uchun:

Professional tibbiy koʻrik.

Qon donorligi jarayoni boʻyicha batafsil tushuntirish.

Partiyamizning esda qolarlik sovgʻalari…

Sizning ishtirokingiz biz uchun muhim! Safimizga qoʻshiling va birgalikda yanada koʻproq bolajonlarga yordam beraylik!

Aksiya 31-may kuni soat 9:00 dan – 16:00 gacha Respublika qon quyish markazida hamda uning barcha hududiy boʻlimlarida oʻtkaziladi.

🔖 Qoʻshimcha maʼlumotlar:

🌏 Adolat.uz

📞+99890 353-84-25
📞+99899 640-24-24
NASAF OQSHOMLARI

   Qarshi shahridagi Sayido Nasafiy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida Yozuvchilar uyushmasi hamda Respublika Maʼnaviyat va Maʼrifat markazi viloyat bo‘limlari hamkorligida “Nasaf oqshomlari” mushoira kechasi tashkil etildi.
   Unda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi o‘rinbosari G‘ayrat Majid, uyushma a'zolari Nurali Qobul, Bobur Bobomurod, Farog‘at Xudoyqulova hamda yosh ijodkorlar Masihulloh Madaminov, Saidjalol Saidmurodovlar ishtirok etdi.
   Tadbirni Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi rahbari G‘ulom Abdiyev olib bordi.
   Mushoira kechasida ijodkorlar kitobxonlarni qiziqtirgan ko‘plab savollarga javob berdi va o‘z ijodlaridan namunalar o‘qidi.
   Shuningdek, tadbirda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzolari Nilufar Umarova, Qurbon Qarliqiy, Davron Sulton yosh shoirlar Bahodir Jovliyev, Bibigul Adiyeva, Ruxsora Luqmonova, Shahina Usmonova, Hulkar Sattorovalar ham o‘zlarining  sheʼrlaridan o‘qib berdi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi
Qashqadaryo viloyati bo‘limi
ADABIYOT BILAN HAMNAFAS TALABALAR HUZURIDA

Buxoro davlat universitetining filologiya fakultetida tashkil etilgan bu galgi adabiy-ma’rifiy tadbir O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining ijodiy ishlar bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Minhojiddin Mirzo ishtirokida kechdi.
Ustoz ijodkor dastlab fakultetda yaratilgan sharoitlar, faoliyat olib borayotgan pedagoglar va talabalarning ijodiy, ilmiy izlanishlarini aks ettiruvchi ko‘rgazma bilan tanishdi.
Tadbirni uyushmaning viloyat bo‘limi rahbari Shodmon Sulaymon olib bordi.
Mehmon tadbir ishtirokchilariga O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan yangi chop etilgan kitoblarni tanishtirdi, adabiyot, kitobning inson kamolotidagi roli xususida to‘xtalib o‘tdi.
So‘ng fakultet professor-o‘qituvchilarining fikrlari hamda talabalarning she’rlari tinglandi, ijodkor yoshlarga saboqlar berildi.
Yakunda universitet, fakultet rahbariyati, professor-o‘qituvchi, talabalariga badiiy kitoblar ulashildi, muassasa kutubxonasi boyitildi.
2024/09/22 13:24:07
Back to Top
HTML Embed Code: