Telegram Web Link
YOSH VATANPARVARLAR HUZURIDA

“Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida Jamoat xavfsizligi universitetiga tashrif buyurgan taniqli adiblarimiz – Nazar Eshonqulov, Norqobil Jalilov va Abdumajid Azimov universitet harbiy orkestri tomonidan tantanali kutib olindi.
Tadbir Milliy gvardiya qoshidagi harbiy musiqiy akademik litseyi o‘quvchilarining, Jamoat xavfsizligi universiteti kursantlarining chiqishi bilan davom etdi.
Mehmonlar hukumat tomonidan yaratib berilgan sharoitlar bilan tanishdi.
Shundan so‘ng adiblar “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida barpo etilgan “Ma’rifat bog‘i”da bo‘lib, ko‘chatlar ekishdi.
Temurbeklar maktabi o‘quvchilari, universitet kursant va talabalari ishtirokida ijodiy uchrashuv ham o‘tkazildi. Ochiq muloqot tarzida kechgan tadbirda talaba va kursantlar tomonidan berilgan savollarga ijodkorlar javob berdi.
Yakunda mehmon ijodkorlarga universitetning esdalik sovg‘alari ulashildi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
DO‘STLAR DIYDORI

   Davlatimiz rahbarining qo‘shni Tojikiston Respublikasiga tashrifi davomida ikki davlat o‘rtasida tuzilgan ittifoqchilik shartnomasi o‘zining amaliy natijalarini bera boshladi. Buning isboti sifatida 22-may kuni bir guruh o‘zbekistonlik ziyolilarning O‘zbekistonning Tojikistondagi elchixonasida o‘tkazilgan keng qamrovli tadbirlarda namoyon bo‘ldi. Mazkur tadbirlar “Vatandoshlar” jamoat fondi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamda “Zakovat” intellektual o‘yini tashkilotchilari bilan hamkorlikda o‘tkazildi.
   Yaqindagina ochilib ishga tushirilgan muhtasham elchixonamiz binosida tashkil etilgan “Zakovat” intellektual o‘yinida faol qatnashgan olti jamoa orasidan Tojikistonda o‘zbek tilida nashr etilayotgan "Xalq ovozi" gazetasining yosh xodimlari g‘olib bo‘ldi. G‘olib jamoaning har bir aʼzosiga noutbuklar tuhfa etildi.
   — Biz bu o‘yinni "O‘zbekiston" televideniyesi orqali ko‘rib, unda qatnashishni orzu qilib kelardik, — deydi g‘olib jamoa sardori Zuhriddin Umarov. — Mana endi nafaqat qatnashish, balki g‘alaba qozonishga ham muyassar bo‘ldik.
   O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston va Tojikiston xalq artisti Munojat Yo‘lchiyeva hayoti va ijodiga bag‘ishlangan Mamlakat Ulashevaning “Munojat” deb nomlangan kitobi taqdimoti esa o‘zbek va tojik ziyolilari ishtirokida davraga yana-da ko‘rk baxsh etdi.
   — Bu kitobning taqdimoti ham bo‘lib o‘tdi. Mazkur kitobning birinchi taqdimoti bu yerda o‘tkazilishi men uchun hayajonli kechdi, — deydi Munojat Yo‘lchiyeva. — Chunki keyingi yillarda yurtimizda yuksak eʼtibor qaratilayotgan Maqom sanʼati do‘stu qadrdon har ikki xalq uchun ham qadrlidir. Kitob taqdimotiga tojikistonlik Maqom ustalari, ijodkor ziyolilari kelishgani esa men uchun ham, shogirdim Mamlakatxon uchun ham quvonarli bo‘ldi.
   Ishtirokchilar uchun Munojat Yo‘lchiyeva, Og‘abek Sobirov, Mardon Mavlonov tomonidan o‘zbek va tojik tillarida kuylangan qo‘shiqlar davraga o‘zgacha shukuh bag‘ishladi.
   Tadbir yakunida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan elchixona muzeyi va Dushanbe shahridagi 103-sonli o‘zbek maktabi uchun kitoblar va esdalik sovg‘alarini uyushma raisi o‘rinbosari G‘ayrat Majid tuhfa etgan bo‘lsa, “Vatandoshlar” jamoat fondi raisi Odiljon Sattorov ham fond nomidan sovg‘alar topshirib, ezgu tilaklarini bildirdi.
   O‘zbekiston Respublikasining Tojikistondagi favqulodda va muxtor elchisi Ergash Shoismatov yig‘ilganlarga minnatdorlik bildirib, bu tadbirlarning davomida Tojikistonning turli joylarida nishonlanayotgan, Tojikistonda yashab o‘zbek tilida ijod qilgan taniqli g‘azalnavis shoir, do‘stlik kuychisi O‘lmas Jamol tavalludining 90 yilligi tantanalariga ulanib ketishida ramziy maʼno borligini bildirib o‘tdi. Zero, shoirning o‘zi yozganidek:
   Ikki tilda so‘zlaguvchi bir elim yobad kamol,
   Xizmatashro az dilu jon mekunad O‘lmas Jamol.


Mansur Jumayev

Toshkent—Dushanbe—Xatlon—Soʻgʻd—Toshkent, 22—24-may
#yoshlar_davrasida

"Yoshlik" uchrashuvlari

Gʻallaorol tumani “Samarqand” mahalla fuqarolar yigʻinida “Yoshlik” jurnali tahririyati tashabbusi bilan adabiy-maʼrifiy kecha oʻtkazildi.
Kechada mazkur mahallada istiqomat qilayotgan kitobxon yoshlar qatnashdi. Uchrashuvda “Yoshlik” jurnali bosh muharriri va Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzolari mamlakatimizda yoshlarga qaratilgan yuksak eʼtibor, ularga yaratilayotgan imkoniyatlar haqidagi fikr-mulohazalari bilan oʻrtoqlashdi.

👉davomi...
2024/09/23 09:18:55
Back to Top
HTML Embed Code: