Telegram Web Link
Taklifnoma

1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan 24-may kuni soat 11:00 da O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi va “Turon” axborot-kutubxona markazi hamkorligida uyushma aʼzosi, bolalar shoiri Saodat Tojining xotira kechasi hamda "Bolalarni kuylamoq - baxtim" nomli kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tadi.
Barcha muxlislarni ushbu tadbirga taklif qilamiz.

Manzil: “Turon” axborot-kutubxona markazi
Shayxontohur tumani, Zarqaynar ko‘chasi, 6-uy


O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Forwarded from Jurnalistlar.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Инсон билганини бошқалар билан баҳам кўриши керак

Ўзбекистон Миллий ахборот агентлиги ҳамда Республика Маънавият ва маърифат маркази ҳамкорлигидаги “Устоз” лойиҳасининг бу галги меҳмони “Жаҳон адабиёти” журнали бош муҳаррири Аҳмаджон Мелибоев устознинг инсон ҳаётидаги ўрни, устоз-шогирд анъаналари ҳақида ўз фикр-мулоҳазаларини билдирди.

Бизни кузатиб боринг
🚀Telegram 🎬YouTube 📷Instagram 🔵Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Jarayon

VATAN MANZUMASI

22-may kuni Navoiy shahri markazidagi “Farhod” madaniyat saroyida poytaxtdan tashrif buyurgan bir guruh Yozuvchilar uyushmasi a‘zolari hamda san‘atkorlar ishtirokida "Vatan Manzumasi" nazm va navo  kechasi tashkil etildi. 
Guljamol Asqarova, Erkinjon Hojimatov, Muhammad Siddiq kabi elga tanilib borayotgan shoirlar, ustoz adiblarning  Vatanni madh etuvchi, xalqimizning ma‘naviy  mulkiga aylangan  o‘lmas  satrlarini sahnada gulduros qarsaklar sadosi ostida o‘qidilar. Kuy-qo‘shiq hamohangligida kechgan adabiy-ma‘rifiy kecha navoiyliklar qalbiga Vatanga muhabbat tuyg‘ularini baxsh etdi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yozuvchi Mamadali Mahmudov (Evril Turon) tavalludining 80 yilligiga bag‘ishlangan xotira kechasi

Dildora Mutalova lavhasi
Taklifnoma

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida 24-may kuni soat 15:00 da uyushma aʼzosi, yozuvchi Nosir Zohid tavalludining 70 yilligiga bag‘ishlangan ijodiy kecha bo‘lib o‘tadi.
Barchangizni ushbu tadbirga taklif etamiz.

Manzil: Chilonzor tumani, Bunyodkor ko‘chasi, Adiblar xiyoboni

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Yangi kitob

SAYLANMA

Ushbu "Saylanma"ga muallif Nafas Shodmonning tarixiy, afsonaviy va mifologik mavzulardagi dramalari kiritilgan. Ularda jamiyatda insonlar o‘rtasidagi keskin dramatik munosabatlar, insonlarning qalb kechinmalari – dunyo tashvishi, iztiroblari, orzu va armonlari qalamga olingan. Kitobdagi dramalar bir qator teatrlarida sahnalashtirilgan va yuksak eʼtiroflarga sazovor bo‘lgan. Asarlardagi teran badiiy-falsafiy mushohada, chuqur ruhiy talqin, sodda va ravon poetik til o‘quvchini befarq qoldirmasligi muqarrar.

Homiy - O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi
Muharrir - Nurilla Chori
Nashriyot - “Adabiyot”


O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Taniqli shoir Axtamquli tavalludining 60 yilligiga bag‘ishlangan ijodiy uchrashuvdan fotolar.

Muallif–Ahmad To'ra.
2024/06/26 04:41:34
Back to Top
HTML Embed Code: