Telegram Web Link
Taniqli hajvchi adib, publitsist, dramaturg va tarjimon Habib Siddiqning “Adabiyot” nashriyotida chop etigan “Saylanma” va “Nimkosa” kitoblari taqdimotidan fotolar.

Muallif – Ahmad To'ra.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Madaniyat va maʼrifat telekanali

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida Abdulla Oripovning "Buyuk soddalik va "Ummon bo'yidagi o'ylar" kitoblari taqdimoti bo'lib o'tdi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni oldidan

USTOZ

Muhabbat Ahatova she'ri
Uni muallifning o‘zi o‘qigan

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Янги Ўзбекистон №193.pdf
15.9 MB
"Yangi O‘zbekiston" gazetasining 2024-yil 21-sentyabr soni mutolaa uchun havola qilinmoqda. Unda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining ijodiy masalalar bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Minhojiddin Mirzoning "Yangi O‘zbekiston shabbodasi" sheʼri, uyushma aʼzosi Bekzod Shukurovning "Vatanni yovdan himoya qilgandek o‘zbek tilini himoya qilishimiz, asrashimiz kerak" nomli maqolasini o‘qishingiz mumkin.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
KITOB – BITMAS XAZINA

Kuzning salqin nafasi ufurib turgan Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida joylashgan “Green Hills Resort” dam olish maskaniga kirib borar ekanmiz, uzun yo‘lning ikki chetiga qator joylashtirilgan “Bitmas xazina” kitob ko‘rgazma-yarmarkasi va bu rastalarga terilgan turli hajmdagi, turfa yoshdagi kitobxonlarga mo‘ljallangan rang-barang katta-kichik, moʻjaz kitoblarning betakror ranglar jilosi ko‘zni qamashtirdi. Maktab o‘quvchilari, talabalar, festival ishtirokchilari kitoblarni qiziqib tomosha qilishar, o‘zaro qizg‘in fikr almashishardi.
Tadbirning ochilish marosimidan so‘ng “Mualliflik huquqi va tarjima masalalari”ga bag‘ishlangan konferensiya boshlandi.


➡️ Davomi
NAVOIYDA ADABIYOT BAYRAMI

Shu yilning 19-20-sentyabr kunlari el suygan bir guruh ijodkorlar Yozuvchilar uyushmasi raisi o‘rinbosari, taniqli shoir G‘ayrat Majid boshchiligida Navoiy viloyatida bo‘lib o‘tgan adabiyot bayramida ishtirok etdi.
Dastlab Navoiy shahridagi Maʼnaviyat va maʼrifat markazida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, faxriy jurnalist, publitsist, “Shuhrat” medali va “Mehnat shuhrati” ordeni sohibi Salima Umarova tavalludining 70 yilligiga bag‘ishlangan adabiy-maʼrifiy tadbir va ijodkorning to‘rt jilddan iborat kitoblari taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzolari, viloyat faollari va yosh ijodkorlar, talaba-yoshlar qatnashdi.
G‘ayrat Majid navoiylik ijodkorlar qurshovida Salima Umarovani qutlug‘ 70 yoshi bilan samimiy tabrikladi, Yozuvchilar uyushmasi raisi, O‘zbekiston xalq shoiri, senator Sirojiddin Sayyidning tabrigini o‘qib eshittirdi.
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalistlar Salim Ashur hamda Ashurali Jo‘rayev, shoir va tarjimon Vafo Fayzulloh, shoir vajurnalist Abdujalil Xo‘jamiv, navoiyshunos olim Tohir Xo‘jayev Salima Umarovaning ijodi mahsuli bo‘lgan to‘rt jildlik “Saylanma” kitoblariga atroflicha baho berdi.
Navoiylik ijodkorlar faxri Salima Umarovaga Yozuvchilar uyushmasi hamda Navoiy viloyati hokimligining esdalik sovg‘alari topshirildi.
Ushbu tantanada ishtirok etgan shoirlarimiz o‘qigan sheʼrlarda, yangragan kuy va qo‘shiqlarda ona Vatanimiz, muqaddas Istiqlolimiz ulug‘landi.
Adabiyot bayramining davomi 20-sentyabr kuni Karmana tumanidagi “Do‘rmon” mahallasida davom etdi. Ertalabdan ijodkorlar ushbu mahallaga yig‘ildi. Mahalla binosida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, marhum shoir Shoyim Shernazar nomidagi kutubxonaning ochilish marosimi, poytaxtdan kelgan shoir-yozuvchilar va navoiylik ijodkorlar ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. G‘ayrat Majid ushbu kutubxonaga Yozuvchilar uyushmasi tomonidan chop etilgan 100 dona kitob sovg‘a qildi.
Shoir Shoyim Shernazar nomidagi kutubxona eshigi peshtoqiga “O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi kutubxonasi” peshlavhasi osib qo‘yildi. Zero, umri boqiy asarlar yaratib, millatimiz maʼnaviyatini o‘lmas kitoblari bilan boyitayotgan adiblarimizning umri ham boqiydir.
Adabiyot bayrami Navoiy davlat pedagogika institutining faollar zalida davom etdi. Poytaxtdan kelgan adiblar bilan kechgan uchrashuv g‘oyat qiziqarli o‘tdi.
Mazkur institutning rektori, iqtisod fanlari doktori, professor, adabiyotshunos olim, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi Muhiddin Kalonov mamlakatimiz rahbari tomonidan kitobxonlikka berilayotgan eʼtibor zamirida yosh avlodga ulkan g‘amxo‘rlik namunasi mujassamligini alohida eʼtirof etdi.
Taniqli shoirlarimiz Vatanni ulug‘lovchi sheʼrlaridan o‘qidi. Tadbir talabalar ishtirokidagi mushoiraga aylanib ketdi.
Mehmonlar kunning ikkinchi yarmida Yozuvchilar uyushmasi Navoiy viloyati bo‘limi tomonidan belgilangan rejaga ko‘ra Navbahor tumaniga yo‘l oldi.
Poytaxtlik va navoiylik shoirlarning osmonga o‘rlagan zavqli mushoiralari Oqtov tog‘ tizimiga tutashgan afsonaviy Sarmishsoy qoyatoshlari mangu qo‘nim topgan so‘lim daralar qo‘ynida davom etdi. Qoyatoshlarda aks etgan ulkan oftob, bedovlar sag‘rinida bir qo‘lida kamon, bir qo‘lida kaptarni ko‘tarib ketayotgan chavandozlar, cho‘qqilarda tasvirlangan burgutlar va arxarlar suvratlari shoirlarimizning qalbiga qayta va qayta zavq bergani ham rost.
Ha, Mustaqillik in’om etgan tinchlik evaziga kuch-qudrati tobora yuksalayotgan Yangi O‘zbekistonimizning har bir soniyasi sheʼru qo‘shiqlar bilan ulug‘lanishga arziydi.

Bahriddin Sadriddinov,
Yozuvchilar uyushmasi Navoiy viloyati bo‘limi rahbari

Navoiy – Karmana – Navbahor – Navoiy. 19-21-sentyabr 2024-yil
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, jurnalist, publitsist, “Shuhrat” medali va “Mehnat shuhrati” ordeni sohibi Salima Umarova tavalludining 70 yilligiga bag‘ishlangan adabiy-maʼrifiy tadbir va ijodkorning to‘rt jilddan iborat kitoblari taqdimotidan suratlar.
2024/09/23 05:25:23
Back to Top
HTML Embed Code: