Telegram Web Link
BEDORLIK O'ROZBOY OG'A 1 QISM
“O‘zbekiston” radiokanalining “Bedorlik” dasturida O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq yozuvchisi O‘rozboy Abdurahmonov 75 yilligiga bag‘ishlangan tadbir efirga uzatildi.

Muharrirlar: Bahriddin Maxmadaliyev, Zulayho Ahmadjonova
Forwarded from “Yoshlik” jurnali
#shoir_qalbi

Shunchaki...

U menga “Gʻururing bormi”, deb aytdi.
Rostdan ham gʻururim bormi, meni?
Oshiqlarda gʻurur boʻlarmikan?
Uchratsam soʻrardim Majnundan,
“Sahrolarda nega tentirab yuribsiz,
Ogʻa, gʻururingiz bormi, sizni?” deb.
Shayx Sanʼondan soʻrardim.
“Nega bu ostonalarda tuproqqa
belanib yotibsiz, shayxim? Turing,
Gʻururingiz qani, sizni? deb...”
Zulayxodan soʻrardim
Nega  Yusufni taʼqib etasiz, malikam
Gʻururingiz qani sizni, deb?..
“Gʻurur”, “Ishq” bir-biriga mos kelarmi bu soʻzlar?
Oshiqlarning kuygan qalbidan boshqa
yana nimasi bor?
Qalbki ishgʻol etilgan.
Sarhadlari buzilgan...
Lashkarlari tor-mor boʻlgan,
Mustamlaka qalb...
Oʻzidan tongan, faqat Unga tobe boʻlgan qalb.
Maʼshuqlar qanday baxtli,
Sevilish qanday saodat.
Kim sevilgan boʻlsa Tangrining nazari
tushgan boʻladi, deyishadi.
Oshiq kim unda?
Ehtimol kim koʻproq ishqdan aziyat cheksa,
Kim koʻproq suysa, oʻsha oshiq sanalar.
Demak, koʻproq suygan, koʻproq azob chekishga mahkum.
Bu yoʻldan allaqachon ketmoqchi edim,
Ammo ishon qoshindan hech qayerga ketolganim yoʻq.
Necha bora qasamlar ichdim.
Oʻzing ayt qanotlari kuygan parvona
Shamning poyidan boshqa
Qayerga ham borardi.
Toki hamon oshiqman,
Hamon ojizu notavonman.
Mudom oyoqlaring ostida xorman...
Gʻururim bormi, mening  gʻururim..

Muhammadsiddiq RAHMATOV

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz
AMRIDDIN BERDIMURODOV 70 YOSHDA

Samarqand arxeologiya institutida tarix fanlari nomzodi, dotsent, O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, arxeolog olim Amriddin Berdimurodovning 70 yilligi munosabati bilan "Sug'd va chochning qadim va o'rta asrlar davri madaniyati hamda diniy e'tiqodlari" mavzusida Xalqaro konferensiya bo'lib o'tdi.
Mazkur anjumanda Samarqand davlat universiteti rektori Rustam Xolmurodov, Samarqand viloyat hokimi o'rinbosari Rustam Qobilov, Xalqaro Amir Temur jamoat fondi rahbari, O'zbekiston xalq yozuvchisi Muhammad Ali, "Zarafshon" gazetasi muharriri Farmon Toshev, O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo'limi rahbari Toshpo'lat Tugalov, Ilmiy-ma'rifiy memorial majmua rahbari Temur Shirinov va boshqalar Amriddin Berdimurodovni tabriklab, ilmiy faoliyati, O'zbekiston arxeologiyasi bilan bog'liq izlanishlari, Sug'ddagi ko'plab kashfiyotlar, Kofirqa'la, Jartepadagi qazishma ishlari to'g'risida to'xtaldi. Ilmiy maqolalari va tarixiy kitoblari haqida fikrlarini bildirdi.
Ikki kun davom etadigan Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyaning ochilish marosimida olimlar, arxeologlar va xorijiy mehmonlar iliq tilaklar bildirib, fikr va mulohazalari bilan o'rtoqlashdi. Konferensiya jarayonida yangi arxeologik topilmalar tahlili, natijalari va olib borilayotgan ishlar haqida qiziqarli ma'ruzalar tinglandi.

O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Samarqand viloyat bo'limi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Axborot 24 | Abdulla Oripovning «Buyuk soddalik» va «Ummon bo'yidagi o'ylar» kitoblari taqdimoti
#19sep #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
Ikki kitob taqdimoti

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida taniqli hajvchi adib, publitsist, dramaturg va tarjimon Habib Siddiqning “Adabiyot” nashriyotida chop etigan “Saylanma” va “Nimkosa” kitoblari taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Ijod ahli ishtirokidagi tadbirni uyushma raisining birinchi o‘rinbosari Minhojiddin Mirzo ochib berdi. Unda O‘zbekiston xalq yozuvchisi Muhammad Ali, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq yozuvchisi O‘rozboy Abdurahmonov, “Mushtum” jurnali bosh muharriri Nosirjon Toshmatov, uyushmaning Andijon viloyati bo‘limi boshlig‘i Xurshida Qo‘chqorova, uyushmasi aʼzolari – Yangiboy Qo‘chqorov, Abdunabi Boyqo‘ziyev, Orifhoji Meliyev, Zuhriddin Isomiddinov, Zamira Ro‘ziyeva so‘zga chiqdi.
– Adibning “Saylanma” kitobidan turli yillarda yozilgan qissalari, hikoya, hajviya va hangomalari, ko‘ngildagi gaplari, suhbatlari, publitsistik maqola va tarjimalaridan namunalar o‘rin olgan, – dedi Muhammad Ali. – Undagi asarlar mazmunan rang-barangligi, hayotiyligi, shirali tili, hazil-mutoyibaga yo‘g‘rilgani, kutilmagan yechimlari, tagdor iboralaru ilmoqli gaplarga boyligi, salmoqdor ijtimoiy yuki va falsafiy xulosalari bilan o‘quvchi eʼtiborini tortadi.
“Yozuvchining “Nimkosa” to‘plamiga jamlangan, hazil-mutoyibaga yo‘g‘rilgan, ko‘ngildagi gaplar, ko‘ndalang savollar, yon daftardagi qaydlar o‘quvchini teran mushohada qilishga, atrofga ochiq ko‘z bilan qarashga, hayotning qadriga yetishga undaydi”, – deya taʼkidladi uyushma aʼzosi Orifhoji Meliyev.
Taqdimotda ishtirok etgan adabiyotshunos olimlar, shoir va yozuvchilar, adibning yangi kitoblarini tahlil qilish jarayonida uning milliy adabiyotimiz, ayniqsa hajviyotimiz rivojiga qo‘shgan hissasi, ijodining o‘ziga xos va betakror jihatlari, insoniy fazilatlari haqida fikr yuritdi. “Saylanma” va “Nimkosa” xalqimiz maʼnaviyatini rivojlantirishga xizmat qiladi, deya eʼtirof etildi.
Tadbir so‘nggida yozuvchi Habib Siddiq faol ishtirokchilarga kitoblar sovg‘a qildi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Taniqli hajvchi adib, publitsist, dramaturg va tarjimon Habib Siddiqning “Adabiyot” nashriyotida chop etigan “Saylanma” va “Nimkosa” kitoblari taqdimotidan fotolar.

Muallif – Ahmad To'ra.
2024/09/23 07:23:48
Back to Top
HTML Embed Code: