Telegram Web Link
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
KITOB TAQDIMOTI

Xalqaro TURKSOY tashkiloti bosh kotibi, Qirg'iziston xalq yozuvchisi Sulton Rayevning "Tanlangan asarlar" kitobi taqdimoti davom etayotgan mahal "Sevimli" telekanalining "Zamon" axboriy dasturida xabar berildi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
JONLI EFIR

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati xalqaro TURKSOY tashkiloti bosh kotibi, Qirg'iziston xalq yozuvchisi Sulton Rayevning "Tanlangan asarlar" kitobi taqdimotini feysbukda to‘liq jonli efirda uzatdi.

Tomosha qiling...
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Madaniyat va ma'rifat" telekanalida efirga uzatiladigan "Olamning qalbi" ko‘rsatuvining mehmoni — O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi Farog‘at Xudoyqulova.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Ўзбекистон Республикаси Президентининг "Ўзбекистон Республикаси мустақиллигининг ўттиз уч йиллиги муносабати билан фан, таълим, соғлиқни сақлаш, адабиёт, маданият, санъат соҳалари ва оммавий ахборот воситалари ходимларидан бир гуруҳини мукофотлаш тўғрисида"ги Фармони
YOZUVCHILAR UYUSHMASI AʼZOLARI DAVLAT MUKOFOTLARI BILAN TAQDIRLANDI

   O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining "O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz uch yilligi munosabati bilan fan, taʼlim, sog‘liqni saqlash, adabiyot, madaniyat, sanʼat sohalari va ommaviy axborot vositalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida"gi farmoni bilan qator yurtdoshlarimiz taqdirlandi. Ular orasida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzolari ham borligi ijodkorlarni xursand qildi. Fursatdan foydalanib, ularning barchasiga mukofot muborak bo‘lsin, deymiz.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati


«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi» faxriy unvoni bilan

Mirzamaxmudov Ismaildjan - O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoir, Farg‘ona viloyati


“Do‘stlik” ordeni bilan

Arslanov Negmat  - O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, yozuvchi, Toshkent viloyati

Bomuradov Bobir Hodiyevich - O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoir

Matrizayev Kurambay - O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, yozuvchi, Xorazm viloyati

Satbayev Orazbay Jumabayevich - O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoir, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Shodmonov Nafas Namozovich - Qarshi davlat universitetining o‘zbek mumtoz adabiyoti kafedrasi mudiri, Qashqadaryo viloyati


“Shuhrat” medali bilan

Boyqo‘ziyev Abdunabi - O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoir

Isxakov Akzamjan Giyazovich - O‘zbekiston kinoarboblari ijodiy uyushmasi aʼzosi

Karimov Axtamkul Sattorovich - O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoir

Karimov Xakimdjan - O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, adabiyotshunos

Niyozov Turab Mamadiyorovich - O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoir

Rajabova Ibodat Abdullayevna - O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoira, Buxoro viloyati

Fayzullayev Vafokul Barnoyevich - O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoir

Xujaniyazova Zilola Turayevna - O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoira

Yuldashev Muslum Islamovich - O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro va audiovizual jurnalistika kafedrasi dotsenti
Bir necha daqiqa avval "Madaniyat va ma'rifat" telekanalida "Qaqnus" ko‘rsatuvi boshlandi. Dasturning ushbu soni Respublika yosh ijodkorlarining Zomin seminariga bag‘ishlandi. Tomosha qiling!

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qanoti bor so‘zlar

KITOB OLING

Sirojiddin Sayyid she'ri
Turli soha vakillari o‘qigan

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Diqqat! Ijodkorlar uchun tanlov

Unda 18 yoshdan boshlab barcha ijodkorlar ishtirok etishi mumkin.

Batafsil: https://oyina.uz/uz/announcement/109

Rasmiy
sahifalarimiz👇

Telegram | Facebook | X | Instagram
TAKLIFNOMA

Hurmatli ijodkorlar! Sizlarni 2024-yil 28-avgust kuni soat 11:00da O‘zbekiston xalq shoiri Enaxon Siddiqova tavalludining 70 yilligiga bag‘ishlab o‘tkaziladigan “Umr yaxshilikka safar bo‘lsaydi” deb nomlangan xotira kechasiga taklif etamiz.

Manzil: O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Forwarded from “Yoshlik” jurnali
#shoir_va_qalb

Yaproqlar sarg‘ayar…


Tushunaman, shartmas, albatta, afsus,
o‘z vaqti-soati bor-ku har damning…
Faqat… nega buncha shoshib kelar kuz,
nega buncha yo‘li uzoq ko‘klamning?

* * *
Nega havas qilmay sobitligingga,
Har bahor qaytadan gullay olmoq – baxt…
Har nechuk, zaminda qadamlarimdan
Sening ildizlaring mustahkam, daraxt.

Ikrom ISKANDAR

@yoshlikjurnali
Jarayon

“Eng ulug‘, eng aziz” tanlovi o‘tkazildi


Sirdaryoda mamlakatimiz mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan “Eng ulug‘, eng aziz” anʼanaviy respublika ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi o‘tkazildi.
Mazkur tanlovda keyingi bir yil ichida ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy munosabatlarning mazmun-mohiyati yoritilgan publitsistik maqolalar, jurnalistik ishlar, yozuvchi-shoirlarning badiiy asarlari va eng yaxshi kitoblar ko‘rib chiqildi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, mukofotlangan OAV xodimlari, g‘oliblar orasida bir necha kitoblar mualliflari, adib va shoirlardan Elmurod Mavlonov, Yanglish Hasanova, Abdurazzoq Burliyev, Ilyos Quvondiqov hamda yosh ijodkorlardan Yorqinjon Hayitboyev, “Zomin seminari-2024” ishtirokchisi Odina Abdimo‘minova ham bor.
G‘oliblarga viloyat hokimligi tomonidan esdalik sovg‘alar va faxriy yorliqlar topshirildi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi
Sirdaryo viloyati bo‘limi
Jarayon

UCH AVLOD UCHRASHUVI

Kuni kecha Samarqand shahar "Nuroniylar maskani"da "Uch avlod uchrashuvi" bo‘lib o‘tdi. Unda shoirlar, yozuvchilar, mahalla faollari va ijodkor yoshlar ishtirok etdi.
Tadbirga O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a‘zosi, shoira Oygul Suyundiqova xotira va qadrlashнинг аҳамияти, istiqlolimizning 33 yillik tantanasi mavzusida so‘zladi. Shoira yig‘ilganlarga o‘z ijodidan namunalar o‘qib berdi.
“Nuroniylar” jamg‘armasi shahar bo‘limi rahbari Xurshid Nurullayev, uyushma a‘zolari - Zuhra Begim, Ta‘lat Abdullayev, Oygul Mamatova, yozuvchilar - Gulruh Yusupova, Abdualim Sulaymonov shoiraning ijodi haqida to‘хtaldi. Qurbonali Hasanov va Anora O‘tamurodova jonli qo‘shiqlar ijro etib, davraga fayz kiritdi.
Shoira tadbir ishtirokchilariga kitoblaridan sovg‘a qildi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Samarqand viloyati bo‘limi
2024/09/27 09:31:22
Back to Top
HTML Embed Code: