Telegram Web Link
Bir juft sheʼr

SHARSHARA

Sen jo‘shib oqarsan maydin sharshara,
Navo taratgandek naydin sharshara.
Uyqudan uyg‘onib to‘lg‘ongan kabi,
Kumush sochlaringni yoyding sharshara.

Seni ko‘rmaganlar qolar armonda,
Tun ham sening bilan oydin sharshara.
Bunchalar shoshasan, shoshib oqasan,
Yo, xabar keldimu soydin sharshara.

Tog‘larga ko‘rk bergay billur tomchilar,
Kelursan sen qaysi joydin sharshara.
Buncha go‘zallikni, buncha sehrni
Ayt, qaydin olgansen, qaydin sharshara.

Ashur sening bilan oqmoq istagay,
Jonim ichra jondek qolding sharshara. 

***

Vujud huvullaydi, also taskin yo‘q,
Go‘yoki olamda mendek miskin yo‘q.
Naxotki bo‘m-bo‘shdir men ko‘rgan dunyo,
Atrofim bo‘shliqdir, go‘yo hech kim yo‘q. 

Sahro o‘rtasida turibman hayron,
To‘rt taraf tep-tekis, kimsa ko‘rinmas.
Hamrohim garmsel, issiq bir shamol,
To‘rt taraf ochig‘u mening yo‘limmas.

Quyosh qizdiradi, aylanar choshgoh,
Kimningdir ortidan chopolganim yo‘q.
Ko‘ngil sahrosida do‘st faqat Olloh,
Men hamon o‘zimni topolganim yo‘q…

Ashurali Boymurod,
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi
Xalqaro TURKSOY tashkiloti bosh kotibi, Qirg'iziston xalq yozuvchisi Sulton Rayevning "Tanlangan asarlar" kitobi taqdimotidan suratlar.
Muallif – Ahmad To'ra.
Xalqaro TURKSOY tashkiloti bosh kotibi, Qirg'iziston xalq yozuvchisi Sulton Rayevning "Tanlangan asarlar" kitobi taqdimotidan suratlar.
Muallif – Ahmad To'ra.
2024/09/27 21:35:12
Back to Top
HTML Embed Code: