Telegram Web Link
Президент Шавкат Мирзиёев Нукус шаҳридаги “Оққуш” мажмуасида ташкил этилган ўтовлар кўргазмасини кўздан кечирди. Шу билан давлатимиз раҳбари Қорақалпоғистонга ташрифини якунлаб, Тошкентга қайтиб келди.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Президентнинг Қорақалпоғистонга ташрифи: ҳамжиҳат бўлиб ва биргаликда ҳаракат қилиб, барча ҳудудларни обод қилиш, “инсон қадри учун” тамойили асосида аҳолига муносиб турмуш шароитларини яратиш ҳамда тадбиркорлик ривожига янада кучли суръат бағишлаш йўлида
Olimpiada ilhomlari

Shodmonqul Salom

SURUR

Bahodir Jalolovga


Mardlar olishmaydi, ilib otadi!
“Alpomish”dan ko‘char azim baytlarim.
Bitta himo qilsang, ko‘tarilar el,
Bitta imo qilsang, ketar dardlarim.

Shavqim toshib keldi qarog‘larimga,
Bahodir raqibni qulatgan zamon.
Sevinchlarim chopdi yonoqlarimga,
Qirg‘og‘idan toshib ketdi To‘polon!

“Otangga osh ber!” deb alqadi bir chol,
Bahodir alponim quchganda zafar.
Quvondi taxtdagi podshodan toki
Dalasida yurgan dehqonga qadar.

Kimligim, zo‘rligim esimga keldi,
Alp tog‘larim tushdi mening yodimga.
Egnini qismasdan, boshin tik tutgan
Bobolar jo‘r bo‘ldi quvonch dodimga.

Bahodir, bir zamon zo‘r bo‘lgan edim,
Tomirimda shiddat hali bor ekan.
Men bugun qaytadan maydonga keldim,
Zo‘r ekan, o‘zbagim, hali zo‘r ekan!

Bahodir, menga ko‘p yaxshilik qilding,
Berding ko‘p narsamni menga qaytarib.
Misli Alpomishday sen zafar qurding,
Men ham Qorajonday turdim quborib.

Dunyoning qushlari – tumshug‘ida gul,
Potirlab uchdilar Sariosiyoga.
Ular volidangni qutlamoq uchun
Qanotlari tegib o‘tdi ziyoga.

Termiziydan toki Pahlavon Mahmud,
Muazzam pirlarim senga bo‘lsin yor!
Qarshingda raqibing kim bo‘lsa bo‘lsin,
Ortingda shu aziz O‘zbekiston bor!
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Mustaqil O‘zbekistonimizning 33 yilligiga bag‘ishlanadi.

TARAF

Shonli yo‘lni bosdik, yo‘limiz sharaf,
Dunyo og‘zimizga turibdi qarab,
Ba'zilar u taraf, kimdur bu taraf,
Sohibqiron tuzgan yo‘lda omonman,
Millatim tomonman, xalqim tomonman.

Bu yurt barcha g‘amning ta'mini totgan,
Amriqo, rusiga diydasi qotgan,
Ey g‘anim, xatoyim qidirib yotgan.
Sen uchun yaxshimas, faqat yomonman.
Millatim tomonman, xalqim tomonman.

Bosh egsam Samarqand nomiga isnod,
Ko‘z yumsam ming yillik Buxoro barbod,
Xorazm, Marg‘ilon, Nukus barhayot,
Tiz cho‘ksam tuproqda rangi samonman,
Millatim tomonman, xalqim tomonman.

Panjangizni torting, toping vijdonni,
Allohga topshirib qo‘yganmiz jonni,
Bilishga majbursiz O‘zbekistonni,
Vatan deb ko‘ksini kergan o‘g‘lonman,
Millatim tomonman, xalqim tomonman.

Navoiylik Alisher
Bir guruh xorijlik ijodkorlarni O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzoligiga qabul qilish marosimidan suratlar.

Muallif – Ahmad To‘ra.
2024/09/27 11:20:44
Back to Top
HTML Embed Code: