Telegram Web Link
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Президент Республика шошилинч тиббий ёрдам илмий марказининг Қорақалпоғистон филиали билан танишди
Ta'ziya

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi jamoasi uyushma a'zosi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Qo‘chqor Norqobilga onasi Xursand momoning vafoti munosabati bilan chuqur hamdardlik bildiradi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Yangi kitob

RUS ADIBINING ASARI YO‘LDOSH ESHBEK TARJIMASIDA

Mamin Sibiryak – rus adabiyotining yetuk vakili. Ijodining salmoqli qismini bolalar ma’naviy olamini boyitadigan ertak va hikoyalar tashkil qiladi.
Yozuvchining badiiy mahorati inson va tabiat, inson va nabotot, inson va hayvonot dunyosi o‘rtasidagi munosabatlarni yoritishda namoyon bo‘ladi.
Ijodkorning so‘z qo‘llash mahorati ham o‘ziga xos. Yosh kitobxonning tafakkur dunyosi, idrok qilish darajasiga mos gaplar tuzadi, ibora va maqollardan ustalik bilan foydalanadi: “Aytilgan gap – otilgan o‘q. Bir gal havo aynib turganda Boy Yeryomka bilan ovga jo‘nadi. It, negadir, istamaygina xo‘jayiniga qarab-qarab pastdan ketdi.
– Bor, boraver, yalqovlik qilma, – to‘ng‘illadi chol (“Boy va Yeryomka” hikoyasidan).
Ushbu iqtibos Mamin Sibiryakning yaqinda “Firdavs-shoh” nashriyotida chop etilgan “Asrandi” nomli kitobidan olindi. Rus tilidan Yo‘ldosh Eshbek tarjimasi.
Kitobdan rus adibining bir necha ertaklari va “Qo‘noq”, “Yo‘lda”, “Ovchi Yemelya”, “Ayiqcha”, “Qishlov”, “Bo‘zbo‘yincha”, “Xilvatu ovloqlarda”, “Asrandi”, “Qari chumchuq” kabi hikoylari o‘rin olgan.
Mazkur kitobni o‘qir ekansiz, tarjimaning ham alohida bir san’at, mahorat, mashaqqat va pirovardida saodat maktabi ekaniga yana bir bor amin bo‘lasiz.
Sevimli ijodkorimiz, usta va ustoz tarjimon Yo‘ldosh Eshbekka barcha adabiyot ixlosmandlari, xususan, yosh kitobxonlarimiz nomidan minnatdorlik bildiramiz.
Xalqimiz, adabiyotimiz, ma’naviyatimiz baxtiga doimo sog‘-salomat bo‘ling, Ustoz!

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Президент Шавкат Мирзиёев Қорақалпоғистон Республикаси Кегейли туманидаги Жузимбағ маҳалласида бўлди ва ёшлар билан учрашди.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев Кегейлида узумзор ташкил қилган ёшлар билан суҳбатлашди
Кегейли туманида Президент Шавкат Мирзиёев иштирокида Қорақалпоғистон Республикасини ижтимоий-иқтисодий ривожлантириш масалалари муҳокамаси бўйича йиғилиш бўлиб ўтди.
2024/09/25 21:12:22
Back to Top
HTML Embed Code: