Telegram Web Link
Olimpiyada kundaligi

Hasanboy Doʻsmatov yarim finalda!

Boks boʻyicha Rio-2016 yozgi Olimpiya oʻyinlari chempioni Hasanboy Doʻsmatov (-51 kg) ham Parij-2024 dagi muvaffaqiyatli ishtirokini davom ettirgan holda yarim finalga yoʻl oldi. Hamyurtimiz chorak finalda oʻzining azaliy raqiblaridan biri qozogʻistonlik Saken Bibossinovni magʻlubiyatga uchratib, oʻzining Olimpiadalardagi ikkinchi medalini kafolatladi. Biz sendan yana bir oltin medal kutamiz, Hasanboy!
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Studiya 24 | Mustaqilligimizning 33 yilligi: «Bir bo'lsak - yagona xalqmiz, birlashsak - vatanmiz!»
Taʼziya

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi jamoasi uyushma aʼzosi, yozuvchi Sobirjon Inomovga rafiqasi, jurnalist Sayyora aya Yo‘ldoshevaning
vafoti munosabati bilan chuqur hamdardlik bildiradi.

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Olimpiyada kundaligi

Parij-2024 yozgi Olimpiya o’yinlarining bugungi kuni doirasida velosportchilarimiz ham bahslarga kirishadi. Qayd etish joiz, so’nggi pallada terma jamoa tarkibida o’zgarish bo’lib, Dmitriy Bocharov o’rniga jismoniy holati bugungi kunda yuqoriroq bo’lgan Nikita Svetkov ro’yxatdan o’tkazilgan.
Olimpiada kundaligi

Bugun aralash jamoaviy bahslardagi chiqishlari bilan dzyudochilarimizning Parij-2024 yozgi Olimpiya o’yinlaridagi ishtiroki o’z yakuniga yetdi. 1 ta oltin va 2 ta bronza medallarini qo’lga kiritgan ushbu atletlarimiz o’zbek sporti tarixiga o’z nomlarini muhrlab qo’yishdi.

Suratlar muallifi: Anvar Ilyasov
Olimpiada kundaligi

Parij-2024 yozgi Olimpiya o’yinlarining bugungi bahslarida O’zbekiston delegatsiyasi boks, veloshozze va yengil atletika sport turlarida 6 nafar atlet bilan ishtirok etadi. Bokschilarimiz Hasanboy Do’smatov va Lazizbek Mullojonov final yo’llanmasi uchun jang qilishsa, yengil atletikachimiz Anvar Anvarov saralash bosqichida qatnashadi. Yana bir yengil atletikachimiz Safina Sadullayeva balandlikka sakrash dasturida, velosportchilarimiz Olga Zabelinskaya hamda Yanina Kuskova esa guruh poygasida medallar uchun kurash olib borishadi.
Olimpiada kundaligi

Hasanboy Doʻsmatov faoliyatida ikkinchi bor Olimpiya oʻyinlari finalida!

Boks boʻyicha Rio-2016 yozgi Olimpiya oʻyinlari chempioni Hasanboy Doʻsmatov ikkinchi bor Olimpiada finaliga yoʻllanma oldi. Yarim finalda Kabo-Verde vakili Daniyel de Pina bilan jang qilgan hamyurtimiz raqibidan yaqqol ustun ekanini namoyish qilib, final masalasini ijobiy hal qildi. Barakalla, Hasanboy!
Olimpiada kundaligi

Lazizbek Mullojonov ham finalda!

Boks boʻyicha jahon chempionati sovrindori Lazizbek Mullojonov oʻz nomini Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlari finalchilari qatoriga qoʻshib qoʻydi. Yarim finalda tojikistonlik Davlat Boltayev bilan jang qilgan yurtdoshimiz oʻzining aniq va kuchli zarbalari evaziga 9-avgust kuni chempionlik uchun ringga ko’tariladigan boʻldi. Barakalla, Lazizbek!
Olimpiada kundaligi

Bugundan Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlarida sport kurashlari boʻyicha bellashuvlar boshlanadi. Ushbu kun doirasida Oʻzbekiston delegatsiyasidan bir nafar atlet, yunon-rum kurashi ustasi Islom Bahromov -60 kg vazn toifasida gilamga chiqadi. Ushbu dastur Toshkent vaqti bilan soat 18:00 dan start oladi.
Yangi kitob

TANLANGAN ASARLAR

   Mazkur to‘plamda Ramz Bobojonning sheʼr, ruboiy, drama, doston, poema va tarjimalari o‘rin olgan bo‘lib, ularning har biri o‘quvchiga o‘tgan asr sheʼriyati nafasini, ajib xotiralarini berishiga ishonamiz.

Loyiha rahbari: Sirojiddin Sayyid,
O‘zbekiston xalq shoiri
Masʼul muharrir: Nargiza Asadova,
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi
To‘plovchi: Kamola Bobojonova,
filologiya fanlari nomzodi, dotsent


O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
YO‘LDOSH ESHBEKNING YANGI KITOBI TURK TILIDA CHOP ETILDI

Kuni kecha yana bir xushxabar oldik. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, shoir va tarjimon Yo‘ldosh Eshbekning “Turkiya o‘zlami” (“Typkiya sog‘inchi”) sheʼriy kitobi Istanbulda nashrdan chiqdi. Uni Istanbul universiteti professori, o‘zbek tili va adabiyotining Turkiyadagi jonkuyar targ‘ibotchisi – Emak Ushenmez nashrga tayyorlagan. Tarjimonlar – Muhiddin Gumush va Zokirjon Haydar. Sheʼrlar tarjimasi asliyat bilan yonma-yon berilgan. Kitob Manas nomidagi qirg‘iz-turk universiteti dotsenti, filologiya fanlari doktori, yozuvchi, tarjimon Muhiddin Gumushning “Hakikat Ilminin Ustadi Şair Yoldaş Eşbek” (“Haqiqat ilmining ustozi – shoir Yo‘ldosh Eshbek”) sarlavhali so‘zboshisi bilan boshlangan.
So‘zboshi muallifi jumladan shunday yozadi: “Qadrli Yo‘ldosh Eshbek umrini turkiy dunyo adabiyotining taniqli namoyandasi sifatida jo‘shqin tuyg‘ular va hayot tajribalari bilan o‘tkazmoqda, ko‘plab janrlarda bir-biridan qimmatli asarlar yaratyapti. Turklik g‘ururi va shuuri bilan maʼnaviy dunyomizdan ilhomlanib, yuksak axloq va ibratli fazilatlarni o‘zi uchun shior deb bilgan, qardosh o‘zbek xalqi orasidan yetishib chikkan serqirra adib va adabiyotshunos sifatida kelgusi avlodlarga ibrat bo‘ladigan insondir.
...Sheʼrlarining har bir so‘zida hikmat, tuyg‘ularining eng teran joyida muhabbat, yuragida mehr bor. Qadrli ustozimiz Yo‘ldosh Eshbek singari buyuk qalbli zotlarning turk va islom olamidagi o‘rnini yana-da aniqroq ko‘rsatish, tanishtirish, bildirish adabiyot va madaniyat sohasida faoliyat olib borayotgan mutaxassislarning eng asosiy vazifasi deb o‘ylaymiz”.
Yana bir maʼnaviy manba, nazm javohiri ham o‘zbek, ham turk o‘qirmanlariga muborak bo‘lsin!

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
2024/09/25 11:14:06
Back to Top
HTML Embed Code: