Telegram Web Link
SAJDAGOH

Kindik qonim tomgan sajdagohimsan,
Ikki olam cheki — bandargohimsan.
Uchib-qo‘nar joyim — qo‘nalgohimsan,
Jon bera bilmasmen sendin bo‘lakka.

Ohu zorim yetib-yetmay falakka,
Yovlar qurshovida qolsam-da yakka,
Xorlik yetsa hamki suyak-suyakka,
Jon bera bilmasmen sendin bo‘lakka.

Bag‘ringda yotmoqlik qilmasa nasib,
Quzg‘unning qismati menga munosib.
Tana birla tuproq asli tanosib,
Jon bera bilmasmen sendin bo‘lakka.

Og‘och otga minsam bo‘zlab qolar kim?
Yurgan yo‘llarimni izlab qolar kim?
Mendin ne ilinjlar ko‘zlab qolar kim?
Jon bera bilmasmen sendin bo‘lakka.

Qaydin kelib, yo Rab, keturmiz qayga,
Yugurib-yelish yo‘q betashvish joyga.
Barchaga birday joy — boyga, gadoyga,
Jon bera bilmasmen sendin bo‘lakka.

Ro‘zi mahshargacha birga bo‘larim,
Maysa, giyoh bo‘lib birga unarim,
Birga yonib mudom birga so‘narim,
Jon bera bilmasmen sendin bo‘lakka.

To‘ra Sulaymon
“Ishonch” gazetasining 2024-yil 20-iyul kungi 93-sonida Yozuvchilar uyushmasi aʼzolari - Yangiboy Qo‘chqorovning qoraqalpoq shoiri Ajiniyoz Qo‘siboy o‘g‘li tavalludining 200 yilligi munosabati bilan "Bu dunyoning ko‘rki - odam bolasi" sarlavhali hamda Bahor Xolbekovaning O‘zbekiston xalq shoiri To‘ra Sulaymon tavalludining 90 yilligiga bag‘ishlangan "Qadr qayg‘usi" nomli maqolasini mutolaa qilishingiz mumkin.
Forwarded from “Yoshlik” jurnali
#saboq

• Qo‘lingdan kelmaydigan ishga va’da berma, qo‘lingdan keladigan ishga ham va’da berma.
• Qo‘lingdan kelmaydigan ishga va’da bersang, uyatga qolasan, qo‘lingdan keladigan ishni esa va’da bermasdan ham bajarsa bo‘laveradi.

O‘tkir Hoshimov

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bola miyasining 90 % uning 3 yoshiga qadar rivojlanib bo‘ladi. Shu davrda bolaga kitob o‘qib berish miya rivojlanishiga ijobiy taʼsir ko‘rsatadi.
TUG'MA SHOIR

Olti yarim yoshimdan
She'rlar to'qiyman.
Kim uchrasa, yo'lini –
To'sib o'qiyman.

MAQTANISH

Yoqqandirki yozganim,
Sigirim jo'shib –
Bir she'rimni yeb qo'ydi
Xashakka qo'shib.

Anvar OBIDJON
Yangi kitob

FARMON TOSHEV. SAYLANMA

Taniqli adib saylanmasining I jildidan qissalar, hikoyalar o‘rin olgan. II jildiga devoni kiritilgan bo‘lib, 14 ta janrga oid ijod namunalari jamlangan. III jildida ijodkorning barcha fasllar va ranglarni qamrab oluvchi sheʼrlari jo bo‘lgan. IV jildda publitsistika va dramalari mujassam. Unda Farmon Toshevning turli yillarda matbuotda chop qilingan badiiy-publitsistik maqolalari, zamonamizning ilg‘or kishilari haqidagi portretlari, tarixiy va bugungi hayot aks etgan dramalarini mutolaa qilishingiz mumkin.
Saylanmaning o‘ziga xos ifoda uslubi, badiiy-estetik taʼsirchan vositalarga boyligi bilan o‘quvchini eʼtiborsiz qoldirmaydi.

Nashr uchun masʼul - Nurilla Chori, Sitorabonu Shomurodova, Dilrabo Mingboyeva, Tolib Jo‘rayev
Nashriyot - “Sahhof”


O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi аxborot xizmati
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
She'r sehri

SIDQIY XONDAYLIQIY G‘AZALIGA MUXAMMAS

Sirojiddin Sayyid she'ri
She'rni shoirning o‘zi o‘qigan

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Bugun soat 18:00da "Madaniyat va maʼrifat" telekanalida efirga ketadigan "Adiblar xiyoboni" ko‘rsatuvini tomosha qiling. Muallif va boshlovchi Nozima Vohidova.
"Yangi O‘zbekiston" gazetasining 2024-yil 24-iyul kungi 147-sonida O‘zA saytining O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Hozirgi zamon va Yangi O‘zbekiston” nomli yangi kitobi chop etilganiga bag‘ishlangan maqolani mutolaa qiling!
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi.
(https://president.uz/uz/lists/view/7422)

Turkmaniston milliy yetakchisi davlatimiz rahbarini tavallud kuni bilan samimiy qutlab, mustahkam sog‘lik va farovonlik, qardosh O‘zbekiston xalqiga esa tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tiladi.
2024/09/24 13:23:28
Back to Top
HTML Embed Code: