Telegram Web Link
Munosabat

AJINIYOZ TAVALLUDINING 200 YILLIGI NISHONLANADI


Bu yil mamlakatimizda qoraqalpoq shoiri va mutafakkiri, o‘zbek va qoraqalpoq xalqlari o‘rtasidagi og‘izbirchilikni mustahkamlashga munosib hissa qo‘shgan ijodkor Ajiniyoz Qo‘siboy o‘g‘li tavalludining 200 yilligi keng nishonlanadi. Kuni kecha davlatimiz rahbarining bu haqdagi qarori eʼlon qilindi. Tarixiy hujjat ijod ahli qatori bir adib sifatida meni ham xursand qildi.
Unga ko‘ra, xalqchil shoirning “Tanlangan asarlar”i o‘zbek va qoraqalpoq tillarida nashr qilinadi. Uning hayoti va faoliyatiga bag‘ishlab yaratilgan badiiy, ilmiy-ommabop asarlar qayta chop etiladi va ularning taqdimotlari o‘tkaziladi. Natijada Ajiniyoz ijodi ham o‘zbek, ham qoraqalpoq  kitobxonlari o‘rtasida keng ommalashadi.
Ajiniyoz Qo‘siboy o‘g‘lining hayoti va ijodiga bag‘ishlangan sahna asarlari hamda “Ajiniyoz” badiiy-publitsistik filmi yaratiladi. Bu filmlar orqali sheʼr va dostonlarida gumanistik falsafiy qarashlarni ilgari surtgan hassos shoirning hayoti va ijodi bugungi yoshlar uchun ibrat maktabi bo‘lsa, ajabmas.
   Nukus shahrida shoir ijodiga bag‘ishlangan “Ayt, sen Ajiniyozning qo‘shiqlaridan” mavzusida mamlakatimiz yosh ijodkorlarining tanlovi, ijod maktablari o‘quvchilari o‘rtasida Ajiniyoz Qo‘siboy o‘g‘li hayoti va ijodiga bag‘ishlangan insholar tanlovi tashkil etiladi. Endi shoir haqida yoshlar hozirgidan ham ko‘proq biladi, uning asarlarini qayta-qayta o‘qiydi.
2024-yilning sentabr oyida Badiiy akademiyaning Markaziy ko‘rgazmalar zalida shoir hayoti va ijodiga bag‘ishlangan kitoblar, tasviriy sanʼat asarlari va xalq amaliy sanʼati namunalari ko‘rgazmasi o‘tkaziladi. Natijada uning hayoti va ijodi nafaqat shoir-yozuvchilar, balki rassomlar, haykaltaroshlar orasida ham keng o‘rganiladi.
2024-yilning oktabr oyida Qoraqalpoq davlat universiteti hamda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida Ajiniyoz Qo‘siboy o‘g‘lining adabiy merosini o‘rganish mavzusida o‘tkaziladigan  xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalar uning ijodi haqida yangi-yangi ilmiy tadqiqotlar yozilishiga sabab bo‘ladi.
Xivadagi mashhur Sherg‘ozixon va Qutlimurod inoq madrasalarida tahsil olgan ulug‘ siymoning hayoti va ijodiga oid eksponatlar endi bir joyga jamlanadi. Chunki Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida shoir muzeyining tashkil qilinyapti.
Ajiniyoz Qo‘siboy o‘g‘lining Mo‘ynoq tumanidagi qabri obodonlashtiriladi va unga yodgorlik o‘rnatiladi, ushbu tumanda Ajiniyoz Qo‘siboy o‘g‘li nomidagi ekopark yaratiladi. Endi yurtimizda atoqli shoir nomidagi bog‘ yana bittaga ko‘payadi.
Mamlakatimizdagi oliy va o‘rta maxsus, professional, umumiy o‘rta taʼlim muassasalari, mehnat jamoalari va mahallalarda taniqli yozuvchi va shoirlar, olimlar ishtirokida shoir tavalludining 200 yilligiga bag‘ishlangan uchrashuv va adabiy kechalar tashkil etiladi.
2024-yilning noyabr oyida Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatri hamda Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik teatrida Ajiniyoz Qo‘siboy o‘g‘li tavalludining 200 yilligiga bag‘ishlangan tantanali adabiy-badiiy xotira kechalari o‘tkazish rejalashtirilgan.
O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, “Dunyo” axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalarida Ajiniyoz Qo‘siboy o‘g‘li tavalludining 200 yilligi bilan bog‘liq maqolalar, lavhalar, ko‘rsatuvlar, eshittirishlar eʼlon qilinadi.
Shuningdek, shoir tavalludining 200 yilligini nishonlash YUNESKOning xalqaro yubileylar rejasiga kiritilgani ham uning ijodi umuminsoniy ahamiyat kasb etishini bildiradi. Demak, bundan keyin Ajiniyoz ijodini nafaqat yurtimizda, balki dunyoda ham ommalashadi.
Bugun tegishli vazirlik va tashkilotlarda ushbu qaror ijrosiga oid ishlar allaqachon boshlanib ketdi. Xususan, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi jamoasi va aʼzolari ham shoir tavalludning 200 yilligini keng nishonlash bo‘yicha amaliy ishlarga kirishdi.

Fozil Farhod
Qirg‘iziston Prezidentini tantanali kutib olish marosimi bo‘ldi

Ko‘ksaroy qarorgohida mamlakatimizga davlat tashrifi bilan kelgan Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarovni tantanali kutib olish marosimi bo‘ldi.

Batafsil 👉 https://yuz.uz/a/uz/104083
O‘zbekiston va Qirg‘iziston Prezidentlari keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yana-da mustahkamlash borasidagi intilishlari qatʼiy ekanini tasdiqladilar

Ko‘ksaroy qarorgohida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarovning tor doiradagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi, deya xabar berdi "Yangi O‘zbekiston" nashri.

Batafsil 👉 https://yuz.uz/a/uz/104088
Munosabat

SHOIR ORZU QILGAN ZAMON


XIX asr qoraqalpoq mumtoz adabiyotida o‘zining badiiy yuksak va falsafiy teran mushohadalarga boy ijodiy merosi bilan tanilgan donishmand shoir Ajiniyoz xotirasi el ichra hamisha e’zozda. Shoir she’rlarida tarannum etilgan vatan muhabbati, ona yurt sog‘inchi, ma’rifatparvarlik, bag‘rikenglik, milliy qadriyatlarga sodiqlik tuyg‘ulari, mana, yuz yillarki inson kamoloti yo‘lida xizmat qilmoqda.
Muhtaram Prezidentimiz tomonidan “Atoqli qoraqalpoq shoiri va mutafakkiri Ajiniyoz Qo‘siboy o‘g‘li tavalludining 200 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi qarorining qabul qilinishi ham el ichra e’zoz topgan shoir yodiga va qardosh qoraqalpoq xalqiga yana bir bor ko‘rsatilgan hurmat-ehtirom namunasi sifatida yangradi. Ijod ahlining qalbini to‘lqinlantirgan, quvontirgan ushbu qaror ayni damda yosh avlodga ham, ilmu adabiyot ahliga ham Ajiniyoz ijodiga yanada e’tibor qaratish, chuqur o‘rganish va targ‘ib etishga ezgu xitob bo‘ldi.
Biz xorazmliklar faxrlansak arziydigan yana bir sabab borki, shoir Ajiniyoz hayotining ilmu ma’rifatga baxshida bo‘lgan ayni avji yetuklik pallasi Xorazm bilan, Xiva bilan uzviy bog‘liqligidir. Shoir hayotining bir qismi ilm egallash boisi bilan Xiva madrasalarida o‘tadi. Ayni shu davrda olgan diniy bilimlari bilan bir qatorda fors-tojik va arab tillarini o‘rganishi, tarix va adabiyotga oid bilimlarni egallashi Ajiniyoz she’riyatiga yanada mazmun va falsafiy qarashlariga salmoq baxsh etadi. Musofirlikda vatan sog‘inchidan she’rlar bitadi.
Sharqning buyuk shoirlari Sa’diy, Hofiz, Nizomiy, Navoiy, Jomiy, Fuzuliy, Bedil, Maxtumquli sarchashmalaridan bahramandlik ishtiyoqi shoir Ajiniyozga ijodda ham ulug‘larga izdoshlik qismatini bag‘ishladi. Ajiniyoz “Mengzar” she’rida Xorazmda yashagan yillarini o‘zgacha xush xotirlaydi:
Tushsa yoda o‘tgan kunlar,
Og‘zimdan chiqqan uchqunlar,
Xorazmda yurgan kunlar,
Zavqi tomoshaga mengzar.
U qoraqalpoq, qozoq va xorazm xalqlaridan tashqari qirg‘iz, ozarbayjon, bashqurt, tatar, rus xalqlari tarixiy, ijtimoiy va madaniy hayoti bilan ham yaqindan tanishib, o‘z tafakkurini boyitgan, she’rlarida yoshlarga ilm-ma’rifat e’htiyojini anglatish maqsadi bilan yashagan. Shu bois Ajiniyoz ijodi davr yoshlarini barkamol qilib tarbiyalashda muhim omil bo‘lib xizmat qilaveradi. Biz esa ushbu qarorning nechog‘lik maqsad-muddaolarimizga munosibligi, adabiyot va ijod ahliga bo‘lgan bu hurmatu e’zozning sharafi bilan mamnunmiz. Zero shoir Ajiniyoz aytganidek:
Shodlikda davron surmoqqa,
Mangulik dunyo qurmoqqa,
Do‘stlar bilan jo‘r yurmoqqa
Ajiniyozga zamon kerak.
Shoir orzu qilgan zamon, Ajiniyoz zamoni hammamizga muborak bo‘lsin.

Shoira SHAMS,
Yozuvchilar uyushmasi a’zosi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Axborot 24 | O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev taklifiga binoan Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov davlat tashrifi bilan mamlakatimizga keldi

#18july #uzbekiston24
BEDORLIK SHUXRAT MATKARIM
“O‘zbekiston” radiokanalining “Bedorlik” dasturida yozuvchi Shuhrat Matkarimning “Maqar” nomli kitobi taqdimoti efirga uzatildi.

Muharrirlar - Bahriddin Maxmadaliyev, Zulayho Ahmadjonova
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz uch yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

Batafsil 👉 https://yuz.uz/a/uz/104105
Munosabat

Yuksak eʼtirofning yorqin isboti

Mamlakatimiz Prezidentining “Atoqli qoraqalpoq shoiri va mutafakkiri Ajiniyoz Qo‘siboy o‘g‘li tavalludining 200 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi qarorini keng jamoatchilik qatorida sevinch bilan qarshi oldik.
Qarorda o‘zining betakror va sermazmun ijodi bilan madaniyat va adabiyotni rivojlantirish, yosh avlodni vatanparvarlik va ezgu g‘oyalar ruhida tarbiyalash, o‘zbek va qoraqalpoq xalqlari o‘rtasidagi azaliy do‘stlik va og‘izbirchilikni mustahkamlashga munosib hissa qo‘shgan adib ijodining ahamiyati, “Zevar” taxallusi bilan bitilgan sheʼr va dostonlaridagi insonparvarlik qarashlari el-yurt qalbidan darhaqiqat, chuqur joy egallagani, darsliklardan, risolalardan, o‘zbek, qoraqalpoq va boshqa xalqlar sanʼatidan munosib joy olgani eʼtirof etilgan.
Ajiniyozning «Tanlangan asarlar» to‘plamining o‘zbek va qoraqalpoq tillarida nashr qilinishi, hayoti va faoliyatiga bag‘ishlab yaratilgan badiiy, ilmiy-ommabop asarlarni qayta chop etish va taqdimotlarini o‘tkazish, davlat buyurtmasiga binoan sahna asarlari hamda “Ajiniyoz” badiiy-publitsistik filmini yaratish kabilar avvalambor, ulug‘ shoir siymosiga yuksak ehtirom, qolaversa, uning davomchilari bo‘lmish zamonaviy adiblarga, xalq orasidan yetishib chiqqan isteʼdodli baxshi va jirovlarga bo‘lgan doimiy eʼtiborni namoyon qiladi.
Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida shoir muzeyining tashkil qilinishi, uning ijodiga bag‘ishlangan tanlovlar, ko‘rgazmalar, xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalar, yodlov kechalarining o‘tkazilishi, ulkan bunyodkorlik ishlari amalga oshirilgan Mo‘ynoq shahrida uning xotira yodgorligi o‘rnatish va ekopark barpo etish kabi xayrli ishlar xalqlarimiz sanʼati va adabiyotiga munosib hissa qo‘shgan serqirra, ulug‘ adiblarimiz xotirasiga ko‘rsatilayotgan yuksak ehtiromning yana bir yorqin isboti, albatta.

Isajon Sulton,
O‘zbekiston xalq yozuvchisi
QOZOQ IJODKORLARI XABAR
“O‘zbekiston” radiokanalining "Adabiy hayot" dasturida Yozuvchilar uyushmasi aʼzolari – Saparbek Imanbekovning “Dostarimiz jirlaydi” (“Do‘stlarimiz kuylaydi”), Abdulla Rustamovning “Qayran duniye” (“Ajib dunyo”) hamda mahoratli suxandon Raxiya Mansurova tavalludining 80 yilligi munosabati bilan chop etilgan “O‘rleu” (“Ko‘tarilish”) nomli kitoblar taqdimot efirga uzatildi.
Taqdimot yuzasidan O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Salim Ashurning fikrlarini havola etamiz.

Muharrir - Bahriddin Maxmadaliyev
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Toshkentdagi O‘zbekiston-Qirg‘iziston sammiti – kelgusida ikki tomonlama munosabatlarda yanada yuqori darajaga chiqish uchun mustahkam asos.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Boqib so‘ng bor chor-nochor,
Jizg‘anak orzu havas,
Nelarni o‘yladi zor,
Bechora, Chori Avaz.

Sirojiddin Sayyid

   "Madaniyat va ma'rifat" telekanali ijodiy jamoasi taniqli shori Chori Avaz hayoti va ijodiga bag‘ishlab tayyorlagan "Ezgulikka baxsgida umr!" nomli ko‘rsatuvni tomosha qiling!

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
"Yangi O‘zbekiston" gazetasining 2024-yil 19-iyul kungi 144-sonida Qoraqalpog‘iston xalq shoiri Rustam Musurmonning "Sozin sabo yodlab, so‘zin yel bilgan" nomli maqolasini mutolaa qilishingiz mumkin.
Munosabat

ADABIYOTGA EHTIROM

Adabiyot millat tanlamaydi. U so‘z qudrati bilan qalblarni zabt etadi, insonlarning tafakkur olamini boyitadi. Prezidentimiz adabiyotimizning ravnaqi, porloq istiqboli va ijod ahlining isteʼdodidan to‘laqonli foydlanishi borasida nihoyatda kuyinchaklik bilan eʼtibor qaratib kelmoqda. "Atoqli qoraqalpoq shoiri va mutafakkiri Ajiniyoz Qo‘siboy o‘g‘li tavalludining 200 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida"gi qarorning qabul qilinishi ushbu fikrimizning yana bir yorqin isbotidir.
Qaror bilan tanisharkanmiz, buyuk mutafakkir va shoir Alisher Navoiy ijodiga qanchalik hurmat va qiziqish bilan qarasak, o‘zbek va qoraqalpoq xalqining faxri Ajiniyoz Qo‘siboy o‘g‘lining boy adabiy merosini ham katta qiziqish va muhabbat bilan keng o‘rganishimizdan quvondik.
Ayniqsa qarorda belgilanganidek, Nukus shahrida shoir ijodiga bag‘ishlangan “Ayt,sen Ajiniyoz qo‘shiqlaridan” mavzusida mamlakatimiz yosh ijodkorlarining tanlovini, ijod maktablari o‘quvchilari o‘rtasida Ajiniyoz Qo‘siboy o‘g‘li hayoti va ijodiga bag‘ishlangan insholar tanlovining o‘tkazilishi eʼtirofga loyiqdir. Bu tanlovlarda yoshlarimiz ustoz shoir ijodini chuqur o‘rganib, yaqinroq tanishishidan tashqari, asarlaridan to‘la bahramand bo‘lishadi. Shuningdek, o‘zlarining yangi isteʼdod qirralarini namoyon etishadi va eng quvonarlisi yangidan-yangi ovozlar, nomlar kashf qilinadi.
Yana bu borada qarorda ko‘rsatib o‘tilganidek, shoirning “Tanlangan asarlar” to‘plamining o‘zbek va qoraqalpoq tillarida nashr etilishi ayni muddaodir. Yoshlarimiz Ajiniyoz Qo‘siboy asarlari bilan tanisharkan, maʼnaviy-maʼrifiy dunyoqarashi yana-da yuksaladi, ona-Vatanga, tug‘ilgan go‘shaga mehru muhabbatlari oshadi. Zotan, adabiyotning vazifasi ham insonlarni ezgu maqsadlar, porloq istiqbol sari chorlashdir.

Noriniso Qosimova,
Sirdaryo viloyat bo‘limi bosh mutaxassisi
«Xalq so‘zi» gazetasining 2024-yil 19-iyul kungi 145-sonida O‘zbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyidning "Mardi maydon ellarim bordir" nomli maqolasini mutolaa qilishingiz mumkin.
2024/09/23 19:26:20
Back to Top
HTML Embed Code: