Forwarded from “Yoshlik” jurnali
#Jahon_adabiyotidan
QUM ODAM
hikoya
...Hozir Robining kayfiyati yomon bo‘lganligi uchun biron-bir g‘ayritabiiy narsani idrok etishga qodir emasdi. Osmondan yulduz uchib tushganini ko‘rib esa, ensasi qotdi, xolos…
👉Davomi…
Rey BREDBERI
Yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali

Forwarded from JADID media | rasmiy
Batafsil: jadid-media.uz
@Jadid_media
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yangi kitob taqdimoti
Forwarded from OYINA.UZ
Jurnalist Ahmadjon Meliboyev “Har bir inson hayoti davomida o‘qishi shart bo‘lgan 10 kitob” tavsiya qiladi
Batafsil: https://oyina.uz/uz/article/2853
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | X | Instagram
Batafsil: https://oyina.uz/uz/article/2853
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | X | Instagram
LAPASHANG MUSHUK
Dangasa mushuk faqat bekasi likopchaga quygan sutni ichishni yoqtirar, omborda esa har kuni sichqonlar bayram qilishardi.
— Hoy, Targ‘il, hammayoqni sichqon bosib ketdi. Agar ularni ovlamasang, o‘rningga boshqa mushuk olib kelaman, — deb dag‘dag‘a qildi bir kuni bekasi.
Targ‘il erinibgina o‘rnidan turdi, biroq sichqonlarning ortidan yugurib yurish unga sirayam yoqmadi. Shunda u bekasi televizorda ko‘rib o‘tiradigan multfilmlardagi mushukka o‘xshab sichqonlarga qopqon qo‘ymoqchi bo‘ldi. Targ‘il qopqon olib kelib, unga bir bo‘lak pishloq bo‘lagini qistirdi.
— Tentak mushuk! Pishloq o‘rniga qand yoki shirin shaftoli bo‘lagini qo‘yganida, balki qopqonga ilinarmidik? — deb kulishdi sichqonlar.
Targ‘il sichqonlar qopqonga ilinishini kutar, ular esa qurib, qovjirab yotgan pishloqni aylanib o‘tib, omborxonada bemalol yuraverishardi.
Bolalar, bilasizlarmi, sichqonlar pishloqdan ko‘ra qand yoki shirin mevalarni ko‘proq afzal ko‘rishadi.
Muhabbat Yo‘ldosheva

Toshkent shahar Olmazor tumanida joylashgan Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markazida yashayotgan bir guruh yurtdoshlarimiz O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining Parkent ijod uyida dam olyapti.
Lavha muallifi — Fozil Farhod.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Lavha muallifi — Fozil Farhod.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Qoraqalpogiston Respublikasi Qonliko‘l tumani "Oltin ko‘l" MFY da "Ma‘rifat soati" o‘tkazildi.
Forwarded from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Ўзбекистон Республикаси Президентининг "Атоқли қорақалпоқ шоири ва мутафаккири Ажиниёз Қўсибой ўғли таваллудининг 200 йиллигини кенг нишонлаш тўғрисида"ги қарори
—
Постановление Президента Республики Узбекистан "О широком праздновании 200-летия выдающегося каракалпакского поэта и мыслителя Ажинияза Косыбай-улы"
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
—
Постановление Президента Республики Узбекистан "О широком праздновании 200-летия выдающегося каракалпакского поэта и мыслителя Ажинияза Косыбай-улы"
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
17-iyul - O‘zbekiston хalq yozuvchisi Neʼmat Aminov tavallud topgan kun
O‘zbekiston xalq yozuvchisi Neʼmat Aminov 1937-yil 17-iyulda Buxoro viloyatining Romitan tumani Pitmon qishlog‘ida tug‘ilgan.
Uning dastlabki hajviyasi "Ustozi aʼlam" nomi bilan "Mushtum" jurnalida bosilib chiqqan. Adibning birinchi hikoyalar to‘plami – "Ikki pullik obro‘" keyin esa "Qirq uchinchi pochcha", "Labihovuz xandalari", "Chinorlar qo‘shig‘i"," Yelkasiz polvon", "O‘g‘ri mushukcha", "Qahqaha", "Yallama yorim", "Chol bolaning ertaklari" kabi ko‘plab kitoblari nashr etikgan.
Neʼmat Aminovning "Yolg‘onchi farishtalar" nomli yirik satirik asari o‘zbek adabiyotida yaratilgan birinchi hajviy romandir. Uning so‘nggi "Bir asr hikoyati" asari o‘zining ibratomuz hikoyatlari bilan zamondoshlar dunyoqarashini shakllantirishda, maʼnaviyatini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Adib 2005-yil 17-oktyabrda Toshkentda vafot etgan.

17-07-24.pdf
1.1 MB
"Xalq so‘zi" gazetasining 2024-yil 17-iyul kungi 24-sonida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Atoqli qoraqalpoq shoiri va mutafakkiri Ajiniyoz Qo‘siboy o‘g‘li tavalludining 200 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida"gi qarori eʼlon qilindi.
Ibroyim YUSUPOV
AYT, SEN AJINIYOZ QO‘SHIQLARIDAN
Ayt, sen Ajiniyoz qo‘shiqlaridan,
Yig‘lasin yor ishqi bag‘rin teshganlar.
Bo‘zlasin yurtidan ayro tushganlar,
Ayt, sen Ajiniyoz qo‘shiqlaridan.
Sozin sabo yodlab, so‘zni yel bilgan
Bir shoir dunyoga keldi-yu ketdi.
Majnuntol ortidan oyga termulgan
Bir dilbar tushimga kirdi-yu ketdi.
Qo‘shiq daryo-daryo nur bo‘lib oqsin,
Sevgisiz qalblarga ishq o‘tin yoqsin.
Qiz yigitga jilva-noz bilan boqsin,
Ayt, sen Ajiniyoz qo‘shiqlaridan.
Ayt, sen “Bo‘zatov”ni nag‘maga solib,
Dili yonmaganning bag‘ri tosh bo‘lsin.
Qoraqalpoqning ko‘hna dardi qo‘zg‘olib,
Bu kunga boqqani sari mast bo‘lsin.
Shoir kezgan cho‘lda bo‘stonlar qator,
Bekor bo‘lib ketdi zamon-zamon nobakor.
Bekor bo‘lib parisin ko‘rdim ishvakor,
Ayt, sen Ajiniyoz qo‘shiqlaridan.
Men uni tinglasam – qolmay toqatim,
Ko‘nglimda sayragan mastona bulbul.
Men uni tinglasam - tuqqan elatim
Yer jannati bo‘lib ko‘ringay butkul.
Yulduzlarni yerga qaratmoq bo‘lsang,
Yomon shoirlarni uyaltmoq bo‘lsang,
Agar men o‘lganda tiriltmoq bo‘lsang,
Ayt, sen Ajiniyoz qo‘shiqlaridan.
Abdulla Oripov tarjimasi
AYT, SEN AJINIYOZ QO‘SHIQLARIDAN
Ayt, sen Ajiniyoz qo‘shiqlaridan,
Yig‘lasin yor ishqi bag‘rin teshganlar.
Bo‘zlasin yurtidan ayro tushganlar,
Ayt, sen Ajiniyoz qo‘shiqlaridan.
Sozin sabo yodlab, so‘zni yel bilgan
Bir shoir dunyoga keldi-yu ketdi.
Majnuntol ortidan oyga termulgan
Bir dilbar tushimga kirdi-yu ketdi.
Qo‘shiq daryo-daryo nur bo‘lib oqsin,
Sevgisiz qalblarga ishq o‘tin yoqsin.
Qiz yigitga jilva-noz bilan boqsin,
Ayt, sen Ajiniyoz qo‘shiqlaridan.
Ayt, sen “Bo‘zatov”ni nag‘maga solib,
Dili yonmaganning bag‘ri tosh bo‘lsin.
Qoraqalpoqning ko‘hna dardi qo‘zg‘olib,
Bu kunga boqqani sari mast bo‘lsin.
Shoir kezgan cho‘lda bo‘stonlar qator,
Bekor bo‘lib ketdi zamon-zamon nobakor.
Bekor bo‘lib parisin ko‘rdim ishvakor,
Ayt, sen Ajiniyoz qo‘shiqlaridan.
Men uni tinglasam – qolmay toqatim,
Ko‘nglimda sayragan mastona bulbul.
Men uni tinglasam - tuqqan elatim
Yer jannati bo‘lib ko‘ringay butkul.
Yulduzlarni yerga qaratmoq bo‘lsang,
Yomon shoirlarni uyaltmoq bo‘lsang,
Agar men o‘lganda tiriltmoq bo‘lsang,
Ayt, sen Ajiniyoz qo‘shiqlaridan.
Abdulla Oripov tarjimasi
Ertak
ENG KATTA HAYVON
Bir kuni Sher maqtanib qolibdi.
— Men savannada yashovchi hayvonlarning podshosiman. Demak men hammadan kattaman, — deb o‘kiribdi u.
— Men esa hammadan balandroqman, — xotirjamgina debdi sal nariroqdagi daraxtlar uchidagi yam-yashil barglarini uzib yeyayotgan Jirafa. — Sen o‘zingni katta deb hisoblashing mumkin. Lekin har qancha sakraganingda ham mening boshimdan balandroqqa yeta olmaysan.
Shu payt ularning oldiga fillar to‘dasi kelib to‘xtabdi. Fillar to‘dasining sardori bo‘lgan Dono Fil sherga qarab:
— Biz fillar Afrikadagi eng katta jonivor ekanligimizni bilamiz, lekin bu bilan maqtanmaymiz. Gavda katta bo‘lishi emas, balki aql katta bo‘lishi muhimroq! — debdi.
Sher uyalganidan qizarib ketganini yashirish uchun bitta sakrab, baland-baland o‘tlarning orasiga kirib ketibdi.
Gulnoz Tojiboyeva,
bolalar yozuvchisi

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tarixi muzeyi
Zulayho Ahmadjonova lavhasi
Zulayho Ahmadjonova lavhasi
Toshkent shahar Olmazor tumanida joylashgan Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markazida yashayotgan bir guruh yurtdoshlarimizning O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Parkent ijod uyida dam olish jarayonidan fotolar.
Muallif – Ahmad To'ra.
Muallif – Ahmad To'ra.