Telegram Web Link
Yangi kitob

TURSUN ALI

(Tanlanagan asarlar)

Taniqli shoir, tarjimon Tursun Ali ijtimoiy, ishqiy, falsafiy mavzudagi she’rlarida Vatan, tabiat, jamiyatning o’z qismatidagi o’rnini chuqur his etgan holda o’zining odam va olam taqdiri, sha’ni, shukuhi yo’lidagi maqomini ham anglaydi. Tananing qo’zg’alishida jon suvratini, changu g’uborlarning charx urishida shamol shamoyilini, ko’z yoshida qayg’uning, tabassumda shodlikning rangini ko’rish, g’oyibona qudratini his etish va so’z orqali ularni ma’lumu noma’lum fikr, manzara, holat, kayfiyatga bo’ysundirish Tursun Ali ijodiga xos fazilatlardan biridir.

Mas’ul muharrir: Odil Ikrom
Muharrir: Abdulla Sharopov
Nashriyot: "Akademnashr" nashriyoti


O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Farg‘ona viloyat musiqali drama teatrida dramaturg Ilhom O‘rmonning "Kulolning armoni" asari asosida sahnalashtirilgan spektakl namoyish qilindi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Туркий давлатлар ташкилотининг саммитидаги нутқи

Выступление Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева на саммите Организации тюркских государств

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Yangi kitob

MAQAR

Shuhrat Matkarimning “Maqar” qissasi bir qariya cholning iztiroblari, Xorazmning ekologik muammolari, maʼnaviy-axloqiy tomonlari dadil qalam bilan ochib bergan go‘zal asardir. Ijodkor o‘zbek adabiy tilda to‘liq ijod qilishi lozim degan kanonni qaysidir darajada buzdi. Nasrdagi aynan shu to‘ntarish qilishi bilan ham qissaning mazmuniy tomoniga maʼlum maʼnoda yangilanish qila oldi, deyish mumkin.
Maqar chol va u yashagan qadimiy Xorazmning tarovati va muammolari, odamlari haqida bilmoqchimisiz, yaxshisi, qissani erinmay o‘qib chiqing! Undan olam-olam taassurot olishingiz shubhasiz.

Masʼul muharrir: Davron Rajab
Nashriyot: "Tubo nashr"


O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Forwarded from JADID media | rasmiy
Turkiy davlatlar umumiy alifbo joriy qilishga chaqirildi

Hozirda Turkiya, Ozarbayjon va O‘zbekiston lotin yozuvi, Qozog‘iston va Qirg‘iziston esa kirill yozuviga asoslangan milliy alifbolaridan foydalanmoqda.

Batafsil: jadid-media.uz

@Jadid_media
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi kutubxonasi durdona kitoblar maskanidir. Keling, aʼzo bo‘ling va eng sara asarlar mutolaasidan bahra oling.

Zulayho Ahmadjonova lavhasi
"Yangi Oʻzbekiston" gazetasining 7-iyul 135-sonida Sardor Tolliboyevning "Zomin seminari: Ijodkorlik ruhi umummilliy harakatga aylanishi kerak" nomli maqolasi chop etildi.
O‘zbekiston Prezidenti Yaponiya delegatsiyasini qabul qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9-iyul kuni Yaponiya xalqaro hamkorlik banki (JBIC) raisi Tadashi Maeda boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Batafsil 👉 https://yuz.uz/a/uz/103524
O‘zbek tiliga bag‘ishlangan kitoblar taqdimoti

Kuni kecha Guliston shahridagi Halima Xudoyberdiyeva nomli ijod maktabida "O‘zbek tili sinonimlarining katta izohli lug‘ati", "O‘zbek tilining izohli lug‘ati", "Ona tilim mangu makonim" va "Davlat tilida ish yuritish" kitoblarining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Unda adabiyotshunos olimlar, tilshunoslar, adiblar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi direktori Azizjon Eminov, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi o‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti bo‘lim boshlig‘i, professor Yorqinjon Odilov hamda Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoir Rustam Mirvohid so‘zga chiqib, mazkur to‘plamlar yuzasidan o‘z fikrlarini bildirdi. Yig‘ilganlarga ushbu kitoblarning yaralishi haqidagi videorolik namoyish etildi.
Tadbir so‘nggida ijod maktabiga, viloyatdagi kutubxonalar hamda oliygohlarga kitoblar jamlanmasi sovg‘a qilindi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Sirdaryo viloyati bo‘limi
2024/09/22 21:35:28
Back to Top
HTML Embed Code: