Telegram Web Link
MA’RIFAT MUHIBLARIGA AJOYIB SOVG‘A

“Ilhom – hech qanday sabab va harakatsiz holda qalbda bo‘lgan ma’rifatdir. Ilhom ma’naviy kirlardan poklangan qalbga Alloh taolo tomonidan beriladi. Bu dunyo va oxirat go‘zalliklari bilan bog‘liq bo‘lgan bir ilmdir.
Farosat – Allohdan kelgan bir alomat bilan, ya’ni Allohning ishorasi bilan ishning aslini, mohiyatini bilmoqdir. Bu alomat Alloh bilan qul orasida bo‘lur, sirlarni yechur. Farosat Allohga yaqinlik qo‘lga kiritilgandan so‘ng bo‘lur, ilhomdan alohida bir narsadir. Ilhom bir alomatga muhtoj emas, farosat esa muhtojdir. Farosat ikki xil bo‘ladi: umumiy va xususiy”.
Yuqoridagi iqtibos Imom G‘azzoliyning ustoz Yo‘ldosh Eshbek tomonidan tarjima qilingan va “Factor Press” nashriyotida chop etilgan “Haqiqat yo‘lining asoslari” kitobidan olindi.
Kitobdagi ma’lumotlar har bir ilm-ma’rifat shaydosi, ayniqsa, ko‘ngil kuychilari sanalmish ijod ahli uchun ma’naviy malham deyish mumkin. Chunonchi, Imom G‘azzoliy ilm-ma’rifat borasida o‘ziga xos ta’rif-tavsif beradi: “Ma’rifat – Allohga yaqinlikdir. Ma’rifat qalbni chulg‘ab, shunday ta’sir etadiki, vujudning barcha a’zolariga ta’siri ko‘zga tashlanadi.
Ilm bilan ma’rifat orasidagi farqni bir misol bilan ifoda etadigan bo‘lsak: ilm – olovni ko‘rmoq. Ma’rifat – olovda isinmoqdir”.
Imom G‘azzoliy kabi yuksak tafakkur sohiblarining fikrlarini oddiy o‘quvchi hamisha ham to‘la idrok etishi, anglashi oson kechmaydi. Buning uchun zarur izoh, qo‘shimcha ma’lumotlarga ehtiyoj seziladi. Bu esa tarjimondan chuqur bilim, nozik fahm, tahlil malakasini talab etadi. Mazkur tarjimaning o‘ziga xos jihati ham shu o‘rinda namoyon bo‘lgan.
Masalan, Imom G‘azzoliy nafs, ruh, qalb, aqlga ta’rif bergan o‘rinda nuktadon tarjimon tarjima ilmidagi “sharhlab tarjima qilish” usulini qo‘llab, Hazrat Alisher Navoiyning “Hayratul abror” dostonidagi aynan shu mavzuga mos parchani keltiradi. Binobarin, ushbu tarjimani tarjima-tadqiqot deyish mumkin.
“Haqiqat yo‘lining asoslari” kitobida “Ilohiy muhabbat ma’nosi”, “Hayo, muroqaba, ehson”, “Ixlos va riyo”, “Til ofatlari”, “Tafakkur mevalari”, “G‘iybatdan ehtiyot bo‘lmoq”, “Qanoat” kabi mavzular ham o‘rin olganki, ular kamolot kasb etmoq niyatidagi har kishi uchun dasturulamaldir.
Muhtaram tarjimonimiz bundan avval Imom G‘azzoliyning “Ey farzand”, “Uylanish odobi”, “Qalb sirlari”, “Bidoyatul hidoya”, “Muborak siyrat yoxud Payg‘ambarimizning yuksak axloqlari”, “Qiyomat”, “Oxirat”, “O‘limdan so‘ng” kabi asarlarini ham tarjima qilganlar.
Mustaqilligimiz bayrami arafasida tabarruk yoshini qarshilayotgan, ma’rifatimiz xazinasini boyitishda salmoqli hissa qo‘shayotgan “Turkiston chinori” (ozarbayjonlik olim Ramiz Askar ta’rifi) Yo‘ldosh Eshbek ustozimizga mustahkam sog‘lik, yana-da barakali ijod tilab qolamiz.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
JONLI EFIR

Ayni paytda Yozuvchilar uyushmasida yozuvchi, munaqqid Ahmad Aʼzam tavalludining 75 yilligi hamda shoira Farog‘at Kamolova tavalludining 65 yilligiga bag‘ishlangan xotira kechasi bo‘lib o‘tyapti.
Quyidagi havolaga kirib tadbirni jonli efir orqali tomosha qiling.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati

👇
https://fb.watch/s_4G2BzAkp/
Taniqli yozuvchi, munaqqid Ahmad Aʼzam tavalludining 75 yilligi hamda shoira Farog‘at Kamolova tavalludining 65 yilligiga bag‘ishlangan xotira kechasidan fotolar.

Muallif – Ahmad To'ra.
Taniqli yozuvchi, munaqqid Ahmad Aʼzam tavalludining 75 yilligi hamda shoira Farog‘at Kamolova tavalludining 65 yilligiga bag‘ishlangan xotira kechasidan fotolar.

Muallif – Ahmad To'ra.
Ikki adib xotirasi

Bugun Yozuvchilar uyushmasida yozuvchi, munaqqid Ahmad Aʼzam tavalludining 75 yilligi hamda shoira Farog‘at Kamolova tavalludining 65 yilligiga bag‘ishlangan xotira kechasi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni uyushma raisining birinchi o‘rinbosari Minhojiddin Mirzo olib bordi. Unda O‘zbekiston qahramoni Ibrohim G‘afurov, O‘zbekiston xalq shoirlari - Xurshid Davron, Usmon Azim, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Quddus Aʼzam, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Nazar Eshonqul, filologiya fanlari doktori Hulkar Hamroyeva, shoir Faxriddin Nizomov so‘zga chiqdi.
Ahmad Aʼzam – yozuvchi, munaqqid, ssenarist, telejurnalist. U O‘zbekiston televideniyesida yuzlab ko‘rsatuvlar va hujjatli filmlar tayyorlagan. Ulardan mashhurlari: “O‘zlik”, “Xalqning ko‘ngli”, To‘rtinchi hokimiyat”, “Oyning gardishi” kabilardir. Adib “Bu kunning davomi”, “Asqartog‘ tomonlarda”, “Soyasini yo‘qotgan odam”, “Hali hayot bor” singari nasriy asarlar muallifi. Uning “Masʼul so‘z” deb nomlangan adabiy-tanqidiy maqolalar to‘plamlari, “O‘zi uylanmagan sovchi”, “Ro‘yo yoxud G‘ulistonga safar” kabi romanlari chop etilgan.
- Ahmad Aʼzam o‘zbek adabiyotiga yangi maktabni olib kirgan, - dedi Ibrohim G‘afurov. - Uning jarayonlarni yoritishga qaratilgan asarlari talaygina. Adibning "Hali hayot bor" , degan falsafiy fikrlari asarlarida o‘z javobini topgan edi.
Farog‘at Kamolovaning "Osmon parchasi", "Uzoq safarlar", “Bargizub”, "Holatlar kitobi" kabi sheʼriy to‘plamlari o‘z o‘qirmanlariga ega.
- Farog‘at opani talabalik yillaridan bilaman. Eng peshqadam, noyob isteʼdodli shoiralardan biri edi, - dedi Hulkar Hamroyeva. - Fikrlari, qarashlari samoviy edi. Shuning uchun ham birinchi sheʼriy to‘plamini "Osmon parchasi" deb nomlagan bo‘lsa ajabmas.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar adiblar bilan bog‘liq xotiralarini bo‘lishdi. Ijodiy faoliyati, asarlari haqida so‘z yuritildi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Yetti yil ichida yoshlarga oid 100 dan ziyod qonun va qaror qabul qilinib, 200 dan ortiq imtiyoz berildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida yoshlar siyosatiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi hamda yoshlar bilan muloqot boshlandi.

Batafsil 👉 https://yuz.uz/a/uz/102880
Bugungi kunda 110 ming o‘g‘il-qizlarimiz xorijda tahsil olmoqda

“El-yurt umidi” jamg‘armasi orqali yetti yilda AQSHning “Pechak ligasi”ga kiruvchi Garvard, Yel, Kolumbiya, Stenford kabi top-8 ta, Buyuk Britaniyanining “Rassell guruhi”dagi Oksford, Kembridj, Birmingem kabi 24 ta oliygohni 50 nafar yoshlarimiz bitirdi.

Batafsil 👉 https://yuz.uz/a/uz/102881
2024/09/21 19:52:48
Back to Top
HTML Embed Code: