Telegram Web Link
"Yigirmanchi asrim mening" kitobi taqdimoti

Bugun Yozuvchilar uyushmasida jurnalist, publitsist va tarjimon Anvar Jo‘raboyevning "Yigirmanchi asrim mening" kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni uyushma raisi Sirojiddin Sayyid ochib berdi. Unda uyushma raisi o‘rinbosarining ijodiy ishlar bo‘yicha Minhojiddin Mirzo, falsafa fanlari doktori, professor Baxtiyor To‘rayev, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq yozuvchisi Kengesboy Karimov, shoir Abdunabi Boyqo‘ziyev va boshqalar so‘zga chiqdi.
Mazkur asar 25 yil davomida yozilgan. Bu kitob asrlab davom etgan mustamlakachilik zanjirlarini sindirib tashlab, Istiqlolga erishgan xalqlarning shodiyonasiyu nurafshon kunlari, erk uchun kurashgan mardu maydonlarning achchiq qismati to‘g‘risida. Ko‘rgan-kechirgan voqealaru zamondoshlarining o‘y-fikrlarini tahlil qilish ilmini egallashga uringani, asr oldidagi imtihondan o‘ta olgani, shuningdek o‘z davri, asrning avvaliyu o‘rtalariga oid kitoblaru arxiv materiallari, o‘nlab mualliflarning xotiralarini qayta-qayta o‘qiganiyu uqqani Anvar Jo‘raboyevga yigirmanchi asr mohiyatini chuqur va atroflicha anglash imkonini bergan. Muallif 2005-yilda kitobni sahifalashni nihoyasiga yetkazgan.
Anvar Jo‘raboyev “Xalq So‘zi” va “Народное слова” hamda “Markaziy Osiyo madaniyati” gazetasida bosh muharrir bo‘lib ishlagan. U XX asrning ko‘plab ulug‘ shaxslari, jumladan, Nobel mukofoti sovrindorlari Gabriel Garsia Markes va Mixail Sholoxov, Fransiya prezidenti Fransua Mitteran bilan suhbatlashib, turkum maqolalar tayyorlagan.
Uning samimiyligi va professionalizmi vatanidan tashqarida ham tan olingan. Mixail Sholoxov uni “jasur jurnalist” deb atagan. U o‘zbek jurnalistikasi va madaniyatining rivojiga katta hissa qo‘shdi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Tadbirda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Farmon Toshevning video tabrigi tinglandi. Iliq xotiralar yodgan olindi.

Zulayho Ahmadjonova
OAV XODIMLARI TAQDIRLANDI

         Bugun O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida 27 iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan matbuot anjumani va uyushma faoliyatini OAVda keng yoritishda, adabiyotga oid maqola, eshittirish, lavhayu ko‘rsatuvlar tayyorlashda jonbozlik ko‘rsatgan bir guruh jurnalistlar va OAV xodimlari taqdirlandi.
         Tadbirni O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi, xalq shoiri Sirojiddin Sayyid olib bordi va yig‘ilganlarni kasb bayrami bilan samimiy muborakbod etdi.
         Shuningdek, matbuot anjumani doirasida bir guruh ijodkorlarga uyushmaning aʼzolik guvohnomalari topshirildi. Ular bundan xursand bo‘ldi va uyushma jamoasiga o‘z minnatdorligini bildirdi.
         O‘zbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyid tabrik so‘zida jurnalistlarni yana-da faol bo‘lishga chorladi, masʼuliyatli vazifasida ularga muvoffaqiyatlar tiladi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Jarayondan suratlar. Muallif — Ahmad To‘ra.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Dunyo bo‘ylab" telekanalida efirga berilgan "На прямой связи" ko‘rsatuvi kitobxonlikka bag‘ishlandi.
Forwarded from Adolat gazetasi
- сийратидаги садоқат, кечиримлилик, куюнчаклик, кўнгилчанлик, ростгўйлик, беғуборлик, бағрикенг­лик, ҳалоллик, беғараз самимияту меҳрибонлик; - дашт одамига хос жўмардлик, андак қайсарлик, чўрткесарлик, жангарилик ва дангаллик баробарида ҳазил-мутойибага мойиллик, ўрни келганида ҳатто ўз устидан ҳам беаёв кула олиш;
https://telegra.ph/ZAMONAMIZNING-ZABARDAST-ZIYOLISI-06-14
Бизни кузатиб боринг:👇👇👇
@Gazeta_Adolat
«Yangi O‘zbekiston» gazetasining 2024-yil 27-iyun kungi 126-sonidan olindi.
D.SAIDOLIMOVA XABAR
“O‘zbekiston” radiokanalining "Yaxshi kayfiyat" dasturida yozuvchi Dilshoda Saidolimovaning "Urushdan qaytmagan bolalar" kitobi taqdimoti efirda yoritildi.

Muharrirlar: Zulayho Ahmadjonova, Bahriddin Maxmadaliyev
TAKLIFNOMA

Yozuvchilar uyushmasida 28-iyun kuni soat 11:00 da yozuvchi, munaqqid Ahmad Aʼzam tavalludining 75 yilligi hamda shoira Farog‘at Kamolova tavalludining 65 yilligiga bag‘ishlangan xotira kechasi bo‘lib o‘tadi.
Barchangizni ushbu tadbirga taklif qilamiz.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
2024/09/21 14:37:51
Back to Top
HTML Embed Code: