Telegram Web Link
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Taniqli adiba, tarjimon, publitsist Shahodat Isaxonovaning yangi kitoblari taqdimoti o‘tkazildi.

@yangidavr_rasmiy
Badiiy barkamol asarlarning tarjimasi uchun keng imkoniyatlar eshigi ochildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 4 iyundagi “Badiiy tarjima sohasida Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofotni ta’sis etish to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida Yozuvchilar uyushmasi tomonidan tashkil etilgan Respublika tarjimonlar forumining navbatdagi kuni ham samarali kechdi.
Forumda “Turk va ozarbayjon she’riyatidan tarjimalar”, “Ustozlar sabog‘i va yoshlarga tavsiyalar”, “Xorijiy tillardan tarjima muammolari”, “Qoraqalpoq she’riyatining bugungi kuni”, “Nemis nasrining qaysi jihatlari bugungi o‘zbek o‘quvchisi uchun qiziqarli?”, “Aruz vazni qanday tarjima qilinadi?” kabi mazularda davra suhbati, seminar va mahorat darslari, ijodiy suhbatlar, muloqotlar o‘tkazildi.
Mahorat saboqlarida O‘zbekiston xalq yozuvchisi Muhammad Ali, Tohir Qahhor, Shermurod Subhon, Nikolay Ilin, Begoyim Xolbekova, Risolat Haydarova o‘z bilim va tajribalarini yoshlarga yetkazdi.
Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, Qoraqalpog‘iston xalq shoiri Rustam Musurmon, Xayrulla Hamidov, Davronbek Mamarasulov, Lola Yunus qizi, Murodxon Ergashev, Alisher Sabriyning ma’ruzalari tinglandi.
Forumda ta’kidlanganidek, 2024 yil badiiy tarjima sohasidagi katta yangiliklar bilan boshlandi. Ulug‘ turk shoiri, Turkiya Respublikasi davlat madhiyasi muallifi Mehmet Okif Erso‘yning “Safahot” kitobi taqdimoti o‘tkazildi. Asarni O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, shoir va tarjimon Miraziz A’zam turk tilidan o‘zbek tiliga o‘girgan. Misr Arab Respublikasida Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romanining arab tiliga qilingan tarjimasi chop etildi. Asar Misrning Al Shams va Luksor universitetlari professori Muhammad al-Jibali tarjimasida “O‘tkan kunlar: Turkistondagi achchiq sevgi qissasi” nomi bilan arab dunyosi o‘quvchilariga ilk marotaba taqdim etildi.
O‘zbek she’riyatining tolmas tarjimoni, tojikistonlik o‘zbek shoiri O‘lmas Jamol tavalludining 90 yilligi O‘zbekiston va Tojikistonda keng nishonlandi.
2024 yilda an’anaviy “Do‘rmon bahori” adabiy forumi tashkil etilganiga 3 yil to‘ldi. Ushbu forum O‘zbekistondagi rusiyzabon ijodkorlarni birlashtirishi bilan birga, o‘zbek adabiyotini rus tiliga tarjima qilish masalalarini muhokama etish bo‘yicha platforma vazifasini o‘tamoqda.
Ayni damda jahon adabiyotining 100 ta sara asarini o‘zbek o‘quvchilariga yetkazish borasida ish olib borilmoqda. Shu paytga qadar 27 ta asar o‘zbek tiliga o‘girilib, chop etish uchun Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligiga jo‘natildi.
“Jahon bolalar adabiyoti durdonalari” 100 jildlik asarlar majmuasini nashrga tayyorlash ishlari davom etmoqda. Hozirga qadar 50 ta asar Badiiy tarjima, Bolalar adabiyoti, Nasr hamda Rus adabiyoti kengashlari tomonidan ko‘rib chiqilib, tegishli xulosalar berildi. Bu majmuaga jahonning besh qit’asi – Osiyo, Yevropa, Afrika, Avstraliya va Amerika bolalar yozuvchilarining asarlari kiritiladi. Bu katta adabiy loyiha 2026 yilda o‘z yakuniga yetadi.
– Tomas Eliot, Xaruki Murakami, Gabriel Garsia Markes kabi ijodkorlar, shuningdek, rus adiblarining asarlari tarjimasi bilan shug‘ullanaman, – dedi shoir va tarjimon Sherzod Komil Xalil. – Xalqlarning madaniy aloqalari yaqinlashuvida badiiy tarjimaning ahamiyati juda katta. Biron asarni ona tilimizga o‘girganda, shu asar xalqlarning madaniyati, tarixi bilan tanishtirishi barobarida ruhiyatimizga ham rang beradi. Prezidentimizning “Badiiy tarjima sohasida Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofotni ta’sis etish to‘g‘risida”gi qarori tarjimonlar uchun katta rag‘bat bo‘ldi.
Darhaqiqat, ushbu qaror bilan yangi-yangi badiiy barkamol asarlarning tarjimasi uchun keng imkoniyatlar eshigi ochilgani aniq.
Parkent ijod uyida bo‘lib o‘tgan Respublika tarjimonlar forumi amalga oshiriladigan ishlarni rejalashtirib olish, galdagi vazifalarni muhokama etib, ularga yechim topishda muhim maydon bo‘lib xizmat qiladi.

Nazokat Usmonova
TURKIY XALQLARNING DO‘STLIK FESTIVALI

Qirg‘izistonning Issiqko‘l hududidagi Cho‘lponota shaharchasida Turk olamining IX-xalqaro sheʼriyat va musiqa festivali hamda turkiy tilli adiblarning kitoblari ko‘rgazmasiga oid xalqaro anjuman o‘tkazildi.
Tadbirda O‘zbekiston, Turkiya, Ozarbayjon, Eron, Tatariston, Boshqirdiston, Chuvashiston, Qozog‘iston kabi yurtlardan adib hamda sanʼatkorlar qatnashdi.
Ochilish marosimini Qirg‘iziston Respublikasining davlat maslahatchisi Suyunbek Qasmambetov ochib, konferensiya ishiga omad tiladi. Tadbirda Xalqaro Chukurova poeziya va musiqa hamjamiyati raisi Xalisa Tekbash, tashkilotning Qirg‘iziston davlatidagi rahbari Joldasbek Monoldorov, O‘zbekistondan Yozuvchilar uyushmasi aʼzolari Sirojiddin Rauf, Nargiza Asadova so‘zga chiqdi.
Anʼanaviy tarzda o‘tkaziladigan mazkur anjuman doirasida ko‘plab adabiy tadbir va safarlar tashkil etildiki, uning asosiy maqsadi turkiy xalqlarning adabiy do‘stligini mustahkamlashdir.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#dunyo_adabiyoti

U daho bo'ladi yoki hech kim...

Dunyo adabiyoti - Jon Steynbek
to'liq video
Ta’ziya

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi jamoasi uyushmaning Buxoro viloyati bo‘limi rahbari Shodmon Sulaymonga padari buzrukvori Sulton boboning vafoti munosabati bilan chuqur hamdardlik bildiradi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
SIROJIDDIN SAYYID AYTMATOV AKADEMIYASI FAXRIY AKADEMIGI BO‘LDI

   Bugun O‘zbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyidga Xalqaro Chingiz Aytmatov akademiyasining faxriy akademigi unvoni berildi. Faxriy akademiklik guvohnomasini O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida Chingiz Aytmatov nomidagi xalqaro Issiqko‘l forumi prezidentining maslahatchisi, Qirg‘iziston-O‘zbekiston do‘stlik jamiyati ijrochi direktori, adib Begijon Ahmedov topshirdi.
   Xalqaro Chingiz Aytmatov akademiyasi 1995-yilda tuzilgan. Uning maqsadi ulug‘ qirg‘iz yozuvchisi Chingiz Aytmatov ijodini tadqiq etish, shu yo‘lda mehnat qilayotgan olimlarni birlashtirishdan iborat. Bugungi kunda Qirg‘iziston Milliy fanlar akademiyasi akademigi Abdullajon Akmataliyev ushbu Akademiyaning prezidenti hisoblanadi.
   O‘z navbatida Begijon Ahmedovga O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi Sirojiddin Sayyid uyushma homiyligida chop etilgan kitoblardan sovg‘a qildi. Shoir ushbu eʼtirof uchun minnatdorligini bildirdi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
2024/09/21 03:20:28
Back to Top
HTML Embed Code: