Telegram Web Link
Yangi kitob

YURAGIMGA YOZILGAN YILLAR

“Yuragimga yozilgan yillar” to‘plamiga O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, yozuvchi, adabiyotshunos, tarjimon, publitsist Ortiqboy Abdullayevning qalamiga mansub eng sara asarlar va badialar tanlab olindi. Ular orasida “Achchiq mevalar”, “Turkistonning qora kunlari”, “1968-yilda Samarqand”, “Oshoba fojiasi”, “Xiva bosqini”, “So‘z mulkiga sayohat”, “Moviy yuksaklarga men ham bir chiqay”, “Poklanish tafakkurdan, yurakdan boshlanadi”, “Shoir yuragining qaldiroqlari”, “Yaxshi niyat qiling, shoirlar” singari mazmundor, dolzarb maqolalar bor. Kitobga muallifning ijodiy safarlar chog‘ida Moskva arxivlaridan ne mashaqqatlar bilan izlab topgan asarlari – Chor bosqinchilarining yuqori martabali zobitlari, ayniqsa, general Skobelevning yovuz kirdikorlari fosh etilgan lavhalari kiritilgani to‘plam qimmatini yana-da oshiradi.

Nashriyot: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi
Adadi: 1000


O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Qardoshlar ko‘prigi

Bugun O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida buyuk ozar shoiri Fuzuliy tavalludining 530 yilligiga bag‘ishlangan adabiy-maʼrifiy kecha o‘tkazildi. Tadbir O‘zbekistonda bo‘lib o‘tayotgan Ozarbayjon madaniyati kunlari doirasida tashkil etildi.
Unda Ozarbayjon va O‘zbekiston madaniyati sohasi vakillari, jumladan, shoir va yozuvchilari, ozar va o‘zbek mumtoz adabiyoti tadqiqotchilari, adabiyot ixlosmandlari ishtirok etdi.
Kechani O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi Sirojiddin Sayyid ochib berdi va ikki xalq do‘stligini, qardoshligini Alisher Navoiy “Xamsa” dostonida bitgani, adabiy aloqalarimiz tobora yuksalib borayotgani, davlatimiz rahbarining topshirig‘i bilan “Turkiy adabiyot durdonalari” majmuasi nashr etilgani, majmuada Ozarbayjon adabiyotiga 16 jild ajratilib, unda Fuzuliy ijodiga ham munosib o‘rin berilganini taʼkidladi.
Shundan so‘ng, Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarberkov, Ozarbayjon Respublikasi madaniyat vaziri Adil Karimli so‘zga chiqdi.
– O‘zbekiston va Ozarbayjonda o‘tkaziladigan tadbirlar bir-birlarisiz o‘tmaydi. Bu ikki xalqni ayro tasavvur qilib bo‘lmaydi, – dedi Ozodbek Nazarbekov. – Xalqlar o‘rtasidagi mehr-muhabbat, do‘stlik rishtalarida hech qanday chegara yo‘q. Biz bir tanu bir jonmiz. Ming yillik munosabatlarga ega qardoshlarmiz. Ikki davlatni turkiy dunyoning tafakkuri, deb aytish mumkin.
– Ozarbayjon-O‘zbekiston o‘rtasidagi do‘stlik aloqalari juda mustahkam. Bu, ayniqsa, adabiy, madaniy va sanʼatlarimizni rivojlantirish yo‘lidagi islohotlarda yaqqol ko‘zga tashlanadi, – dedi Adil Karimli. – Bugun yurtingizda Ozarbayjon madaniyat kunlari o‘tkazilayotgani va undagi diydor zavqi ham shu do‘stlikning bir namunasidir.
Kechada Fuzuliyning ikki jildlik “Kulliyot”i taqdimoti ham o‘tkazildi. Kitob O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomli Ozarbayjon madaniyat markazi tomonidan chop etilgan bo‘lib, bu nashrga Ozarbayjon Milliy fanlar akademiyasi akademigi Isa Habibeyli va O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi Shuhrat Sirojiddinov ilmiy muharrirlik qilgan. Kitobni Karimulla Mammatzoda nashrga tayyorlagan. Kulliyotdagi g‘azallarni fidoyi o‘zbek tarjimoni, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi Xolid Rasul o‘zbek tiliga o‘girgan.
Fuzuliy “Kulliyot”i taqdimoti Fuzuliy va Navoiy ijodiga bag‘ishlangan maʼruzalarga ulandi. Tadbirda so‘zga chiqqan professor Nurboy Jabborov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi Mirzo Kenjabek, Ozarbayjonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi Nizomiy Jaʼfarov, Ozarbayjon Yozuvchilar uyushmasining xalqaro aloqalar va tarjima masalalari bo‘yicha kotibi Salim Babulla o‘g‘li, fuzuliyshunos olim Ruhangiz Jumshud va boshqalar Fuzuliy va Navoiy ijodining zamonaviy bosqichdagi yangi tadqiqotlari, o‘zbek va ozar mumtoz adabiyotini o‘rganish borasidagi hamkorlik, o‘zbek va ozar adabiy aloqalarini yana-da rivojlantirish haqida so‘zladi.
Fuzuliy ijodi To‘xtasin Jalolov, Mirzo Kenjabek, Ochil Ergash, Nurboy Jabborov kabi o‘zbek olimlari tomonidan o‘rganilgan. Xalil Rza Uluturkni o‘zbek adabiyotining Ozarbayjondagi mohir tarjimoni sifatida bilamiz. Uning tarjimachilikdagi katta xizmatlaridan biri Navoiy ijodini ozarbayjon tiliga mahorat bilan o‘girganidir.
Kecha so‘nggida ozarbayjonlik sanʼat ustalari Fuzuliyga bag‘ishlangan bir nechta sahna ko‘rinishlarini ijro etdi, shoir g‘azallari bilan aytiluvchi qo‘shiqlar yangradi. Mehmonlar O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tarixi muzeyi bilan tanishdi.

Zulayho Ahmadjonova tayyorladi.
“Qismat qissalari” taqdimoti

Adabiyot shunday maydonki, unda chuqur bilimga ega, ichki olami, hayot tajribasi boy insonlargina o‘zlari yaratgan  eng sara asarlari orqali  xalq ko‘nglidan munosib joy egallay  oladi.
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Guliston Matyoqubova mana, necha yildirki sermahsul ijodi bilan insonlar qalbiga ezgulik ulashib kelayotgan yuksak iste’dod sohibаsidir. Yaqinda uning yangi “Qismat qissalari” kitobi nashrdan chiqdi va taqdimot kechasi o‘tkazildi. Mazkur асаrda farzandning onaga, onaning farzandga muhabbati, tabiat go‘zalligi, oila, beg‘ubor bolalik taassurotlari keng yoritilgan bo‘lib, milliy qadriyatlarga yo‘g‘rilgan.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi axborot kutubxona  markazida o‘tkazilgan taqdimotda Qoraqalpog‘iston Yozuvchilar uyushmasi raisi Kengesboy  Karimov, “Qoraqalpog‘iston tongi” gazetasi bosh muharriri Nazira Matyoqubova, shuningdek, zamondoshlari, shogirdlari va talabalar ishtirok etди. Унда asarning  mazmuni, adiba ijodining o‘ziga xos qirralari xususida so‘z yuritildi. Ijodkorlar tomonidan yangragan Vatan, ona zamin, sadoqatni madh etuvchi she’riy parchalar davraga o‘zgacha fayz olib kirdi.

Fotima Abduraimova
Jarayondan suratlar
Shahodat Isaxonovaning 75 yillik yubileyini tomosha qiling. 👇

https://fb.watch/sFdC21QUFB/
Qutlov

OZODA BEKMURODOVA

Bugun 12-iyun – O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoira, jurnalist Ozoda Bekmurodova tavallud topgan kun.
Ozoda Bekmurodova 1974-yil 12-iyunda Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumanida tug‘ilgan. Uning "Dilrabo оq shomlar“,” Yurak zarbalari", "Moviy fursatlar" va boshqa sheʼriy to‘plamlari nashr etilgan.
Yozuvchilar uyushmasi jamoasi va ko‘p sonli aʼzolari Ozoda Bekmurodovani tug‘ilgan kuni bilan tabriklab, shoiraga sog‘lik-omonlik, ijodiy bardavomlik tilaydi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Yot ellarning bog‘i bilan bog‘chasi,
O‘z yurtimning yantog‘icha bo‘lolmas.

Mahtumquli

O‘zga yurtning gullar o‘pgan ko‘chasi,
dengizlari
nilufari, g‘unchasi.
daryolari,
sohillari, bog‘chasi.
Ko‘kni quchgan moʻjizasi,
darchasi.
O‘z yurtimning tuprog‘icha bo‘lolmas.
Yot ellarda ko‘nglim yashnab kulolmas.

Garchi uchdim yulduzlarning qanotida,
Nasim bo‘ldim sog‘inchlarning sirotida.
Balki alvon jilvalarga maftun bo‘ldim...
Ruh bermadim ruhsizlarning bayotiga.
Menga hech kim o‘z elimdek bo‘lolmas.
Yot ellarda ko‘nglim yashnab kulolmas.

Nurlar ko‘rdim osmon bilan bo‘ylashgan,
Sirlar ko‘rdim, sinoatdan so‘ylashgan,
Uchayotgan turnalarni tinglasam,
Oshiyonining sevgisidan kuylashgan.
O‘zga yurtda ko‘nglim yashnab kulolmas.
Dil gardimni abru nayson yuvolmas.

Yantoqgullar- bolaligim bayrog‘i,
Xoru xasi, o‘lanlari, yaprog‘i.
Jonga malham qushlarining sayrog‘i.
To‘tiyodir itlarining tirnog‘i,
O‘z yurtimda raqib sochim silolmas
Yot ellarda ko‘nglim yashnab kulolmas.

El hajrini g‘aribalar biladi...
Yurt ishqida sarg‘ayadi, so‘ladi...
O‘z elimda ko‘kka boqsam o‘saman
Nafas olsam olamlarim to‘ladi!
Tug‘yonimni zebu zarlar ololmas,
Yot ellarda ko‘nglim yashnab kulolmas.

Ozoda Bekmurodova
Adiba, tarjimon Shahodat Isaxonova tavalludining 75 yilligiga bag‘ishlangan ma‘naviy-ma‘rifiy tadbir hamda "Sulton Jaloliddin Manguberdi”, "Bibixonim", "Nodirai davron”, "Gavharshod begim" kitoblari taqdimotidan fotosuratlar.

Muallif – Ahmad To'ra.
2024/09/22 19:22:11
Back to Top
HTML Embed Code: