Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ma’rifat ulashganlar bilan muloqot
Kecha Yozuvchilar uyushmasida oliy ta’lim muassasalari, umumta’lim maktablari va mahallalarda o‘tgan “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasidagi madaniy-ma’rifiy tadbirlar samaradorligini oshirish mavzusida amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.
Unda Prezident Administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamenti sho‘ba mudiri Abduxalil Mavrulov, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi Sirojiddin Sayyid, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Shohrux Daliyev hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari ishtirok etdi.
Amaliy seminar davomida “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida foydalanish uchun tavsiya etiladigan qo‘llanma taqdimoti o‘tkazildi. Loyihaning samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha ishtirokchilarning taklif va tavsiyalari tinglandi.
Yakunda esa loyihada ishtirok etgan barcha shoir va yozuvchilarga Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tashakkurnomasi topshirildi.

🗣“Ma’rifat ulashib” loyihasi o‘tkazilgan amaliy seminardan fotolavhalar
▶️ Fotolavhalarni ko‘rish
👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube

Telegraph
“Ma’rifat ulashib” loyihasi o‘tkazilgan amaliy seminardan fotolavhalar
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi Bobur Bobomurod "Sport" telekanalining "Harakatda bo‘l!" ko‘rsatuvi mehmoni bo‘ldi.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati

Taklifnoma
31-may kuni Yozuvchilar uyushmasi tomonidan O‘zbekiston Qahramoni, xalq shoiri Erkin Vohidov xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazilаdi. Soat 08:30 da Chig‘atoy qabristoniga ziyoratga boriladi, 09:30 da Adiblar xiyobonidagi shoir haykali poyida gul qo‘yish marosimi, soat 10:00 da uyushmaning majlislar zalida adabiy-maʼrifiy kecha hamda “Faust” va “So‘z latofati” kitoblari yangi nashrlari taqdimoti bo‘lib o‘tadi.
Barchangizni ushbu tadbirlarga taklif etamiz.

30-may - O‘zbekiston xalq shoiri Mirtemir tavallud topgan kun
SHOIRLAR
(Esdaliklardan)
Uch-to‘rt shoir to‘planib olib,
Bir-birlarin maqtashar biyron:
-Men Pushkinman, sen – Mirzo G‘olib,
U – Navoiy, bu esa – Bayron.
Alahlashar bitta niyatda:
Uni yo‘qot, bunisin yemir.
To tonggacha Adabiyotda
Ter to‘kadi yolg‘iz Mirtemir.
09.03.2009-yil
Abdulla Oripov
@abdullaorifijodi
SHOIRLAR
(Esdaliklardan)
Uch-to‘rt shoir to‘planib olib,
Bir-birlarin maqtashar biyron:
-Men Pushkinman, sen – Mirzo G‘olib,
U – Navoiy, bu esa – Bayron.
Alahlashar bitta niyatda:
Uni yo‘qot, bunisin yemir.
To tonggacha Adabiyotda
Ter to‘kadi yolg‘iz Mirtemir.
09.03.2009-yil
Abdulla Oripov
@abdullaorifijodi
* Jarayon
Buxoro davlat universiteti filologiya fakultetida taniqli shoir va tarjimon, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining ijodiy ishlar bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Minhojiddin Mirzo bilan ijodiy uchrashuv o‘tkazilmoqda.

Ma‘rifat ulashib
“Ma‘rifat ulashib” loyihasi doirasida Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida elimiz suygan adiblar - Nurilla Choriyev hamda Sardor Hamrayev bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Dastlab adiblar universitet rektori Dr. Chidem Turkyilmaz bilan muloqotda bo‘ldi. Unda bugungi adabiy islohotlar xususida fikrlar almashildi.
Adiblar universitet kutubxonasidagi ilmiy va badiiy kitoblar, talabalarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Ijodkorlarning yoshlar bilan yuzma-yuz uchrashuvi ko‘tarinki ruhda o‘tdi. Tadbir davomida taʼlim dargohi hovlisiga yozuvchilar, pedagoglar, talabalar ishtirokida daraxt ko‘chatlari ekildi.
SamDAQU Axborot xizmati