Telegram Web Link
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Tahlilnoma | O’zbek she’riyati fenomeni – Erkin Vohidov
Yangi kitob

BURGUT CHO‘QQI

Muallif sara asarlari bilan nafaqat qoraqalpoq, balki o‘zbek o‘quvchilarga ham yaxshi tanish. To‘plamga ijodkorning har xil janr va mazudagi asarlari yig‘ilgan. Ko‘pchiligi markaziy matbuotda chop etilgan, o‘quvchilar tomonidan qizg‘in kutib olingan.
To‘plamni o‘qib, muallifning o‘ziga xos yo‘lga, mahoratga ega yozuvchi ekanligiga amin bo‘lasiz.

Homiy: O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi
Nashrga tayyorlovchi: Rustam Musurmon
Tarjimonlar: R.Otayev, M.Ahmad, R.Musurmon, F.Mirzaboyeva, G.Polvonova, A.Aqnazarov, H.Ahmedov, B.Umarov
Nashriyot: “Adabiyot”


O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
TAKLIFNOMA

O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasida 28-may kuni soat 15:00da Qoraqalpog‘iston xalq yozuvchisi, "Do‘stlik" ordeni sohibi Allanazar Abdiyev tavalludining 60 yilligiga bag'ishlangan ijodiy uchrashuv hamda "Burgut cho‘qqi” kitobining taqdimoti boʻlib o'tadi.
Ushbu tadbirga barchani chorlaymiz.

Manzil: Chilonzor tumani, Bunyodkor ko‘chasi, Adiblar xiyoboni

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Uyushma faoliyatidan

MUZEY YANGI EKSPONATLAR BILAN BOYIDI

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tarixi muzeyi kundan kunga yangi eksponatlar bilan boyib bormoqda.
Bugun O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi Sirojiddin Sayyid muzey mutaxassisi Munira Ramazonovaga uyushma jamoasining qo‘lga kiritgan bir qancha yutuqlarini aks ettiruvchi esdaliklarni topshirdi. Xususan, ular orasida “Adabiyot” nashriyotining 2022-yil 2-4-noyabr kunlari bo‘lib o‘tgan III Toshkent xalqaro kitob ko‘rgazma-yarmarkasidagi “Tarixiy mavzudagi eng yaxshi nashr” nomli, II Respublika kitobxonlik haftaligidagi “Milliy adabiyotimiz va yosh mualliflarni qo‘llab-quvvatlagani uchun” nomli statuetkalari, Sudyalar oliy kengashining esdalik sovg‘asi edi. Shuningdek, ular orasida ijodkorlarning kitoblari ham mavjud.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
QORAQALPOG‘ISTONDA MA’RIFAT ULASHIB...

Loyiha doirasida bu diyordagi talim muassasalarida taniqli shoir, “Do‘stlik” ordeni sohibi Aziz Said ishtirokida kechgan manaviy tadbirlarga ham yoshlar qamrab olindi.
Dastlabki manzil Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali bo‘ldi.
Shoir talabalar bilan erkin muloqot olib bordi, ularni qiziqtirgan savollarga javob berdi.
Adib muassasa kutubxonasiga hamda istedodli talabalarga o‘z kitoblaridan sovg‘a qildi.
Shundan so‘ng mehmon filial bog‘iga ramziy ko‘chat o‘tkazish marosimida ishtirok etdi.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filialida kechgan uchrashuv ham yosh ijodkorlar uchun ayni muddao bo‘ldi. O‘z navbatida, talabalar tomonidan namoyish etilgan “Kitob o‘g‘risi” spektakli shoir hayratiga sabab bo‘ldi.
Tashrif doirasida Nukus shahridagi 47-maktab o‘quvchilariga ham ma’rifat ziyosi ulashildi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
2024/09/23 23:17:22
Back to Top
HTML Embed Code: