Telegram Web Link
Bolalarni kuylamoq - baxtim

1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamda Turon axborot-kutubxona markazi hamkorligida bolalar shoiri Saodat Tojining "Bolalarni kuylamoq – baxtim" nomli kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Kechada uyushma aʼzolari – Sharofat Ashurova, Amirqul Karim, Momoxol Elmurodova, Zahro Hasanova, Zamira Ibrohimova, Dilshod Rajab, Farog‘at Xudoyqulova, Elvira Daukayeva, pedagoglar, yoshlar qatnashdi.
Tadbirni O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Bolalar adabiyoti kengashi raisi Orif To‘xtash ochib berdi. Unda taniqli bolalar shoiri va yozuvchilar so‘zga chiqib, shoirning o‘ziga xos insoniy fazilatlari, ijodiy faoliyati haqida yoshlarga o‘z taassurotlari bayon qildi.
– Ustoz Saodat Toji o‘zining bolalarcha beg‘ubor qalbi va xarakteri, sodda, ravon tilda yozilgan ijodi bilan bizga namuna bo‘lgan, qalbimizda adabiyotga mehr uyg‘otgan xassos shoirdir, – dedi shoir Amirqul Karim. – U kishi viloyatda yashab turib, ustozi Quddus Muhammadiy bilan doimo birgalikda adabiy maydonda qalam tebratdi. Har bir sheʼrida bolalar uchun ibrat bo‘ladigan ijodiy kayfiyati, kattalar uchun ham shunday muhim ahamiyat kasb etadi.
Tadbir so‘nggida Milliy gvardiya askarlari va Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi o‘quvchilariga shoirning yangi kitobidan ulashildi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Bolalarni kuylamoq – baxtim

IMTIHON


O‘qituvchim oldida,
Qolmay uyalib,
Deya, hatto o‘qidim,
Uyqudan qolib.
Do‘stlar kelsa so‘roqlab,
Imtihon dedim.
Kitob-daftar varaqlab,
Tinmay o‘qidim.
“Ikki” yoqmas hech kimga,
Bu yomon baho.
Ayting kimga ham yoqmas,
“Yaxshi” yo “aʼlo”,
Besh imtihon topshirdim,
Do‘stlar bari “besh”.
Taʼtildaman men hozir,
Ishim dam olish.


IKKI JO‘JA

Tuxumdan chiqdi jo‘ja,
Biri qora, biri oq.
Bir-biriga qarashib,
Xo‘mrayib turdi biroq.
Oqi deydi: – Nari tur,
Buncha afting qop-qora.
Qorasi der: – Shoshmay tur,
Sen o‘zing kim, tasqara?
Ikki jo‘ja urushib,
Turar edi, kun sovuq.
Bolalarini ko‘rib,
Koyidi ona tovuq.
Besh kunlik bu dunyoda,
Janjallashmay turingiz.
Bozorlarda go‘sht qimmat,
Qurimasin sho‘ringiz.

Saodat Toji
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Millat ustozlari —  bir qancha avlodlarning didini, qalbini, farosatini tarbiyalaydi.

Ustoz va shogirdlik anʼanasi  merosdir!
Ustoz-kitoblar bor!

“Ustoz” loyihasi mehmoni — O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, shoir Eshqobil Shukur.
Yangi kitob

QALBIM ARDOG‘I

(O‘zbekiston Qahramoni, xalq shoiri Erkin Vohidov rafiqasi nazdida)


   O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidovning sheʼrlarini yod olmagan, ijodiga qiziqmagan kishi bo‘lmasa kerak. Adabiyot ixlosmandlari tomonidan shoirning sheʼrlari doimo iliq kutib olingan, ijodi yuqori baholangan. Darhaqiqat, Erkin Vohidovning hayot yo‘li ham sheʼrlari singari go‘zal, mazmunga boy va salmoqli bo‘ldi. Taʼbir joiz bo‘lsa, shoir o‘zining sermazmun satrlarida, zalvorli dostonlarida hamon sheʼriyat shaydolarini xushnud etmoqda, ikkinchi umrini yashamoqda.
   Mazkur to‘plam O‘zbekiston Qahramoni, xalq shoiri Erkin Vohidovning munis rafiqasi Gulchehra Vohidovaning umr yo‘ldoshi bilan kechirgan yillari haqidagi samimiy, yorqin hamda yaqinlari, farzandlarining mehrga to‘liq xotiralarini qamrab olgan.
   Umid qilamizki, “Qalbim ardog‘i” kitobi cheksiz muhabbat, sadoqat ramzi sifatida “Oybegim mening”, “Chorak asr hamnafas” kitoblari qatoridan o‘rin egallaydi.

Muallif: Gulchehra Vohidova
Loyiha rahbari: Xurshid Vohidov
Masʼul muharrir: Xurshid Do‘stmuhammad
Muharrir: Ulug‘bek Xalilov
Texnik muharrir: Ahmad To‘ra
Dizayner: Muhammadxon Yusupov
Musahhih: Gulnoza Ergasheva
Adadi: 2000
Nashriyot: "IJOD NASHR”


O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Yangi kitob

ISHQ HANDASASI

   O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi Gulandom Tog‘ayeva ovozi  hech kimnikiga o‘xshamagan shoira. Uning ko‘ngil kemasi maʼnolar dengizining eng chuqur yeriga langar tashlagan. Go‘dak tengqurlari oltin baliqni orzu qilib yurgan kezlardayoq u "Qachon tug‘iladi Navoiy, dunyo?!", "Yangi Navoiyga ona bo‘lsaydim" deb yozgan edi.
   Shoiraning "Ishq handasasi" sheʼriy to‘plamidan uning turli yillarda yozilgan eng sara sheʼrlari o‘rin olgan. Beg‘uborlik, jo‘shqinlik, teran mung, ishq, o‘zbek qizining ibo-hayosi, andishasi... bir so‘z bilan aytganda, nozik qalb jozibasi bor bo‘yi bilan nomayon bo‘ladi, uning sheʼrlarida. Begidir tuyg‘ular jilosi, betakror ohang harorati adabiyot ixlosmandlarini befarq qoldirmaydi, deb umid qilamiz.

Masʼul muharrir: O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi Shuhrat Azizov

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Tahlilnoma | O’zbek she’riyati fenomeni – Erkin Vohidov
Yangi kitob

BURGUT CHO‘QQI

Muallif sara asarlari bilan nafaqat qoraqalpoq, balki o‘zbek o‘quvchilarga ham yaxshi tanish. To‘plamga ijodkorning har xil janr va mazudagi asarlari yig‘ilgan. Ko‘pchiligi markaziy matbuotda chop etilgan, o‘quvchilar tomonidan qizg‘in kutib olingan.
To‘plamni o‘qib, muallifning o‘ziga xos yo‘lga, mahoratga ega yozuvchi ekanligiga amin bo‘lasiz.

Homiy: O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi
Nashrga tayyorlovchi: Rustam Musurmon
Tarjimonlar: R.Otayev, M.Ahmad, R.Musurmon, F.Mirzaboyeva, G.Polvonova, A.Aqnazarov, H.Ahmedov, B.Umarov
Nashriyot: “Adabiyot”


O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
TAKLIFNOMA

O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasida 28-may kuni soat 15:00da Qoraqalpog‘iston xalq yozuvchisi, "Do‘stlik" ordeni sohibi Allanazar Abdiyev tavalludining 60 yilligiga bag'ishlangan ijodiy uchrashuv hamda "Burgut cho‘qqi” kitobining taqdimoti boʻlib o'tadi.
Ushbu tadbirga barchani chorlaymiz.

Manzil: Chilonzor tumani, Bunyodkor ko‘chasi, Adiblar xiyoboni

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Uyushma faoliyatidan

MUZEY YANGI EKSPONATLAR BILAN BOYIDI

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tarixi muzeyi kundan kunga yangi eksponatlar bilan boyib bormoqda.
Bugun O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi Sirojiddin Sayyid muzey mutaxassisi Munira Ramazonovaga uyushma jamoasining qo‘lga kiritgan bir qancha yutuqlarini aks ettiruvchi esdaliklarni topshirdi. Xususan, ular orasida “Adabiyot” nashriyotining 2022-yil 2-4-noyabr kunlari bo‘lib o‘tgan III Toshkent xalqaro kitob ko‘rgazma-yarmarkasidagi “Tarixiy mavzudagi eng yaxshi nashr” nomli, II Respublika kitobxonlik haftaligidagi “Milliy adabiyotimiz va yosh mualliflarni qo‘llab-quvvatlagani uchun” nomli statuetkalari, Sudyalar oliy kengashining esdalik sovg‘asi edi. Shuningdek, ular orasida ijodkorlarning kitoblari ham mavjud.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
2024/09/23 19:20:50
Back to Top
HTML Embed Code: