Telegram Web Link
Yangi kitob

ODAMIYLIK SIYRATI

Odatda ulug‘ ustozlar haqida ular bu yorug‘ olamni tark etishganidan keyin yozamiz. Ibratli ishlari, yuksak insoniy fazilatlari, el-yurt manfaati yo‘lidagi fidoyiliklari, kamtarona turmush tarzlari haqida to‘lib-toshib gapiramiz, taʼsirchan xotiralar yozamiz. Aslida buning aksi bo‘lishi kerak.
Taniqli olim, milliy matbuotimizning tolmas tadqiqotchisi, ijodi va umrini shu zahmatli ishga bag‘ishlagan, ko‘plab isteʼdodli yoshlarni ilmga chorlagan Boybo‘ta Do‘stqorayev haqida endi yozayotganimiz yo‘q. Ammo ushbu to‘plam orqali eʼtiboringizga havola etilayotgan xotiralarda ustoz ilmiy merosining yangi-yangi qirralari g‘oyat samimiy ochib beriladiki, ularni o‘qish muhtaram kitobxonlar uchun ko‘p jihatdan foydali bo‘lishi, shubhasiz.
Kitob O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi homiyligida chop etildi.

Masʼul muharrirlar: Ahmadjon Meliboyev, G‘ayrat Majid
Nashriyot: “Adabiyot”


O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Yangi kitob

JAR YOQASIDAGI MASXARABOZ

“Vaqtga taʼrif berarkanman, uni do‘st deyishga ham, dushman atashga ham ikkilanib qolaman. Qancha qadrlasang, shu qadar ehtirom ko‘rsatadi. Nima qilayotganimni tushunib-tushunmay, tirikchilik tashvishlaridan xalos bo‘lish ilinjidagi urinishlar bilan qirqni qoralayapman. Shu yoshimda o‘zimni bir jamlagim keldi.
Ushbu moʻjaz kitobda jurnalistika sohasidagi faoliyatim mahsuli to‘plandi. Kimgadir, qayerdadir nafi tegsa, umrim uzaygandek tuyuladi”.
– Bu so‘zlar jurnalist, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Aziz Norqulovniki.
"Isteʼdodli jurnalist va mahoratli qalamkash Aziz Norqulovning bitiklari muttasil ravishda fikrlayotgan, faqat o‘zini o‘ylamay, jamiyat hayoti uchun kuyinayotgan, jonajon Vatani va ona xalqining ertangi kuni uchun chin dildan qayg‘urayotgan millat ziyolisining fikrlarini ifodalagani jihatidan qimmatlidir", deyiladi kitob so'zboshisida.
Uning kitob javoningizni bezaydigan maqolalaridan iborat benazir to‘plamdan bahramand bo‘ling.

So‘zboshi muallifi: filologiya fanlari doktori, professor Nurboy Jabborov
Nashriyot: “Oltin meros press”
Chop etilgan yili: 2024-yil


O ‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Buxoroda o‘tkazilgan “Vatan manzumasi” adabiy-ma’rifiy tadbiri tafsilotlari – “My 5” telekanalining “Hudud” informasion dasturi talqinida.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ахborot 24 | «Vatandoshlar» jamoat fondi vakillari Tojikistondagi vatandoshlarimiz bilan uchrashdi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"To‘palang" — Xalq uchun, inson qadri uchun" nomli hujjatli filmni tomosha qiling. Undan O‘zbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyid va filologiya fanlari doktori, navoiyshunos Olimjon Davlatovning intervyulari o‘rin olgan.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan yurtimizga kelgan Rossiya Prezidenti Vladimir Putinni samimiy kutib oldi.
Rossiya Prezidenti «Yangi O‘zbekiston» majmuasiga tashrif buyurdi

Anʼanaga ko‘ra, Rossiya rahbari Mustaqillik monumentiga gulchambar qo‘ydi.

Batafsil 👉 https://yuz.uz/a/uz/101097
Bolalarni kuylamoq - baxtim

1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamda Turon axborot-kutubxona markazi hamkorligida bolalar shoiri Saodat Tojining "Bolalarni kuylamoq – baxtim" nomli kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Kechada uyushma aʼzolari – Sharofat Ashurova, Amirqul Karim, Momoxol Elmurodova, Zahro Hasanova, Zamira Ibrohimova, Dilshod Rajab, Farog‘at Xudoyqulova, Elvira Daukayeva, pedagoglar, yoshlar qatnashdi.
Tadbirni O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Bolalar adabiyoti kengashi raisi Orif To‘xtash ochib berdi. Unda taniqli bolalar shoiri va yozuvchilar so‘zga chiqib, shoirning o‘ziga xos insoniy fazilatlari, ijodiy faoliyati haqida yoshlarga o‘z taassurotlari bayon qildi.
– Ustoz Saodat Toji o‘zining bolalarcha beg‘ubor qalbi va xarakteri, sodda, ravon tilda yozilgan ijodi bilan bizga namuna bo‘lgan, qalbimizda adabiyotga mehr uyg‘otgan xassos shoirdir, – dedi shoir Amirqul Karim. – U kishi viloyatda yashab turib, ustozi Quddus Muhammadiy bilan doimo birgalikda adabiy maydonda qalam tebratdi. Har bir sheʼrida bolalar uchun ibrat bo‘ladigan ijodiy kayfiyati, kattalar uchun ham shunday muhim ahamiyat kasb etadi.
Tadbir so‘nggida Milliy gvardiya askarlari va Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi o‘quvchilariga shoirning yangi kitobidan ulashildi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
2024/09/23 21:31:58
Back to Top
HTML Embed Code: