Telegram Web Link
Buxoro

ASRLARGA TATIGULIK UMRLAR

Ayni kunlarda viloyatimizda shoir va tarjimon Tilak Jo‘ra tavalludining 77 yilligiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, xotira kechalari, ilmiy-adabiy anjumanlar o‘tkazilmoqda.
Shoir tahsil olgan Qorako‘l tumanidagi 5-maktabda bo‘lib o‘tgan “Menikidir har aytgan so‘zim” nomli xotira kechasi hamda Buxoro davlat pedagogika institutida o‘tkazilgan “Satrlarda barhayot siymolar” mavzusidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir shoir xotirasiga ehtiromning yorqin namunasi bo‘ldi.
Har ikki tadbirda Muhammad Yusufning rafiqasi Nazira as-Salom ishtirok etib, yig‘ilganlarga Tilak Jo‘ra va Muhammad Yusuf shaxsiyati, ular orasidagi ijodiy aloqalar xususidagi xotiralarini bo‘lishdi.
Qorako‘l tumanidagi 5-maktabda shoir-yozuvchilar, ma’naviyat va ma’rifat targ‘ibotchilari, ijodiy uyushmalar vakillari, shoirning viloyatda istiqomat qilayotgan turli yoshdagi muxlislari, maktab jamoasi hamda shoirning oila a’zolari jam bo‘ldi.
So‘z olganlar ijodkorning asarlari, insoniy fazilatlari xususida fikr bildirishdi, she’rlaridan namunalar aytishdi.
O‘quvchi-yoshlarning shoir she’rlari asosida tayyorlagan chiqishlari yig‘ilganlarga xush kayfiyat ulashdi.
Institutga kelgan mehmonlarga dastlab talaba va professor-o‘qituvchilarning ilmiy, ijodiy, qo‘l ishlarini aks ettiruvchi ko‘rgazma tanishtirildi.
Oliy o‘quv yurti yig‘ingohida kechgan muloqot tadbir ishtirokchilari, ayniqsa, talaba-yoshlar uchun foydali va unutilmas taassurotlarga boy bo‘ldi.
“Umrboqiy meros” O‘zbekiston madaniyati va san’ati targ‘ibot markazi tashabbusi bilan tashkil etilgan mazkur tadbirda viloyatdagi Yozuvchilar uyushmasi a’zolari, institutda faoliyat olib borayotgan adabiyotshunos olimlar, milliy madaniy markazlar vakillari, mahalliy ijodkorlar ishtirok etib, ikki shoir haqidagi dil so‘zlarini izhor etdilar.
Talabalarning shoir she’rlari asosida tayyorlagan, nazm va navoga yo‘g‘rilgan chiqishlari barchaga manzur bo‘ldi.
Yakunda adiblarimiz ijodini yoshlar orasida targ‘ib qilishdagi faolligi uchun institut jamoasi taqdirlandi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi
Buxoro viloyati bo‘limi
Tilak Jo‘ra xotirasiga bag‘ishlab Qorako‘l tumanida o‘tkazilgan tadbirdan suratlar.
Tilak Jo‘ra xotirasiga bag‘ishlab Buxoro davlat pedagogika institutida o‘tkazilgan tadbirdan suratlar.
Zomin — 2024

MUNOSIBLAR SARALANMOQDA

   Jizzax viloyatida respublika yosh ijodkorlari an’anaviy Zomin seminarining Jizzax, Samarqand hududiy saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi.
   Adabiyotning she’riyat, nasr, badiiy publitsistika, badiiy tarjima, bolalar adabiyoti, dramaturgiya hamda adabiy tanqid yo‘nalishlari bo‘yicha ijod qilib kelayotgan har ikki viloyat yosh ijodkorlari sho‘balarda o‘z imkoniyatlarini namoyon etishdi.  
   Yozuvchilar uyushmasi raisining ijodiy ishlar bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Minhojiddin Mirzo boshchiligida Jizzax shahriga kelgan uyushma a’zolari — O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Munavvara Usmonova, tarjimon Begoyim Xolbekova, ”Yoshlik” jurnali bosh muharriri Nurilla Chori, shoir Shodi Otamurod kabi ustoz ijodkorlar yoshlarga mahorat saboqlari berib, ularning ijodiy ishlarini saralashdi.
   Yakunda barcha ishtirokchilarga O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining sertifikat hamda sovg‘alari topshirildi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Jizzax viloyati bo‘limi
2024/07/01 03:35:42
Back to Top
HTML Embed Code: