Telegram Web Link
To‘ra Sulaymon tavalludining 90 yilligi

EHTIROM

“Boy bolasi, bek bolasi, Tangrining quli, O‘zbekning uli Abdunabi! Siz maʼnaviy jihatdan bu yurgan odamlarning hammasidan boysiz”.

   Ustoz To‘ra Sulaymonning bizga sovg‘a qilingan “Intizor” nomli sheʼriy risolachasidagi dastxati


Sayhunning bo‘ylari soz,
Lochin, turna, g‘oz bilan.
Dala-dashti, qo‘y-qo‘zi,
Cho‘pon dili – roz bilan.

Yellarda yolqin yolli,
Yildirim do‘nanlari.
Irlarida yayraydi,
Ming yillik o‘lanlarim.

Qizlari sho‘x, cho‘h qaysar,
Jo‘q, dedimi, jo‘q, tamom.
Chinozdan o‘tolmaysan,
Boshqa yo‘li yo‘q, tamom.

Vodiylarda izg‘ima,
O‘xshashini topmaysan.
Suruv-suruv qo‘yli bo‘l,
Suluviga yoqmaysan.

Sirdaryoda “siz-biz”ing,
Kekkayishing ketmaydi.
Qirq qozonda “jiz-biz”ing
Bir ovulga yetmaydi.

To‘ylarida to‘rt polvon
To‘qqiz to‘qli yeb ketar.
Ko‘pkariga Kesh, Surxon,
Xorazm ham kep ketar.

Yurtlar kezdim bir jozib,
Bug‘day so‘z, tuz, noni bor.
Sirdaryoga taraf yo‘q,
To‘ra Sulaymoni bor.

Ustoz umrim arqoni,
Tuyangizga tuk bo‘lmas.
Borim – yozgan, yiqqonim
Qirchang‘izga yuk bo‘lmas...

Ustoz, bizni yo‘qlabsiz,
Sizni Xudo yo‘qlasin!..

2005


***
Ketma bahor, ketma...
To‘ra Sulaymon

Bahmaljon,
Bag‘ringga bahorlar qaytdi,
Hamal epkinlari ifori g‘olib.
Chechaklar, chiviqlar qo‘shiqlar aytdi,
To‘ra Sulaymondan ulgular olib.

Bahor yana qaytdi, kechmishin qumsab,
Irmoqni qitiqlab yalpiz qiqirlar,
Qo‘y qo‘zilar yayrab, toychoq dikirlab,
So‘qmoqlar qirlardan shoirin izlar.

Assalom, Tangritog‘, tog‘lar otasi,
Bu yil ko‘klam senga qaytdi o‘zgacha.
Bu shamol, To‘rangdan sog‘inchli sasdir,
Har bir g‘uncha bir bayt, baytki, o‘zgacha!

O‘zbekning har kenti, har bir go‘shasi
Ushbu nomni bugun qo‘yar boshiga.
To‘ra Sulaymon deb, qancha yo‘l bosib,
Mana, biz ham keldik “To‘qson oshi”ga.

Bahmaljon,
Bormisan, sog‘ omonmisan?
Yo‘qlab kelmoq asli erur-ku burchim.
Kel, bugun qoshingda qilayin taʼzim,
To‘ra Sulaymonni tuqqaning uchun!

09.04.2024

Abdunabi Boyqo‘ziyev
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi
Forwarded from UzReport.news
Shavkat Mirziyoyev Erkin Vohidov ijodiga bagʻishlangan adabiy festival qatnashchilariga tabrik yoʻlladi

“Green Hills Resort” dam olish maskanida bo’lib o’tgan tadbirda qatnashgan Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov davlat rahbarining tabrigini oʻqib eshittirdi.

Prezident ushbu tadbir tashkilotchilari, jumladan “UzReport” telekanali jamoasiga samimiy minnatdorchilik bildirib, ushbu adabiy festivalni har yili anʼanaviy tarzda oʻtkazish taklifini qoʻllab-quvvatladi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/politics/shavkat-mirziyoyev-erkin-vohidov-ijodiga-bag-ishlangan-adabiy-festival-qatnashchilariga-ta

Lotin|Кирилл
Taklifnoma

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida bugun, 24-may kuni soat 15:00da uyushma aʼzosi, yozuvchi Nosir Zohid tavalludining 70 yilligiga bag‘ishlangan ijodiy kecha bo‘lib o‘tadi.
Barchangizni ushbu tadbirga taklif etamiz.

Manzil: Chilonzor tumani, Bunyodkor ko‘chasi, Adiblar xiyoboni

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
BEDORLIK GULCHEXRA CHAXOBIDDIN QIZI 1 QISM
“O‘zbekiston” radiokanalining “Bedorlik” dasturida Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoira Gulchehra Shahobiddin qizi tavalludining 60 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan tadbir efirga uzatildi.

Muharrir: Bahriddin Maxmadaliyev
Zomin 2024

SARALASH BOSQICHI

Rеspublika yosh ijodkorlarining an’anaviy Zomin sеminari hududiy bosqichi 23- may kuni Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida “Jizzax oqshomlari” shе’riyat kеchasi bilan boshlandi. Unda O‘zbеkiston Yozuvchilar uyushmasi raisining ijodiy ishlar bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Minhojiddin Mirzo, “Yoshlik” jurnali bosh muharriri Nurilla Chori, O‘zbеkiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari Bеgoyim Xolbеkova, Shodi Otamurod, Sayfiddin Okanov, istе’dodli yosh shoir Niyatullo Elbеk qatnashdi. Tadbirni O‘zbеkiston Yozuvchilar uyushmasi Jizzax viloyati bo‘limi rahbari Mеhribon Abdurahmonova olib bordi.
Shе’riyat kеchasida ustozlar va yoshlar tomonidan shе’rlar, tarjimalar o‘qilib adabiyot, kitobxonlik haqida suhbatlar bo‘lib o‘tdi. Mushoirada ustoz shoirlar, Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari va ijodkor yoshlar ishtirok etdi.

O‘zbеkiston Yozuvchilar uyushmasi Jizzax viloyati bo‘limi
2024/06/26 04:19:25
Back to Top
HTML Embed Code: