Telegram Web Link
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Intellektual mulk obyektlaridan foydalanish hamda tijoratlashtirish boʻyicha qoʻllanma jamoatchilikka taqdimot qilindi

Bugun, 3-oktabr kuni Adliya vazirligida Butunjahon Intellektual mulk tashkiloti bilan hamkorlikda “Gʻoyalarni tijoratlashtirish” oʻquv qoʻllanmasi va “WIPO IP Diagnostics” instrumenti taqdimoti boʻlib oʻtdi.

Unda BIMT, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Fanlar akademiyasi, Savdo-sanoat palatasi, Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi, boshqa vazirlik va idoralar hamda OAV vakillari, shuningdek, tadbirkorlik subyektlari va hunarmandlar ishtirok etdi.

Tadbirda adliya vaziri oʻrinbosari Muzraf Ikramov oxirgi yillarda mamlakatda intellektual mulkni huquqiy muhofaza va himoya qilish sohasida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar haqida gapirib oʻtdi.

Xususan, Oʻzbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida intellektual mulk obyektlarining oʻrnini oshirish maqsadida intellektual mulk tizimini qoʻllab-quvvatlash, tadbirkorlarda ulardan foyda olish koʻnikmasini shakllantirish, ixtirochilar, mualliflar, dizaynerlar hamda boshqa intellektual faoliyat natijasi egalarining huquq va manfaatlarini samarali himoya qilish borasida amalga oshirib kelinayotgan ishlar haqida maʼlumot berildi.

Mahalliy va xorijiy ekspertlar soʻnggi besh yilda intellektual mulk sohasini rivojlantirish boʻyicha amalda oshirilgan salmoqli ishlarni eʼtirof etib, ushbu islohotlarning davomi sifatida intellektual mulk obyektlarini tijoratlashtirish uchun ularni baholash institutini yanada takomillashtirish, aholi, jumladan tadbirkorlik subyektlarida intellektual mulk haqidagi xabardorlik darajasini oshirish, ularda bunday obyektlardan foyda olish yoʻlida oqilona foydalanish koʻnikmasini shakllantirish soha rivojidagi dolzarb masala ekanligini taʼkidlab oʻtdi.

Tadbirning asosiy qismi – “Gʻoyalarni tijoratlashtirish” oʻquv qoʻllanmasi va “WIPO IP Diagnostics” instrumenti taqdimotidir. Uning doirasida BIMT, Toshkent davlat yuridik universiteti va Adliya vazirligi vakillari tomonidan tegishli materiallarning mazmun-mohiyatini tushuntirilib, ulardan foydalanish va qanday ijobiy natijalarga erishish mumkinligi haqida batafsil maʼlumot berildi.

Tadbir yakunida ishtirokchilarning fikr-mulohazalari tinglandi, qiziqtirgan savollarga javoblar berildi.

📹 Tadbir tafsilotlari

@adliyaimd
“Yashnobod” innovatsiya texnoparkining innovatsion loyihalarini tanlash boʻyicha komissiyasining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

➡️Yigʻilishda 5 ta innovatsion loyihalar koʻrib chiqildi:

✔️“Top Smart Line” MChJ - Poliuretan tizimlari va plastifikatorlarni ishlab chiqarish;
✔️“POJARNO-TEXNICHESKIY ALYANS” MChJ - “OT YON” bosim koʻpigidan foydalangan holda innovatsion mobil yongʻin oʻchirish moslamasini ishlab chiqarish;
✔️“RUSTAMALI KARIMOV” FX - Goji va Kavar (Capparis spinosa) dorivor oʻsimligini yetishtirish, qayta ishlash texnologiyasini ishlab chiqish;
✔️EIRENE” MChJ - Mahalliy patentlangan texnologiyani oʻzlashtirish yoʻli bilan implantlar ishlab chiqarishni tashkil etish;
✔️“EPG-POS” MChJ - Raf maydonini tashkil qilish uchun innovatsion tizimlarni ishlab chiqarish va yigʻish kabi innovatsion loyihalarga - "Yashnobod" innovatsiya texnoparki rezidenti maqomi berildi.
Web-site |Telegram | Facebook
Forwarded from Muqaddas Fayazova
‼️DIQQAT E'LON!

YUNESKO tashkiloti tomonidan Ilm-fan, texnologiya, muhandislik va matematika (STEM) sohasida faoliyat olib borayotgan yosh olim va olimalarni targʻib etishga qaratilgan YUNESKO/Al Fozan xalqaro mukofotining 2024-yil uchun tanlovi e’lon qilindi.
Ushbu xalqaro mukofot har ikki yilda bir marotaba e’lon qilinib, beshta mintaqadan tanlab olingan 5 nafar yosh olim va olimalar uchun taqdim etiladi. Mukofot miqdori 50,000 AQSH dollariga teng. Mukofotga loyiq nomzodlar xalqaro hayʼat tavsiyasi asosida YUNESKO Bosh direktori tomonidan tanlab olinadi. Mukofot tanlovi boʻyicha batafsil maʼlumotni quyidagi havola orqali olish mumkin: https://www.unesco.org/en/prizes/al-fozan.

Tanlovda ishtirok etishni istagan nomzodlar quyidagi mezonlarga mos boʻlishi lozim:
✔️ Mukofot ilm-fan, texnologiya, muhandislik yoki matematika sohasida erishgan yutuqlari, xususan STEM sohasidagi tadqiqotlari, yangi texnologiyalar kashfiyoti mavjud boʻlishi;
✔️STEM sohasidagi ta’lim, tadqiqotlar natijalarini, ilmiy ijodi va innovatsiyalari uchun e’tirof etilgan boʻlishi;
✔️STEM sohasida xalqaro yoki mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirishga hissa qoʻshgan boʻlishi;
✔️Nomzodlar yoshi 40 dan oshmagan boʻlishi kerak.

Nomzodlar quyidagi havola orqali onlayn tarzda roʻyxatdan oʻtishi hamda nomzodlik ariza shakillari fransuz yoki ingliz tillarida
toʻldirilishi belgilangan:
https://apply.unescoalfozanprize.org/login.

Tavsiya etilayotgan nomzod boʻyicha maʼlumot Milliy komissiya kotibiyatiga taqdim etilishi lozim. Nomzodlar hujjatlari onlayn tarzda 2024-yilning 14-sentabridan 2025-yilning 15-aprel kuniga qadar taqdim etilishi lozim. Olima ayollar nomzodlari
qoʻllab-quvvatlanadi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yashnobod innovatsiya texnoparki rezidenti maqomi taqdim etildi.

➡️ Bizning yangi rezidentimiz – "ARDENT" MChJ!
Un va don mahsulotlari laboratoriya uskunalari va dastgohlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan ushbu kompaniya texnopark doirasida o‘z innovatsion loyihalarini amalga oshirishni maqsad qilgan. Texnoparkimizda bunday yuqori texnologik va ilg‘or yechimlar yaratish uchun keng imkoniyatlar mavjud bo‘lib, biz "ARDENT" MChJni safimizga qo‘shilganidan xursandmiz.
Yashnobod texnoparki o‘zining yangi rezidentlari bilan texnologiyalar rivoji yo‘lida oldinga siljishda davom etmoqda!
Web-site |Telegram | Facebook
Бугун Президент Шавкат Мирзиёев Тошкент вилоятида амалга оширилаётган бунёдкорлик ишлари ва саноат корхоналари фаолияти билан танишади. Шунингдек, иқтисодиётнинг турли тармоқларида объектларни ишга тушириш ва янгиларининг қурилишига старт бериш режалаштирилган.

Сегодня Президент Шавкат Мирзиёев ознакомится с проводимой в Ташкентской области созидательной работой и деятельностью промышленных предприятий. Также предусматриваются запуск новых проектов и старт строительства объектов в различных отраслях экономики.

Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Муддатидан олдин овоз бериш бошланди

🗳 Бугун соат 9:00 дан республика бўйлаб сайлов участкалари муддатидан олдин овоз бериш учун очилди.

✔️ Сайлов куни ўз яшаш жойида бўлиш имкониятига эга бўлмаган овоз берувчи муддатидан олдин овоз бериш ҳуқуқига эга.

Сайлов участкасида муддатидан олдин овоз бериш вақти иш кунлари соат 9:00 дан соат 18:00 га қадар, дам олиш кунлари соат 11:00 дан соат 17:00 га қадар амалга оширилади.

📍 Муддатидан олдин овоз берувчи сайловчилар қуйидаги ҳавола орқали сайлов участкасини аниқлаб олишлари мумкин:

✍️ https://www.saylov.uz/oz/services/find-your-polling-station

Saylov.uz | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | Ok.ru | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📞 Марказий сайлов комиссияси ҳузуридаги "Call-center" ишга туширилди

Олий Мажлис Қонунчилик палатаси ва маҳаллий Кенгашлар депутатлари сайловига тайёргарлик кўриш ва уни ўтказиш даврида жисмоний ва юридик шахсларнинг мурожаатлари самарали кўриб чиқилишини, шунингдек фуқароларга сайловга оид масалалар юзасидан тезкор ва қулай тарзда ҳуқуқий тушунтириш ва маслаҳатлар берилишини ташкил этиш мақсадида Марказий сайлов комиссияси ҳузурида "Call-center" ишга туширилди.

📞"Call-center" орқали сайлов жараёнларига оид ўзингизни қизиқтирган барча саволларга жавоб олишингиз ҳамда мурожаатларингизни йўллашингиз мумкин.

☎️ "Call-center" рақами: 1200

‼️ 1200 қисқа рақамига қўнғироқ қилиш бепул.
Web-site |Telegram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/11/15 07:54:22
Back to Top
HTML Embed Code: