Telegram Web Link
🎥 5️⃣5️⃣5️⃣

“Butunjahon yoshlar festivali” doirasida 30-iyun kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar davom etmoqda.

Roman-german filologiyasi fakulteti mas’ulligida O'zDJTU bosh binosida rasmlar va devoriy gazetalar tanlovi oʻtkazildi.

Universitet rektori Ilxomjon Madaminovich ham mazkur dasturda ishtirok etib, unda qatnashayotgan ishtirokchilar yaratgan ijodiy ishlar bilan tanishdi va oʻz fikrlarini bildirib, ularga baho berdi.

Tanlov qatnashchilari o‘z qobiliyati, ijodkorligi va kreativligini namoyon qilib, kuzatuvchilar olqishiga sazovor bo‘ldi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🟥🟥🟥

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti magistranti Zarinabonu Madrahimova kuni kecha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning yoshlar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvida ishtirok etdi.

Uchrashuv chog‘ida Zarinabonu yurtboshimizga ta’lim sohasida yaratib berilgan imkoniyatlar uchun minnatdorchilik bildirdi. Prezident Zarinabonudek ilg‘or o‘zbek yoshlari bilan faxrlanishini aytib, unga kelgusidagi ishlarida omad va zafarlar yor bo‘lishini tiladi.

Universitetimiz magistranti erishib kelayotgan yutuqlar oliygohimiz uchun ham katta faxr-iftixordir!

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👨‍⚖️👩‍⚖️

Joriy yilning 29-iyun kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida Ingliz tili tarjima nazariyasi kafedrasi qoshidagi Kengaytirilgan kafedra yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Mazkur yig’ilishda tadqiqotchi Xolboboyeva Aziza Sherboboyevnaning 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo’yicha tayyorlangan “INGLIZ VA O'ZBEK TILLARIDAGI REKLAMA DISKURSINING ANTROPOSENTRIK MOHIYATI” mavzusidagi filologiya fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiya ishi muhokama etildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
💻 📺📺

“Butunjahon yoshlar festivali” doirasida 30-iyun kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida tashkil etilgan bir qator maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlardan videorolik

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/07/01 07:42:24
Back to Top
HTML Embed Code: