Telegram Web Link
1️⃣1️⃣1️⃣🏆🏆🏆

O‘zDJTUda bo‘lib o‘tgan "Talabalar ligasi" universitet bosqichi natijalari bilan tanishing:

Futbol:

1-o‘rin - Ingliz tili 3-fakulteti;
2-o‘rin - Xalqaro Jurnalistika;
3-o‘rin Sharq filologiyasi fakulteti;

Voleybol (o‘g‘il bolalar):

1-o‘rin - Tarjimonlik fakulteti;
2-o‘rin - Ingliz tili 1-fakulteti;
3-o‘rin - Ingliz filologiyasi fakulteti.

Voleybol (qizlar):

1-o‘rin - Tarjimonlik fakulteti;
2-o‘rin - Ingliz tili 1-fakulteti;
3-o‘rin - Ingliz filologiyasi fakulteti.

Basketbol (o‘g‘il bolalar):

1-o‘rin - Ingliz tili 3-fakulteti;
2-o‘rin - Rus filologiyasi fakulteti;
3-o‘rin - Ingliz tili 2-fakulteti.

Basketbol (qizlar):

1-o‘rin - Xalqaro Jurnalistika fakulteti;
2-o‘rin - Ingliz tili 1-fakulteti;
3-o‘rin - Ingliz tili 3-fakulteti.

Yengil atletika:

1-o‘rin - G‘ulomov Sardorbek (Ingliz tili 1-fakulteti);
2-o‘rin - Akramov Shohruh (Tarjimonlik fakulteti);
3-o‘rin - Baxtiyorov Sardor (Sharq filologiyasi fakulteti).

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦

Aziz ustoz va murabbiylar! Hurmatli professor-o‘qituvchilar!


Sizlarni, ta’lim-tarbiya sohasining barcha jonkuyar xodimlari va faxriylarini umumxalq bayram – O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan o‘zim va universitet rahbariyati nomidan chin qalbimdan muborakbod etaman!

Fidoyi, zahmatkash o‘qituvchilar talaba-yoshlarga bilim berish barobarida, ular qalbiga insonga xos eng go‘zal ezgu xislatlarni, mehr-oqibat va odamiylik tuyg‘ularini singdirib boradi. Turli yo‘nalishlarda o‘z iqtidori, mahorati va bilim salohiyati bilan yuqori natijalarga erishib kelayotgan o‘g‘il-qizlarimizning muvaffaqiyatlari zamirida, avvalo, Siz, aziz ustozlarning mehnatlari mujassam. Ana shunday fidoyi ustozlarimizni bugun har qancha e’zozlasak kamlik qiladi.

Bugun men shuni faxr bilan aytolamanki, universitetimizning ilmiy salohiyati kundan-kunga o‘sib bormoqda. Ilmiy unvonga ega ustozlarimizning safi kengaymoqda. Shu bilan birga, davlatimiz rahbarining, vazirlikning e’tirofiga sazovor bo‘lmoqdasizlar. Buning uchun barchangizga minnatdorchilik bildiraman. Ilm yo‘lida yangi marralarni zabt etishingizga tilakdoshman.

Qalbi ezguliklarga yo‘g‘rilgan aziz ustozlar, mehridaryo professor-o‘qituvchilar! Barchangizni 1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan chin qalbimdan tabriklayman!

Sizning yuksak mas’uliyatli, mashaqqatli va sharafli mehnatingizda zafarlar, oilaviy hayotingizda esa baxt, omad yor bo‘lishini tilab qolaman.

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Edu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/10/03 15:26:19
Back to Top
HTML Embed Code: