Telegram Web Link
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

Ijarada yashovchi talabalar holidan xabar olish, ular istiqomat qilayotgan hudud (uy, xonadon) shart-sharoitlarini o‘rganish maqsadida navbatdagi o‘rganishlar amalga oshirildi.

Jumladan, joriy yilning 23-25-sentabr kunlari O‘zDJTU Roman-german filologiyasi fakulteti tyutori M.Abdurahmonova o‘ziga biriktirilgan talabalarning xonadonlariga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida ijarada, talabalar turar joyida yashayotgan talabalarning shart-sharoitlari o‘rganildi. Muammolari tinglanib, ularga maslahat tavsiyalar berildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Qadamova Gulhayo
Le thème : La protection de la nature.

🪐Joriy yilning 25-sentabr kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Roman-german filologiyasi fakulteti Fransuz tili nazariy fanlar kafedrasi 3-bosqich talabalari ishtirokida Barqaror rivojlanish maqsadlarining tarkibiy qismi hisoblangan Tabiatni muhofaza qilish va atrof-muhitni ifloslantirishga qarshi kurashishni targ'ib qilish haqida "La Protection de la nature" mavzusida tadbir o'tkazildi.

♻️Tadbir davomida talaba-yoshlarni tabiatni asrashga undash uchun video-rolik taqdim etildi
.

Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
💻 5⃣🌳

20-sentabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Roman-german filologiyasi fakulteti  Ispan tili yo‘nalishi talabalari Barqaror rivojlanish maqsadlarining tarkibiy qismi hisoblangan Tabiatni muhofaza qilish va atrof-muhitni ifloslantirishga qarshi kurashishni targ‘ib qilish haqida “Tabiatni asrash - kelajakni asrash” – “Proteger la naturaleza es proteger el futuro” mavzusida videorolik tayyorlashdi.

Tabiatni asrash – bu kelajagimizga g‘amxo‘rlik qilish demakdir. Toza havo, musaffo suv va yashil o‘simliklar inson hayoti uchun zarur. Har bir daraxt, suv tomchisi va hayvonot olami bizning ekotizimimizning ajralmas qismidir.

Ularni asrash orqali kelajak avlodlarga sog‘lom va barqaror dunyo qoldiramiz. Tabiatni muhofaza qilish – barchamizning burchimiz!

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Davra_suhbati

🪐Joriy yilning 24-sentabr kuni OʻzDJTU Roman-german filologiyasi fakulteti dekan muovini tashabbusi bilan 4- Talabalar turar joyida ,, Mening sevimli kitobim" mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi.

♻️Davra suhbati davomida talabalar oʻzlari sevib, mutolaa qilgan kitoblari, undagi qahramonlar haqida gapirib berdi.Davra suhbati davomida turli kitoblardan, badiiy asarlardan savol-javoblar oʻtkazildi.

Telegram
2️⃣2️⃣2️⃣

Bugun universitetning asosiy binosida “Sharq” nashriyoti tomonidan kitob ko‘rgazma savdosi o‘tkazilmoqda.

Ko‘rgazma savdosi o‘tkazishdan maqsad talabalarni yangi badiiy adabiyotlar bilan tanishtirish, ularni yanada ko‘proq kitob o‘qishga undash, bo‘sh vaqtlarini samarali o‘tkazishga erishishdir. Kitob o‘qigan inson, qaysi sohada ishlamasin, to‘g‘ri fikrlash, oq-qorani ajratish, murakkab vaziyatlarda oqilona qaror qabul qilish ko‘nikmasiga ega bo‘ladi.

Bundan tashqari, nutqi ravon bo‘ladi, odamlarni o‘z ortidan ergashtira oladi. Bunga esa faqat va faqat kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish orqaligina erishish mumkin. Yarmarkada ingliz, rus tilidagi, o‘zbek tilidagi badiiy adabiyotlar hamda chet el yozuvchilarining o‘zbek tiliga tarjima qilingan badiiy adabiyotlari mavjud.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😀🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦🇸🇱

O‘ZBEKISTON DAVLAT JAHON TILLARI UNIVERSITETI HUZURIDAGI PEDAGOGIK KADRLARNI QAYTA TAYYORLASH VA MALAKASINI OSHIRISH TARMOQ MARKAZI

2024-yil 24-sentabr kuni O’zDJTU huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazida “Filologiya va tillarni o’qitish” (rus tili) yo’nalishi tinglovchilari uchun rossiyalik olim, pedagogika fanlari doktori, biologiya fanlari doktori, matematika fanlari professori, Adigeya davlat universiteti (ADU) tadqiqot markazi rahbari Chermit Kazbek Dovletmizovich ishtirokida “Принцип системности научного познания и пути его реализации” mavzusida onlayn seminar bo’lib o’tdi.

Ma’ruza mobaynida tinglovchilar ilmiy dunyoqarashning tizimlilik tamoyili va uni amaliyotga joriy etish usullari haqida kerakli bilimlarga ega bo’lib, o’zlarini qiziqtirgan qator savollarga javob olish asnosida, fikr almashish imkoniyatiga ham ega bo'ldilar.

📱Bizni quyidagi ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating👇🏻

🚀 Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

✉️ 2024-yil 26-sentyabr kuni O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim muassasalari talabalari o'rtasida Xorijiy tillar (ingliz, nemis, fransuz, italyan, ispan, koreys, xitoy, yapon, arab) fan olimpiadasi tanlovining Respublika bosqichidagi toʻrtinchi shart – suhbat (tili o‘rganilayotgan mamlakatning davlat tizimi, iqtisodiyoti va san’ati, buyuk
siymolari, yoshlar hayoti va shu kabilar haqida) bosqichi natijalari:

Arab tili boʻyicha natijalar
Fransuz tili boʻyicha natijalar
Ispan tili boʻyicha natijalar
Italyan tili boʻyicha natijalar
Koreys tili boʻyicha natijalar
Yapon tili boʻyicha natijalar
Xitoy tili boʻyicha natijalar
Ingliz tili boʻyicha natijalar
Nemis tili boʻyicha natijalar

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📚
O‘ZBEKISTON DAVLAT JAHON TILLARI UNIVERSITETI HUZURIDAGI PEDAGOGIK KADRLARNI QAYTA TAYYORLASH VA MALAKASINI OSHIRISH TARMOQ MARKAZI

O’zDJTU huzuridaga pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazida 2024-yil 16-20-sentabr kunlari AQSH Davlat departamenti ko'magida Global Educator dasturi bo'yicha faoliyat yuritayotgan Ilene Giamanko amerikalik ingliz tili o‘qituvchisi bilan Xorijiy tillar fanini o‘qitishning zamonaviy metodlari modul asosida tashkil etilgan dars jarayonlaridagi mavzulariga yondashgan holda amaliy mashg’ulot darslari tashkil etildi. Ushbu amaliy mashg’ulot jarayonlarida tinglovchilarda katta ta’surot qoldirib, tinglovchilar bilan mavzu doirasida qiziqarli interaktiv metodlarga yondashgan holda mazmunli o’tilishi va savol-javoblar tariqasida davra muhokamalari o’tkazildi. Tinglovchilar o’tilgan mashg’ulot bo’yicha qiziqarli va ko’pgina ma’lumotlarga ega bo’lishdi.

📱Bizni quyidagi ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating👇🏻

🚀 Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/10/03 19:30:01
Back to Top
HTML Embed Code: