Telegram Web Link
3⃣💚

Bugun mamlakatimizda begʻaraz donorlik harakatini rivojlantirish, bemorlarni xavfsiz qon komponentlari bilan taʼminlash hamda qon quyish markazlarini moddiy-texnik bazasini mustahkamlash maqsadida “Qon preparatlari” IICHK sayyor guruhi tomonidan “QON TOPSHIR HAYOT INʼOM ET!” shiori bir qator aksiyalar tashkil etilmoqda.


23-may kuni mazkur aksiyada OʻzDJTU rahbariyati vakillari, universitet jamoasi va talabalari ham faol ishtirok etib, oʻz hissasini qoʻshishdi. Salomatligini koʻrikdan oʻtkazgan holda donorlikka munosib topilgan 20 dan ortiq talaba va universitet jamoasi aksiyada koʻngillilar sifatida ishtirok etdi.

Ezgulikning yorqin namunasi boʻlgan bu kabi qator tadbirlar universitetda birinchi marotaba oʻtkazilayotgani yoʻq. Topshirilgan qon preparatlari qaysidir bemorning ogʻirini engil qilib, dardiga shifo topishiga yordam berishi, shubhasiz.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

Joriy yilning 22-may sanasida OʻZDJTU Ingliz tili birinchi fakultetida mutaxassis, Mariam Saeed Mohammad ESL, ESP instructor bilan “Classroom Management and Effective Feedback” mavzusida seminar-trening tashkillashtirildi.


Seminarda fakultet oʻqituvchilari va 1-2-kurs talabalari ishtirok etdi. Trening barchaga foydali va manfaatli boʻldi. Mazkur xorijlik mutaxassis ingliz tili va adabiyoti boʻyicha bakalavr darajasi, CELTA sertifikatiga ega. Hozirda Liverpul universiteti magistranti.Trening davomida talabalarga ingliz tilini oʻrgatish metodikasi haqida tushunchalar berdi.

📍 first_faculty_official

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bugun O'ZDJTU Ingliz tili 1-fakulteti Ingliz tili amaliy fanlar 1-kafedrasi ustozlari Z.Islamova va D.Muhitdinovlar tashabbusi bilan navbatdagi TED TALK UzSWLU tadbiri o'tkazildi.

✨️ Fakultet bosqichidan o'tgan 10 nafar talabalar o'zlarining nutq mahorati va bilimlarini tinglovchilar bilan bo'lishib, faxrli o'rinlar uchun kurashdi. Tadbir qizg'in ruhda o'tishi uchun turli o'yinlar va raqslar tashkillashtirildi.

💫 Yakuniy natijalarga ko'ra:
🥇- Abdurahmonova Muslima;
🥈-Shuhratova Shahina;
🥉- Zayniddinova Robiya deb topildi. Tadbir so'ngida faol ishtirok etgan talabalar Ingliz tili amaliy fanlar 1-kafedrasi tomonidan esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.

#fakultet_yangiliklari
@first_faculty_official
2024/10/02 22:34:57
Back to Top
HTML Embed Code: